hisob-kitob qilishni istamagan.
— Real hayotda boshqarish nazariyasiga «motivlashtirish» tushunchasining
kirib kelishi birinchi jur’atsiz qo‘yilgan qadam bo‘ldi, bu esa eski nazariya
to‘siqlarini yengish uchun yordamchi psixologik konstruksiya bo‘lib xizmat
qildi, chunki har qanday ishlab chiqarish zaminida inson manfaatlari yotadi.
Boshqarishning yangi nazariyasi inson tabiatiga mos kelishi, insonni tan
olishi va uni qadrlashi lozim.
— Menejmentning asosiy prinsipi va maqsadi eng yuqori foyda olish,
tavakkalchilik vaziyatlariga ta’sir etish bo‘lib, buning ma’nosi korxona tomonidan
bajarilgan u yoki bu operatsiya bo‘lajak tavakkalchilikni himoya qiladigan darajada
mablag1 hosil qilishi darkor.
Bu narsalaming barchasi boshqarishning eng qulay tizimi orqali ro‘yobga
chiqish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, boshqarishning shartli chizmasi
mantiqiy o‘zaro bog‘liq, maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar natijasida berilgan
vaziyatlardan xohlagan vaziyatlarga izchillik bilan o‘tishini ko‘zda tutadi.
Boshqaruv mantiqiy chizmasining muhim bosqichlami oldindan ko‘rish maqsadga
yo‘naltirish, dasturlashtirish, harakatni amalga oshirish, nazorat, tahlil,
qiyoslashdir.
G‘arb mutaxassislarining fikricha boshqarishning mantiqiy zanjiri quyidagicha
xarakterlanadi:
l-rasm.
Lekin ular ham o‘z navbatida tizimga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, yetarli
miqdorda malakah xodimlaming mavjudhgi boshqaruv tizimini soddalashtirish
imkonini beradi.
Tizimga boshqaruv tizimlarini shakllantirish qonuniyatlari kabi omillar ham
anchagina ta’sir ko'rsatadi. Ulami tamoyillar deb atash mumkin. Maqsadli
tamoyil tizimni shakllantirishda uning maqsadlari bilan aloqasi ta’minlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |