Рахматова презентация pptx


Kartoshka sariq (janubiy stolbur) kasalligini


Download 352.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi352.1 Kb.
#1587688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kartoshka virusli kasalliklari-ning zarari va ularni oldini olish tadbirlari

Kartoshka sariq (janubiy stolbur) kasalligini mikoplazma (Aster yellows)
qo’zg’atadi. Bu kasallik dunyoning ba’zi mamlakatlarida astraning sariq kasalligi
nomi bilan yuritilishi ehtimol tug’iladi. Kasal o’sim-liklarning bo’yi pasayadi,
tepa qismidagi barglari buraladi, quvursimon shakl oladi, sarg’ayadi yoki
qizg’ish tus oladi. O’simliklar so’lishi mumkin. Kasal o’simliklardan olingan
tuganaklar ekilganda, ulardan anormal, mayda, xunuk, ipsimon nihollar o’sib
chiqadi, ildiz paydo bo’lmaydi, Odatda, hosilga ta’siri kam. Dalada tuganaklar
orqali va saratonlar bilan tarqaladi (Peresыpkin, 1982; Int. Potato Center,
1982).
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Alvasti (jin) supurgi. Stolburga o’xshash, lekin bunda o’simlik
o’sishdan qoladi, poya kuchli shoxlaydi va ko’p miqdorda stolonlar
hosil qiladi. Kasallangan o’simliklarda juda ko’p mayda, tez
nishlaydigan
tuganaklar
shakllanadi.
Uning
chaqiruvchisi-
mikoplazma bo’lib, tuganaklar orqali ko’payadi.
Gotika. Bu kasallikning chaqiruvchisi viroid bo’lib, ya’ni oqsilsiz
virusdir. Kasalikka uchragan o’simliklar past bo’yli bo’ladi, tupdagi
poyalar soni kamayadli va pastga yon shoxlar kuchli o’sa boshlaydi.
Shox va barglari poyaga nisbatan o’tkir burchak hosil qilib o’sadi va
yopishib turgandek ko’rinish oladi. Bu esa o’simlikka o’ziga xos –
gotik shakl beradi. Gotika gullash susayishi va barg plastinkasining
qisqarishida
kuzatiladi.
Kasallangan
o’simlikka
tuganagi
maydalashadi va cho’ziq yoki urchuqsimon, besunaqay shaklga
kiradi. Uning kuzchalari ko’p va yorilgan bo’ladi.
Bu kasallik kartoshkaning o’rtapishar va kechpishar navlarida
keng tarqalgan bo’lib, tuganaklar orqali kasallangan qsimliklardan
hasharotlar yordamida yuqadi. Kasallangan tuplar hosili 20-70 % ga
kamayib, tuganak sifati sezilarli darajada yomonlashadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



Download 352.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling