R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva  xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/36
Sana18.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1212608
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
3-mavzu

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
tashkilot doirasidan tashqarida bu resurslarning barchasini muvofiqlashtirish 
harajatlari sof nominal bo‘ladi –korxona dasturiy ta’minoti bajariladigan 
serverlarda ishlashiga elektrenergiyasi uchun to‘lovlar kerak bo’ladi, xolos. 
Korxona yollagan odamlar, tashkilotlar va zavodlarni boshqarish uchun 
byurokratiya tizimi talab etilmaydi. Yangi platforma yordamida mijozlar uchun 
qiymat va mulkdorlar uchun boylik yaratishga an’anaviy menejment yoki ierarxiya 
umuman yoki deyarli talab qilinmaydigan yangi tashkilotlarni tasavvur qilish 
unchalik qiyin emas. Va nihoyat, ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish 
harajatlarni nolga yaqinlashtiradi. Ishonch tashkilotga emas, blokcheyn ishini 
ta’minlaydigan ko‘plab odamlarning birgalikdagi ommaviy ishlariga, dasturiy 
kodni tekshirish va havfsizlik hamda funksionallikka bog‘liq bo‘lib qoladi. 
Taqsimlangan mustaqil korxonani qanday tashkil qilish mumkin? Bunday 
kompaniyakeng funksionalga–oldindan belgilangan reglament asosida ma’lum 
doiradagi vazifalarni yoki kengroq biznes-funksiyalarni bajaradigan agentlarga ega 
bo‘lishi 
lozim. 
Individual 
shaxslar, 
potensial 
aksiyadorlar 
yoki 
foydalanuvchilarning jamoalari yoki tashkilotlar quyidagi ko‘rsatkichlarni 
belgilagan holda bunday korxonalar ochishlari mumkin: 
1. qiymatga yo‘naltiriganlik: dunyoni o’zgartirish va qiymat yaratish yoki uni 
o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tushunish. 
2. bajarishi lozim bo‘lgan vazifa: tashkilot mavjudligidan qanday ma’no 
kutiladi? Bu korxonani nima uchun tashkil qilyapmiz? 
3. konstitutsiya: tashkilotning umumiy maqsadlari va u qiymat yaratadigan 
qoidalarni tavsiflash lozim. 
4. ish usullari: masalan, tashkilot qiymat yaratishda o‘zini qanday tutishi, u 
qanday moliyalashtirilishi (kraudfanding orqali, ilk bosqichda an’anaviy 
investitsiyalar orqali, foyda hisobidan), resurslarni qanday xarid qilish zarur. 
5. mehnatning odamlar va mashinalar o‘rtasida taqsimlanishi: yaqin istiqbolda, 
aftidan, yaratilayotgan tizimda odamlar rahbarlik qilishi lozim. 
6. dastur funksiyalari: korxona tashqi shartlar o‘zgarishini qanday aniqlaydi va 
ularga qanday javob qaytaradi. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
7. odob-axloq kodeksi: bu yerda «yovuzlik qilma»Googletamoyili bilan 
cheklnaib bo‘lmaydi. Taqsimlangan mustaqil korxonaga maqbul keladigan xulq-
atvor aniq va ravshan ta’riflanishi kerak bo‘ladi. 
Ehtimol, yaqin kelajakdataqsimlangan mustaqil korxonalar hali-zamon 
paydo bo‘lmaydi, lekin ular ortida turgan kontseptsiya biznes-strategiyaga ta’sir 
etishi mumkin. Global pirring platformalari rivojlanishi bilanshaxsni tasdiqlash, 
ishonch asosida munosabatlar o‘rnatish, nufuz shakllantirish va tranzaksiyalar 
o‘tkazish uchun ko‘pchilikning muvaffaqiyatga erishishiga hizmat qilishi lozim 
bo‘lgan yangi firma tuzilmalarini yaratish mumkin. Yuqoridagilarni diqqat bilan 
o’qib chiqqan bo’lsangiz, siz boylikni demokratik ruhda taqsimlashni 
ta’minlaydigan va tarmoqni muvozanatdan olib chiqishga yordam beradigan yangi 
biznes-modellar haqida ancha narsalarni bilib oldingiz.Umuman olganda, uzoqni 
ko‘zlab ish yuritadigan kompaniyalarblokcheyn iqtisodiyotida ishtirok etishga 
harakat qiladilar. Rivojlanayotgan dunyoda qiymat yaratishni (tadbirkorlik tufayli
va qiymatda ishtirok etishni (kompaniyadagi taqsimlangan mulkchilik mexanizmi 
orqali) taqsimlash mexanizmi muvaffaqiyatga erishish paradoksini hal qilishga 
qodir deb o’ylaymiz.Alohida shaxslar yoki markazlashtirilgan vositachi-ilovalar 
emas, piring tarmoqlari qatnashchilari tomonidan jarayonlarni modernizatsiya 
qilish va avtomatlashtirish yuqorida qayd qilingan qator ustunliklar keltirishga 
qodir bo’ladi, shu jumladan: 
• tezlik o’sishi (boshdan-oxir avtomatlashtirish); 
• harajatlarning kamayishi (amalda bu cheksiz ma’lumotlar hajmini qayta 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling