V. YAKUNLOVChI QOIDALAR
26-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
27-modda. Nizolarni hal etish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
28-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligining
fvv.uz sayti.
2.Aim.uz sayti.
3.wikipedia.uz sayti.
4.Fayllar.org sayti.
5.Ziyo.net.uz sayti.
6.Lex.uz sayti.
Do'stlaringiz bilan baham: |