R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi
-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
3-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY
ELEMENTLARITAVSIFI 3.1. Maynerlar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyati Maynerlar, ya’ni kriptoiqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi (emissiya qiluvchi) sub’ektlar 2015–2018 yillarda bitkoin kursining o‘sishi hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018 yillarda keskin pasayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga qaramay,kriptovalyutalar yordamida potensial foyda olish imkoniyati borligi tufayli, ko’pchilik insonlar va kompaniyalar o’zlarning kompyuter resurslarini mayning sohasiga jalb qilishni hali ham davom ettirmoqdalar. Harajatlar, ayniqsa, elektr energiyasi harajatlari o‘sishi foyda olishni tobora qiyin vazifaga aylantirishiga qaramay, mayningdakompyuter quvvatlarining hayratlanarli tarzda o‘sishi kuzilmoqda. Bitkoin jamiyatining ayrim a’zolari mayningni – o’zlari uchun farovon hayot timsolideb hisoblanadilar va bunga ishonadigan kishilar yetarli darajada ko’p. Shunday qilib, mayning ayni damda «qurollanish poygasi» yoki «xeshreytlar urushi» bosqichida turibdi. Maynerlar bitkoin matematik masalalarini yechishda g‘olib chiqish uchun tobora yuqori natija beradigan superkompyuterlardan va algoritmlardan foydalanmoqdalar.Nazariy jihatdan blokcheyn faqat bitta bo‘lishi lozim va u asta-sekinlik bilan barcha tasdiqlangan tranzaksiyalarning uzluksiz, monolit qaydini yaratadigan xesh-aloqalar asosida shakllanadi. Vaqti-vaqti bilan blokcheynda ikkilanishlar paydo bo‘ladi: tashlangan – tugallanmagan yoki tasdiqlanmagan tranzaksiyalar bloki vujudga keladi. Boshqa maynerlar uni verifikatsiya qilishga urinadilar, lekin ba’zidauning qonuniyligi va unga o‘z bloklarini qo‘shib olish immkoniyatiga ishonchlari komil bo‘lmaydi. Biroqumumiy rozilikka asosan tashkil qilingan bitkoin tizimi zo‘r mahorat bilan ishlangani shundaki, bunday ikkilanishlar uzoq vaqt davom etmaydi. Axir maynerlar guruhlari eng uzun blokcheyn tarmog‘i qonuniy hisoblanadi degan taxmindan kelib chiqib, harakat qiladilar. Maynerlarning aksariyati, muayyan Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling