Rahbarlik odobi va muomala madaniyati
So‘zlaringizni chamalab boring
Download 0.94 Mb.
|
Rahbarlik odobi va muomala madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. O‘zingizni maqtamang
- 11. Salbiy mulohazalardan ehtiyot bo‘ling
- 10. Nuqsonlarni mazax qilmang
6. So‘zlaringizni chamalab boring Avvalo o‘ylang yoki sukut saqlang. Aytmoqchi bo‘lganlaringizni ma’nosiga e’tibor qaratib, iboralaringizni chamalab oling. Bemulohaza odamlar so‘zlashni boshlamagunlaricha o‘ylashmaydi. Yoki gapirib bo‘lgandan keyin o‘ylashadi.
7. Yoqimsiz kishilarning kamchiliklarini kuzating O‘ziga bino qo‘ygan va surbet kishilar orasiga tushib qolsangiz, ularning kamchiliklariga e’tiboringizni qarating va ehtiyot bo‘ling. Shunda suhbat davomida ham, umumiy muomalada ham ularning xatolaridan qochishning uddasidan chiqa olasiz. 8. O‘zingizni maqtamang Maqtanmang va o‘z-o‘zingizni baholamang. Sizni maqtovchi faqat sizning tilingiz bo‘lsa, bu obro‘yingiz o‘ta past va tezlik bilan qulashda davom etayotganidan dalolatdir. 9. Insonlar orqasidan salbiy gaplar so‘zlamang Davrangizda kimdir yo‘q bo‘lsa, uning ortidan iloji boricha faqat yaxshi so‘zlar aytishga harakat qiling. Salbiy mulohazalarga loyiq bo‘lmagan kishilar haqida hech qachon yomon so‘zlamang. Bu turdagi so‘zlashuvlar insonga yaxshiroq bo‘lishga yoki boshqalarni himoya qilishga xizmat qilsagina istisno bo‘lishi mumkin. 11. Salbiy mulohazalardan ehtiyot bo‘ling Hech kimni tanqid qilmaslikka, tahdid qilmaslikka va kimningdir tomoniga qahrli so‘zlar aytmaslikka harakat qiling. Kishining xatosini ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa, eshituvchi kishiga noxush bo‘lmasligi uchun uni malomat va ginasiz aytish yo‘lini toping. Vaholanki bu kabi ta’nalar hech qachon foyda bermaydi, ammo dilni og‘ritadi va katta ehtimol bilan insonni sizga qarshi qayraydi. 10. Nuqsonlarni mazax qilmang Insonlarning tug‘ma kamchiliklari haqida hazil qilmang va bunday hazillarga qo‘shilib kulmang. Bu turdagi xatti-harakat juda yomon taassurot qoldiradi. 12. G‘azablanmang Agar ikkinchi shaxs qizishib ketib sizning tomoningizga nomaqbul so‘zlar gapirsa, yaxshisi unga achining va jahl otiga minmang. Sukut yoki o‘ta boadab javob bunga eng yaxshi reaksiyadir. Ular yo shovqin soluvchini yumshatib afsuslanishga majbur qiladi yoki unga jazoga aylanadi. Holat qanday tus olmasin, muloyimlik va xushmuomalalik o‘z asablaringizni asrashga yordam beradi, shuningdek aqlli va dono inson sifatida qabul qilishlariga sabab bo‘lib, obro‘yingizni oshiradi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling