R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. BLOKCHEYN VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR 2.1. Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi. Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma’lumotlar oqimlari ta’sirining universalligiular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi.Raqamli iqtisodiyotni tahlil qilishning turli tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan to‘rtta mezonini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: o bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon; o makonga oid mezon; o texnologik mezon; o iqtisodiy mezon. Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta’rifni olib chiqishsada, ular orasida bir- birini to‘ldirib turabigan mezonlar ham bo‘lishi mumkin. Biroq, aksariyat ta’riflarning asosida ma’lumotlarni qayta ishlash sohasidagi miqdoriy o‘zgarishlar sifat jihatidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga bo’lgan ishonch yotadi. 2-BOB. BLOKCHEYN VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR 2.1. Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda paydo bo‘lgani bilan ko‘pchilik uning ma’nosini haligacha yaxshi tushunmaydi va shuning uchun ham uning ishlatilish sohalarini tasavvur ham qila olmaydi. Xuddi shuning uchun ham ushbu o’quv qo’llanmada blokcheynning asosiy tamoillari va uning turli sohalarda ishlatilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Blokcheynni ko‘pincha ko‘p maqsadli loyiha turiga mansub deb ham tushuniladi. Chunki siz kim yoki qaysi sohada ishlayotganingizdan qat’i-nazar, blokcheyndan foydalangan xolda nimadir qilishingiz mumkin. Masalan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga blokcheyn qiziqarli va perspektiv bir muhit bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Tadbirkor uchun esa blokcheyn mexanizmi biznes operatsiyalarni va tashqi aloqalarni qayta ko‘rib chiqish va loyihalash uchun juda qulay vosita sifatida hizmat qilishi mumkin. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Tadbirkorlar blokcheyn vositasida ko‘p mablag sarf qilmasdan turib, kam miqdordagi mijozlar bilan ham startap (yangi loyiha)larni qo‘rqmasdan boshlashlari mumkin. Blokcheyn oddiy ob’ekt ham, maxsulot ham, tendensiya ham yoki qandaydir imkoniyat ham emas. Balki u bir necha qismlardan iborat bo‘lib, ularning ba’zilari birgalikda ishlaydilar, boshqalari esa mustaqil va bir- biriga bog’liq bo‘lmagan xolda faoliyat ko‘rsatadilar. Xuddi shuning uchun ham, ya’ni, modullilik tufayli blokcheyn texnologiyasi juda ko‘p yo‘nalishlarda va sohalarda ishlatilishi mumkin. Umuman aytganda, blokcheyn texnologiyasining rivojlanishi juda katta novatorlik potensialiga ega. Xuddi internet iqtisodiyoti singari, blokcheyn texnologiyasi ham yangi turdagi iqtisod yaratadi va xuddi shuning uchun ham biz ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlarini nazardan qochirishimiz kerak emas. Kriptotexnologik raqamli iqtisodiyot siyosiy nuqtai- nazardan ham, raqamli arxitektura nuqtai-nazaridan ham, markazlashmagan ishonchga asoslangan iqtisodiyot bo‘ladi. Blokcheyn barchaga bir xildagi imkon berib, ishtirokchilarning imkoniyatlarini qandaydir ma’noda tenglashtiradi. Avval boshdanoq internetning asosiy vazifasi ma’lumotlarni tarqatish va uning almashinuvini ta’minlash bo‘lsa, blokcheynning funksiyasi qandaydir qiymatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishdir. Shunday qilib, blokcheyn, perspektiv hamda kelajak innovatsion texnologiyasidir. Masalan, 2015 yil oktyabr oyida The Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling