aloqalarini moslash uchun javobgar bo'lgan maxsus tayinlangan rahbar orqali
amalga oshiriladi. Shuning bilan birgalikda oliy darajadagi rahbar joriy masalalar
bo‘yicha qaror qabul qilishdan ozod etiladi. Uning natijasida o ‘rta va quyi
darajalarda operativ boshqarish va aniq operatsiya va tartibni bajarish sifatiga
javobgarlik kuchaytiriladi, ya’ni aniq belgilangan dastur bo'yicha ishlami tashkil
qilish bo'yicha maxsus bo'linmalar rahbarlarining mas’uliyati oshiriladi. Matritsali
strukturada dastur rahbari unga bevosita bo‘ysunuvchi mutaxassislar bilangina
ishlamaydi, balki aniq dastur b o‘yicha bajariladigan asosiy ishlami belgilaydi.
Chiziqli rahbarlar u yoki bu ishni kim bajarishini belgilaydi. Boshqarishni
matritsali tashkiliy tuzilishi asosan bir qator yangi murakkab buyumlar yaratishni
qisqa muddatlarda, texnologik yangiliklarni tatbiq qilishda va bozorning
tebranuvchi konyunkturasiga tezda moslashishi zaruriyati tug'Uganda q o ‘llaniladi
va rahbarlar, mutaxassislar ijodiy tashabbuslarini yuksaltirishga qaratilgan bo'ladi.
T a s h k il i y s t r u k t u r a n i lo y i h a la s h va u n g a q o ‘y il a d i g a n t a l a b l a r
Tashkiliy stmkturani loyihalash haqidagi qaror amaldagi struktura samarasiz
bo‘lganda qabul qilinadi. Loyihalash jarayonida tashkilotning maqsadi va vazifasini
to iiq aks ettiradigan, eng yaxshi tarzda tashqi muhit bilan o ‘zaro harakat qilish
imkonini beradigan, o ‘z xodimlari kuchlarini maqsadga muvofiq, m as’uliyat
bilan ishlashga yo‘naltiradigan, o ‘z mijozlari ehtiyojlarini yaxshi qondiradigan,
yuqori samaraga erishish imkonini beradigan stmkturani yaratish vazifasi qo‘yiladi.
Tashkiliy stmkturani loyihalash uch bosqichdan iboratdir.
Birinchi bosqich — tashkiliy struktura tahlili. Harakatdagi tashkiliy stmktura
Do'stlaringiz bilan baham: |