Radioeshittirish va televidenie studiyalarining tovush izolyatsiyalari
Download 499.7 Kb.
|
Kurs ishi Temirov Muxammad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radioeshittirish va televidenie studiyalarining tovush izolyatsiyalari
Telekommunikatsiya texnologiyalari: Teleradioeshittirish 050-19 guruhi Temirov Muxammadning Individual loyiha fanidan KURS ISHI Mavzu: Radioeshittirish va TV studiyalarining tovush Izolyatsiyasi. Tashkent 2023 Radioeshittirish va televidenie studiyalarining tovush izolyatsiyalariTovush eshittirishning sifati ko‘p jihatdan eshittirish olib borilayotgan studiyaning akustik sifatlariga bog‘liq. Yuqori sifatli tovush eshittirishni olish uchun maxsus akustik ishlov berilgan xonalar – studiyalar jihozlanadi. Belgilanishi bo‘yicha ular; radioeshittirish va televidenie studiyalariga bo‘linadi. Radioeshittirish studiyalari katta, o‘rtacha va kichik konsert, kamer musiqasi, nutq, hamda adabiy-dramatik studiyalarga bo‘linadi. Televidenie studiyalari ham shunday belgilanadi, faqat adabiy-dramatik studiyalar o‘rniga postanovka studiyalari deb ataladi. Radioeshittirish va televidenie studiyalarining o‘lchamlari va shakli berilgan ijrochilar soni bo‘yicha “Oltin kesim” nisbat-laridan foydalanib, chiziqli o‘lchamlari: uzunligi ℓ, e’ni b va balandligi h tanlanadi. Ko‘p hollarda studiyaning shakli konstruktiv nutai nazaridan to‘g‘ri to‘rt burchakli tanlanadi. Studiyaning o‘lchamlari alohida proporsiyalarni talab etmaydi. Studiyaning plani kvadratga yaqin bo‘lmasligining o‘zi yetarli, balandligi esa, studiyaning plandagi eng kichik o‘lchami yarmisidan katta bo‘lishi kerak. Bunda studiya o‘lchamlarining nisbati 5:3:2 yoki 2,6:1,6:1, ya’ni ℓ : b : h = 2,6:1,6:1. Xona uzunligi, eni va balandligi o‘lchamlarining bu nisbatlardan keskin farqlanishi akustik defektlarga olib kelishi mumkin. Studiyaning balandligi qurilish-arxitekturasining talablari bilan aniqlanadi: bir tomondan, studiyaning asosiy o‘lchamlari arxitektura proporsionalligi talablarini qondiradigan nisbatda bo‘lishi; ikkinchi tomondan studiya kompleksini bir binoda joylashtirganda balandligi bir-biri bilan va bino qavatlari balandligi bilan ham kelishtirilgan bo‘lishi kerak. Studiyaning tanlangan poli yuzasi va balandligi bo‘yicha uning hajmi va umumiy yuzasini aniqlash mumkin. Radioeshittirish va televidenie studiyalarning klassifi-katsiyalari 1- jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Yuqori sifatli tovushlarni olish uchun studiyalar tashqi shovqinlardan yetarlicha himoyalangan bo‘lishi zarur. Har qanday studiyaning akustik asosiy xarakteristikasi bu- reverberatsiya vaqtidir. Standart reverberatsiya vaqti deb, so‘nayotgan tovush energiyasining statsionar qiymatidan 106 marta kamayishigacha o‘tgan vaqtga aytiladi, bu tovush energiyasining 60 dB gacha kamayishiga teng. Kichik reverberatsiya vaqti tovushni ma’yuslantiradi va ijrochidan baland ovoz talab etadi. Juda katta reverberatsiya vaqti tovushning «yog‘ilib ketishiga sababchi bo‘ladi, natijada bir bo‘g‘in ikkinchisiga qo‘shilib so‘z aniqligi, ravonligi pasayadi, musiqa ohanglari buziladi. Tovush jaranglashi tabiiy bo‘lgan vaqtni optimal reverberatsiya vaqti deb ataladi. Optimal reverberatsiya vaqti ijro etiladigan musiqa asarlariga bog‘liq. 2-jadvalda studiyalarning optimal reverberatsiya vaqti va uning chastota xarakteristikasi berilgan. Optimal reverberatsiya vaqti va uning chastota xarakteristikasi
Nutq studiyalarga bo‘lgan talab ijrochi tovushi tembrini o‘zgartirmay nutqning yuqori aniqligini saqlashdan iborat. Shuning uchun bunday studiyalar kichik reverberatsiya vaqtiga ega (0,5...0,6 s). Musiqa eshittirishlari uchun mo‘ljallangan studiya-larning reverberatsiya vaqti ancha yuqori (1,5...2,0 s). Turli dasturlar uchun optimal reverberatsiya vaqtini tanlash va shu yo‘l bilan optimal tovush yangrashini ta’minlash uchun reverberatsiya vaqtini o‘zgartirib turishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun hozirgi vaqtda sun’iy reverberatsiya qurilmalari keng qo‘llaniladi. Download 499.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling