R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- BancoSantander
1A1zP1eP5QGef12DMPTfTLmv7Divfna44
Bitkoin-adres - bitkoinlar olish uchun kerakli bo‘lgan birdan bir Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva informatsiyadir. Bitkoinni olish uchun qandaydir dasturiy ta’minotning keragi yo‘q, buning uchun adresni ko‘rsatish kifoya va yana shunisi ham borki, faqat to‘lovchigina tranzaksiyani tarmoqning boshqa qismiga jo‘natishga mas’ul bo‘ladi xolos. Keng aholi ommasi asta-sekin bitkoin, kriptovalyuta va bitkoin tushunchalarining asl ma’nosiga tushunib borayapti. Ammo xozirgi davrga qadar ko‘pchilik insonlar ushbu tizimning o’zi nima ekanligini va u nima uchun xizmat qilishini yaxshi tushunishmaydilar. Shuning uchun ham xozirgi kunlarni internet yaratilayotgan kunlar bilan solishtirish mumkin – unda ham jamiyatning ko‘pchilik a’zolari inqilobiy texnologiya haqida uning tamoillarini tushunmagan xolda eshitishgan va uning jamiyat xayotiga hamda iqtisodiyotga katta ta’sir qilishini aniq sezishmagan. Xozirgi davrda blokcheynning holati brauzerlar paydo bo‘lmasdan oldingi internet tizimining xolatiga o‘xshab ketadi. Blokcheyn tizimiga ham kelajakda internetdagidek qulay va tushunarli bo‘lgan interfeyslar ishlab chiqarilib, u shaffof xolatga keltirilsa, xuddi internet kabi undan ham keng miqyosda foydalaniladi. Klassik tizim bilan blokcheyn tizimining taqqoslanishi quyidagi chizma orqali amalga oshirilishi mumkn: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Blokcheyndan foydalanadigan eng birinchi iqtisodiyot tarmog’i sifatida bank faoliyatini keltirishimiz mumkin. Shuni yana bir marta ta’kidlashimiz kerakki, blokcheyn yangi, markazlashmagan, xavfsiz va shaffof yechim bo‘lib, uning yordamida ma’lumotlarni saqlash va ularni o‘zaro almashinish, ularning haqiqiyligini tekshirish mumkin hamda bu ishlar osongina amalga oshadi. Barcha ishlar foydalanuvchi tomonidan bajariladi, jarayonda uchinchi ishonchli tomonning ishtiroki talab qilinmaydi. Blokcheynning innovativligi va originalligi operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida xuddi shu uchinchi tomon ishtirokining zarur emasligi ekanligidadir. Xozirgi paytda blokcheyn texnologiyasining eng ma’lum va mashxur bo‘lgan ishlatilish sohasi kriptovalyutalar, kriptodevizlar va bitkoinga o‘xshash raqamli pullardir. Ammo ushbu texnologiya boshqa yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatli ravishda ishlatilishi mumkin. Xozirgi davrda biz blokcheyndan foydalanishning bir qancha yo‘nalishlarinigina bilamiz, xolos. Lekin uning imkoniyatlari biz tasavvur qilgandan ko‘ra ancha ko‘p va keng Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva miqyoslidir hamda kelajakda blokcheyn bir qancha kutilmagan yo‘nalishlarda ham ishlatilishi mumkin. Bitkoin blokcheynini yaratishdan asosiy (2009) maqsad, moliya olamiga yordam berish emas, balki uni boshqasiga almashtirish bo‘lgan. Bir qancha muddat o‘tganidan so‘ng, shu ayon bo‘ldiki, ushbu texnologiya banklarning biznes modelini buzib yuborishi mumkin va boshqa tomondan bu texnologiya bir vaqtning o‘zida ham imkoniyat, ham havf-xatar olib keladi. «Le MOND» jurnalida bank va moliya tizimida blokcheyn texnologiyasining qo‘llanilishi xaqida quyidagi ma’lumot berilgan: «Blokcheyn bu uberizatsiya (Uber, Airbnbva boshqalar)ning eng oliy ko‘rinishidir. Blokcheyn yordamida uberlashtirilgan xizmatlar ham ancha yaxshilanishi mumkin». Bitkoin paydo bo‘lishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridagi reklama ko‘pchilik insonlarda uning texnologiya olamiga, banklar faoliyatiga va boshqa turdagi moliyaviy muassasalarga ta’siri xaqida tasavvur xosil qildi. Albatta bu ajiotajdan moliya-bank sohasi mutaxassislari ham chetda qolishni istamadilar. Ayniqsa, blokcheyn texnologiyasining minimal sarf-xarajatlar bilan hamda markaziy boshqaruv organlariga murojaat qilmasdan turib, hisob-kitoblarni amalga oshirishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg’otdi. Blokcheynning bank tizimidagi tavakkalchilikni kamaytirish, asosiy vositalarga talabni kamaytirish, tarmoq inforatuzilmasiga va kompyuter personaliga sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda ma’lumot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi tufayli bank operatsiyalari olamini o‘zgartirishga tayyorligi unga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi. BancoSantander banki o‘zining 2015 yildagi Fintex 2.0 ma’ruzasida quyidagilarni bildirdi: «Blokcheyn texnologiyasi shu vaqtdan boshlab, to 2022 yilgacha halqaro to‘lovlar uchun infratuzilmaga bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish, savdo va kelishuvlarni soddalashtirish hisobiga 15 dan 20 milliardgacha dollarni iqtisod qilishga imkon beradi». Bunday katta va tezlik bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy samara olinishi hamda oddiy sxemalardan voz kechish imkoniyati bo‘lgani uchun juda ko‘pchilik banklar R3CEV (2015 yil ishga tushirilgan va moliyaviy sohada blokcheyn texnologiyalarni tadbiq qilish bo‘yicha 70 ta yirik moliyaviy kompaniya hamda katta banklar kirgan konsorsium, Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ko‘pincha uni R3 deb ham atashadi)ga qo‘shilib oldilar. Ularning asosiy maqsadi, bitkoin va uning blokcheyni ishtirok etmaydigan o‘z mustaqil bloklar zanjirini tashkil qilish edi. Bu ishlar natijasida 2016 yil aprel oyida R3 o‘zining Sordadeb nomlangan tizimini ishga tushirdi. Loyihalar hamdo‘stligi ko‘rinishida tashkil etilgan yuqoridagidan boshqa konsorsium esa 2015 yilning dekabrida Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling