18
bo‘lishini taqozo etadi. Har bir maqsad tizim doirasida «egali» bolishi kerak.
Lekin tashkiliy jihatdan ortiqchalik ham, boshqaruvning real maqsadlari uchun
javobgar bo‘lmagan ortiqcha tizimli bo‘g‘inlarining mavjudligi ham maqbul
emas. Boshqaruv tizimini shakllantirishning yana bir tamoyili bu idora qilishning
birligidir. Har bir idora bitta rahbarga ega boiishi yoki har bir masala bo‘yicha
bitta boshliq bo‘lishi lozim.
Yana bir tamoyil idora qilish ko‘lamidir. U ancha yuqori darajadagi bitta idora
samarali tarzda boshqara olishi mumkin bo'lgan har bir darajadagi idoralarning
mumkin qadar ko‘p soni bilan belgilanadi. Hozirgi bozor islohotlari davrida va
murakkab tizimlar sharoitida bitta idora o‘ntadan ko‘p bo‘lmagan quyi bo‘g‘inlarni
boshqarishi mumkin.
Shuningdek, hozirgi taraqqiyot bosqichi vakolatlarni ishonib qo'yish
tamoyilining yuzaga chiKjshini taqozo qiladi. Yuqori idora o‘z vakolatlarini qanchalik
darajada to ‘laroq ishonib topshirgan bo‘lsa, unda umumiy rahbarlikni
muvofiqlashtirishga, nazoratga, ya’ni o‘z bo‘ysinuvidagi bironta ham bo‘g‘in uning
o‘mini bosa olmaydigan ishlami bajarishga diqqat-e’tiborini kuchaytirish uchun
shunchalik ko‘p imkoniyatlar mavjud bo‘ladi.
0 ‘YINLAR NAZARIYASI
80-yillaming eng yaxshi ishbilarmoni deb tanilgan Li Yakoka 1902-yilda
AQSH ga ko‘chib kelgan italyan emigrantining o‘g‘li. U 1942-yili Pensilvaniya
universitetiga o‘qishga kirdi. 0 ‘qishni tugatgach injenerlik ishi uni qiziqtirmaganligi
uchun «Ford motor» firmasining sotish bo‘limiga ishga kirdi va katta
muvaffaqiyatlarga erishdi.
1978-yili u kutilmaganda Genri Ford tomonidan ishdan bo‘shatildi, so‘ng u
Do'stlaringiz bilan baham: |