Rahbarlik odobi va muomala madaniyati


O‘z pozitsiyalarida qat'iy turishadi


Download 0.94 Mb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1027288
1   2   3
Bog'liq
Rahbarlik odobi va muomala madaniyati

O‘z pozitsiyalarida qat'iy turishadi
Yaxshi rahbar qat'iy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu sifat kompaniya jiddiy sinovlarga duch kelganida muhim qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z tamoyillaridan voz kechishi kerak emas. Haqiqiy yetakchi o‘zini ham, xodimlarini ham aldamay, doim vijdonan harakat qilishi kerak.
Muomala madaniyati
Muomala madaniyati – insonlararo muloqotda namoyon bo‘ladigan odob-axloq belgisi bo‘lib, so‘zlashuv madaniyatini tartibga soladigan hamda shaxs xulqi go‘zalligini aks ettiradigan ma’naviy-axloqiy hususiyatni ifodalovchi tushuncha. Hozirgi zamon, bugungi kun “muomala madaniyatijuda keskinlashib borayotgan, tahlikali davrlarni o‘z ichiga oladi.
Quyida bir necha muomila madaniyati ga oid kerakli qadamlarni ko’rishingiz mumkin.
1.Yolg‘on so‘zlamang Yolg‘on — insoniyatga qarshi katta jinoyatdir. Haqiqatsiz jamiyatning xavfsizligi kafolatlanmagan. Yolg‘on so‘z gapiruvchiga zarar qiladi: nafaqat uyatga qoldiradi, balki kishida odat paydo qilib, hatto o‘zi istagan vaqtda ham rost so‘zlashga qiynala boshlaydi. Vaqt o‘tishi bilan so‘zlovchi o‘zining yolg‘on gapirayotganini ham sezmay qoladi.
2. Qo‘lingizdan kelmaydigan ishdan so‘z ochmang Tilingizdan tasodifan asossiz gap chiqib ketuvchi vaziyatlardan uzoq turing. Ishonchingiz komil bo‘lmagan narsalarga boshqalarni ishontirishga urinmang. Yoki so‘zlayotgan gaplaringiz shunchaki taxmin yoki shaxsiy fikringizligini ochiqlang.
3. Kamgap bo‘ling Bekordan-bekorga oraga suqilmang. Ozroq gapirish evaziga o‘zgalarni tinglash imkoniyatini yarating va yangi bilim, zakovat va malakaga ega bo‘ling.
4. Vazmin bo‘ling Bahslar qaynagan vaqtda baqira ko‘rmang, o‘zingizni qo‘lga oling. Raqibingizni baland ovoz bilan emas, sog‘lom aql bilan jim qiling.
5. So‘zlovchining gapini bo‘lmang Inson so‘zlayotganda har ne bo‘lsa ham uning gapini bo‘lmang. Oxirigacha tinglang. Shunda siz uni yaxshiroq tushunasiz va nisbatan munosibroq javob berishingiz mumkin bo‘ladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling