Radioeshittirish va televidenie studiyalarining tovush izolyatsiyalari
Download 499.7 Kb.
|
Kurs ishi Temirov Muxammad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa studiyalari
Nutq studiyalari. Nutq studiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri, nutqning yuqori aniqligi va ijrochining nutq tembrini saqlashdir. Izlanish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nutqning yuqori aniqligi tovush bosimi 50÷80 dB va reverberatsiya vaqti 1s dan kam bo‘lganda erishiladi. Nutq eshittirishlarida studiyalarda odatda 10 kishidan ko‘p bo‘lmasligi sababli bunday studiyalarning hajmi aytarli katta bo‘lmaydi. O‘rta chastotalarda reverberatsiya vaqti 0,4÷0,8s tavsiya etiladi. Nutq studiyalari uchun optimal reverberatsiya vaqtini 3-rasmda keltirilgan egri chiziqdan aniqlash mumkin.
3- rasm. Optimal reverberatsiya vaqtining nutq studiyasi hajmiga bog‘liqligi grafigi Shunday qilib, optimal akustik sharoitlarni yaratish uchun nutq studiyasi quyidagicha bo‘lmog‘i shart: -reverberatsiya vaqti 0,4÷0,8s; reverberatsiya vaqtining chastota tavsifi yuqori chastotalargacha chiziqli bo‘lishi kerak. Musiqa studiyalari. Musiqa asarlarining xarakterini, eshittirishda ishtirok etayotgan ansambl tarkibini inobatga olib, yozuv jarayonidagi optimal akustik sharoitlarni yaratish maqsadida musiqalarni eshittirishda bir necha studiyalardan foydalaniladi. Musiqa studiyalarining akustik sharoitlarini, ularning hajmi 2000m3 katta bo‘lganda, optimal reverberatsiya vaqti studiya hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday studiyalarda optimal reverberatsiya vaqti musiqa asarlarining xarakteri bilan belgilanadi. Optimal reverberatsiya vaqti 1000 Gs chastotada: zamonaviy musiqa uchun - 1,48 s; klassik musiqa uchun - 1,54 s; romantik musiqa uchun - 2,07 s tashkil etadi. Kichik hajmdagi musiqa studiyalari uchun optimal reverberatsiya vaqti 4 - rasmda keltirilgan grafikdan aniqlanadi. Musiqa studiyalarining optimal reverberatsiya vaqti past chastotalarda biroz ko‘tariladi, bu ko‘tarilish tinglovchilarning estetik didiga, asosan past chastotalarni alohida ajratib tinglashlari bilan bog‘liq. 4-rasm. Musiqa studiyalari uchun optimal reverberatsiya vaqti grafigi Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asosan, musiqa studiyalari reverberatsiya vaqtining akustik talablarini quyidagicha ifodalash mumkin: Kichik va o‘rta hajmdagi musiqa studiyalarining optimal reverberatsiya vaqti 1÷1,6 s bo‘lib, studiyalarning hajmiga nisbatan tanlanadi. Katta hajmdagi studiyalarning optimal reverberatsiya vaqti, studiyaning hajmiga kamroq bog‘liq bo‘lib, ko‘proq ijro etiladi-gan musiqa asarlari xarakteriga bog‘liq. Ko‘p maqsadli studiyalar uchun tavsiya etiladigan reverberatsiya vaqti 1,7÷1,8s. Past chastotalarda optimal reverberatsiya vaqti o‘rta chastotalar- dagiga nisbatan 20÷40 % ko‘p bo‘lishi mumkin. Download 499.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling