Rahimova Shahloxon Ikromjon qizi 302- guruh pedagogika- psixologiya yo’nalishi
Kattalarni masofali o’qitishda Internet tarmog’ining o’rni
Download 1.6 Mb.
|
Rahimova Shahloxon
Kattalarni masofali o’qitishda Internet tarmog’ining o’rni.
kompyuterlarining mavjudligi Internet tarmog’i orqali vidio konferensiyalami yo’lga qo’yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib ligant axborotlashgan tarmoq, o’quvchilaming distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qaerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi. Respublikamizning oliy o ’quv yurtlarida masofali o ’qitish tizimini joriy etishning ba’zi yo’sinlari. Ma’lumki, XXI asrga kelib insoniyat yangi global axborot— kommunikastion muhitini shakllantirishga erishdi. Bu muhit infosfera degan nom oldi va u axborot ayirboshlash borasida zamon va makon tushunchalariga chek qo’ydi. Infosferaning tashkiliy-texnologik asoslarini global axborot tarmoqlari tashkil etadi va u Internet-texnologiyalarning keng imkoniyatlariga tayanadi Infosfera nafaqat ishlab chiqarish, axborot ayirboshlash, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda, baiki jahon ta’lim tizimini yangi bosqichga ko’tarishga va uni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Bu borada ta’lim sohasida masofali o ’qitish tizimining shakllanishi va uni yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda xizmat qilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrda, jahonning rivojlangan mamlakatlarida (AqSH, Buyuk Britaniya, YAponiya, Fransiya, Kanada, Rossiya, Italiya, Ukraina) masofali o’tish tizimining joriy etilishi natijasida umumjahon axborot resurslariga bo’lgan extiyoj keskin oshib borishi bilan bir qatorda, ularda maqsadli foydalanishning yangi usul hamda vositalari shakllandi.
Respublikamizda ham masofali o’tish tizimi joriy etish orasida dastlabki ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston respublikasi Prezidentining «Iste’dot» jamg’armasi qoshidagi «masofali o’qitish markazi» hamda Rossiyaning informastion jamiyatini rivojlantirish inistituti tomonidan masofali o’qitish kurslarining tashkil etilishi, Ushbu yo’nalish bo’yicha amalga oshirilgan ijobiy ishlarning daslabki de’bochasidir. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling