R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

R E J A T U R L A R I
1. Xo‘jalik faoliyati mazmuniga bog‘liq ravishda — ITTIKI (N IK O R ) rejasi, 
ishlab chiqarish; sotish; moddiy-texnik ta ’minoti; moliyaviy rejalar.
2. Firma tashkiliy tizimiga bo g iiq ravishda:
— ishlab chiqarish bo‘limining rejasi;
— shu’ba kompaniyalar rejasi.
Rejalashtirish siyosati va darajasi quyidagi muhim shartlar bilan belgilanadi: 
boshqaruvning barcha darajasidagi rahbarlikning bilimdonligi bilan; funksional 
bo‘limlarda ishlayotgan mutaxassislar malakasi bilan; axborot bazasining mavjudligi 
va kom pyuter texnikasi bilan ta ’m inlanganligi bilan. Rejalashtirish firma 
imkoniyatlaridan qulay foydalanishga, jum ladan, barcha turdagi resurslardan 
eng yaxshi foydalanish 
va firma faoliyati samaradorligini pasayishiga olib 
keladigan xatoli harakatlaming oldini ohshga yo‘naltirilgan. Strategik rejalashtirish 
asosan firma faoliyati bosh maqsadlarini aniqlashda ifodalanadi va belgilangan 
so‘nggi natijalami hisobga olib, belgilangan maqsadga erishish vositasi hamda 
usullarini zaruriy resurslar bilan ta ’minlashga moljallangan. Joriy rejalash strategik 
m aqsadlar va vazifalarga erishish y o lid a oraliq m aqsadlarni belgilashda 
ifodalanadi. Marketing strategiyasi — bu maqsadU bozor va unga xizmat qilish 
uchun marketing qorishmasi (smes)ni tanlashdir. Maqsadli bozor — bu firma
146


ehtiyojini qoniqtirmoqchi bo‘lgan maxsus iste’molchilar guruhidir. M arketing 
qorishmasi — bu mahsulot to'plam i yig'imi, taqsimot tizimi, tovar harakati va 
uning bahosini shakllanishidir. Marketing strategiyasini rejalashtirish har qanday 
firma uchun muqarrardir. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishning uchta 
asosiy strategiyasi bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
1. Maqsadli bozomi tanlash.
2. M arketing qorishmasini rejalashtirish.
3. M a h s u lo t u c h u n m aq sad li b o z o rn i ta n la s h d a b o z o r seg m e n ti 
(tabaqalanish)ning qaysi biri: konsentratsiyalashgan yoki differensiyalashgan 
marketingga m o‘ljallangan bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi.
Tanlangan bozor kengligida iste’molchilarga qulay xizmat ko‘rsatish uchun 
marketing qorishmasini tanlash rejalashtiriladi. U ndan so‘ng maqsadli bozor 
ehtiyojini qondirish uchun mahsulot tanlash rejalashtiriladi. Mahsulot deganda 
tovarlar va xizmatlar ko‘zda tutiladi.
Firmaning uzoq hayot kechirishi asosan shu uchta omilga bogiiqdir. Naturada 
sotish mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq barcha turdagi 
faoliyatni o ‘z ichiga oladi. N aturada sotishning beshta funksiyasi mavjud: 
buyurtmani qayta ishlash, mahsulot zaxiralarini boshqarish, yukni korxonada 
harakatlanishi va o ‘rash, omborda saqlash va trasportda yetkazib berish.
Iste’molchilarga jo ‘natish uchun tayyorlab qo‘yilgan ishlab chiqarilgan tovarlar 
«mashsulot zaxirasi» termini bilan belgilanadi. Firma ikki sababga binoan zaxira 
qiladi:
— tovar buyurtma olinishi bilan iste’molchiga jo ‘natilishi kerak;
— tovam i ishlab chiqarish vaqti doimo buyurtma kelishi vaqti bilan mos 
kelmaydi, masalan, archa o ‘yinchoqlari ishlab chiqarish.
0
‘yinchoqlar asosan yangi yil arafasida sotiladi, jihozlar va ishchi kuchi 
samarali ishlashi uchun o ‘yinchoq ishlab chiqarish yil davomida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarilgan tovar esa yangi yil bayramiga sotiladi. Shuning uchun 
tijoratchilar o‘yinchoqlami bayramga sotib olmaguncha zaxirada saqlaydilar. 
Boshqa firma esa barcha turdagi mahsulotlam i birdaniga chiqarish imkoniyati 
yo‘qligi uchun zaxira qoldiradi, masalan, oboy ishlab chiqaruvchilar bir necha 
yuz turdagisini chiqarishi mumkin. Ammo bosma qurilma bir nusxaga moslashgan 
bo ‘lsa bu turdagi oboydan bir necha nusxasini chiqarib, keyingi oylarda boshqa 
nam unalarini chiqarish m um kin. K atta miqdordagi oboy qog‘ozi sotilmay 
qolganligi uchun zaxirada turib qoladi. Shuning uchun oboy qog‘ozi ishlab 
chiqaruvchi oldindan talabni topishi va qancha kerak b o ‘lsa shuncha ishlab 
chiqarishi darkor. Yuqori xarajatlam i oldini olish uchun so‘nggi m ahsulot 
zaxiralarini boshqarish zarur. Shu sababga ko‘ra ashyo va materiallar zaxirasini 
qisqartirish zarur, ammo u ishlab chiqarish tuzilishiga jiddiy o ‘zgartirish kiritishni 
talab qiladi. Shunday qilib zaxiralami nazorat qilib turish menejer uchun juda 
muhimdir, chunki u nima qo‘yilgan, qaysi davrgacha aniq bilishi kerak.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling