BOBOJONIM SO ZLA R I
Bobom der: - Nima eksa,
0 ‘shani olar dehqon.
Bug'doy o'mida arpa
Unib chiqibdi qachon?
Aldadim deb birovni
Bo'lma, o'zingcha mamnun.
Seni-chi boshqa odam,
Aldab ketadi bir kun...
Masxara qilib kimki,
Birov ustidan kulsa,
Lining ahvoliga ham
Kulguchi bordir bilsa.
Hayot ustozdir bilsang,
Yashamoqqa o'rgatar.
Sen nimani xor qilsang,
0 ‘sha qadrin koYsatar:
Umid bilan bar kishi
Yashar ekan hayotda
Yashxi yo yomon ishi
Qaytar unga, albatta.
104
Yusuf Shomansur
GILOS
Qip-qizil ikki gilos,
Biri biriga o'rtoq.
Do‘st bo'lishib butun yoz,
O'sishibdi qo'shaloq.
Nafisa der: - Bunisi
Ukam ekan, bu o'zim.
Ikkalamiz bittadan
Yeymiz bandidan uzib...
Qarasa, qo'sh gilosning
Ajralmaydi o'rtasi:
Bittasini yey desa,
Xafa bo'lar boshqasi!
Ikkovini yey desa,
Xafa bo'lar ukasi...
JUMBOQ
Ayting qani, bolalar,
Bu jumboqni kim bilar:
Qorbobo bilan qorqiz,
Yil bo'yi ne ish qilar?
Bosh qotirar bolalar,
Gulchehra bo'lsa kular:
«Qorbobo bilan qorqiz,
Yozimizni qish qilar...»
105
Tolib Yldosh
QO'SHNI BOLALAR
Bir-biridan ahil, inoq
Bizning qo‘shni bolalar.
Maktabga ham tongdan birga
Qo‘l ushlashib borarlar.
OYIM
Kech kirganda keng hovlida
Qizir ular o'yini.
Bir ovozdan yangratishar
Shunda do'stlik kuyini.
Navbat bilan so'ng bilganin
Keng davrada aytishar.
Har kech xursand, gurra-gurra
Uy-uyiga qaytishar.
Tolib Yoldosh
UYDA BO LSALAR
Oyim uyda bo'lsalar,
Uyimiz to'lib ketar.
Dadam ishdan kelsalar,
Yana to'y bo'lib ketar.
Bo'lmasalar ularning
0 ‘rinlari yo'qlanar.
Hammamiz bir burchakda,
Shodligimiz yo'qolar.
106
GULLAR
- Hoy gulbeor, gulbeor,
Qancha o'rtoqlaring bor?
- Rayhon, binafsha, lola,
Chuchmoma va gulnora,
Tugmachagul, boychechak,
Qizil, pushti, gul pechak .
Oq nastarin, gulxayri -
Bog'da o‘sadi bari.
Yoqimli hid sochadi,
Bahri dilni ochadi.
Tolib Yoldosh
Do'stlaringiz bilan baham: |