Radioeshittirish va televidenie studiyalarining tovush izolyatsiyalari
Download 499.7 Kb.
|
Kurs ishi Temirov Muxammad
Televidenie studiyalari. Televidenie studiyalari radioeshittirish studiyalaridan farqli ravishda ko‘pdan - ko‘p murakkab dekoratsiyalarning qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. Bu o‘z navbatida TV studiyalarda qo‘zg‘aluvchi kamera, mikrofonlar va katta sonli yoritgich asboblaridan foydalanishni taqazo etadi.
Bunday studiyalarning optimal reverberatsiya vaqti haqida quyidagicha fikr yuritish mumkin: TV eshittirishlari dekoratsiyalarning tez-tez o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, umumiy tovush to‘lqini yutilish fondi ham o‘zgarib turadi; TV kadri o‘zgarganda unga mos holda ovoz tavsiflari ham o‘zgarishi lozim. Shuning uchun TV studiyalarining reverberatsiya xarateristikalari sun’iy tizimlar yordamida boshqariladi. Reverberatsiya vaqtini ma’lum diapazonda boshqarish uchun TV studiyasining reverberatsiya vaqti 0,7÷0,8 s teng qilib olinadi. TV studiyalarda kameralarning borligi, xizmatchilar, yoritgichlar va ventilyatsiya asboblarining radiostudiyalardagiga nisbatan ko‘pligi TV studiyalarda shovqin sathini oshishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli, reverberatsiya vaqti amalda erishilishi mumkin bo‘lgan 0,8÷1,0 s bilan cheklaniladi. Dramatik eshittirishlarning ko‘p qismi musiqa sadolari jo‘rligida olib borilishi sababli reverberatsiya vaqtini chastotaga bog‘liq bo‘lmasligiga intilish zarur. Shunday qilib, TV studiyala-rida yaxshi akustik sharoit yaratish maqsadida quyidagi talab-larning bajarilishiga erishish zarur: Reverberatsiya vaqti 0,8÷1,0 s ga teng bo‘lgan holda studiya haj- miga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. TV studiyalarni tovush so‘ndirish koeffitsienti 0,7÷0,8 ga teng bo‘lgan so‘ndiruvchilar bilan qayta ishlash zarur. Reverberatsiya vaqti chastota tavsifining chiziqli bo‘lishiga erishish lozim. TV studiyalarni shovqindan saqlanishini to‘la ta’minlash zarur. TV studiyalarning reverberatsiya vaqtini sun’iy tizimlar yordamida boshqarish lozim Download 499.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling