o‘yinchilar bilan emas, balki ahil jamoa bilan olib borish darkor. Jamoada
manmansirashga o‘rin bo‘lmaydi. Ammo yaxshi futbol klublarida ko‘plab
murabbiylar topiladi, ulaming o‘yinchilari o‘yin texnikasini yaxshi egallagan va
intizomga qattiq bo‘ysunadi, ammo yutqazib qo‘ya beradi. Biz bu yerda uchinchi
talabga duch kelamiz: «sinalgan jamoa bo‘lib o‘ynash uchun» uning a’zolari bir-
biriga juda g‘amxo‘r bo‘lishlari lozim. Ular bir-birlarini hurmat qilishlari kerak.
Har bir o‘yinchi o‘z qo‘shnisi, sherigi haqida o‘ylab o‘ziga-o‘zi aytishi kerak:
«Agar men raqib jamoasining shu o‘yinchisini to‘xtatib qolmasam Polni oyog‘ini
sindirishi mumkin. Pol o‘z vazifasini bajarishi uchun, men o‘z vazifamni
bajarishim kerak».
«0 ‘rta va talant orasidagi farq shundan iboratki, jamoa a’zolari bir-birlariga
qanday tuyg‘ular his qiladi. Ko‘pchilik kishilar uni do‘stlik ruhi deb ataydilar.
Qachon o‘yinchilar shu ruhni anglasalar sizga g‘oliblar jamoasi tayyor».
Hayotda aqlli va talantli insonlar juda ko‘p, lekin ular jamoada o‘ynay
olmaydilar».
Menejer uchun halokatli tavsifnoma: «Uning kishilar bilan munosabatlari
yo‘lga tushmayapti» deb ta’kidlashdir. Shu yerda boshqarishning eng asosiy
mohiyati yashiringan. L. Yakokaning ushbu fikrlari o‘yinlar nazariyasining asosiy
yo‘nalishlarini ifodalaydi.
Bu bobda uchraydigan asosiy tushunchalar:
Konsorsium — bir necha bank yoki banklaming yirik moliyaviy operatsiyalami
amalga oshirish uchun tuzilgan monopolistik birlashmasi.
Konsem — sanoat, transport, savdo korxonalari va banklaming umumiy
moliyaviy rahbarlik ostidagi monopolistik birlashmasi.
«Kanban» — kerakli mahsulotni,
zarur paytda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yishga moslashgan qayishqoq (gibkiy) ishlab chiqarish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |