Рахматова презентация pptx
Download 352.1 Kb. Pdf ko'rish
|
kartoshka virusli kasalliklari-ning zarari va ularni oldini olish tadbirlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik usul
Kimyoviy usul
O’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilish zararli hasharotlarga qarshi turli xildagi organik va anorganik birikmalarni qo’llashga asoslangan bo’lib, o’simliklarni kimyoviy usulda himoya qilish vositalarining ko’pchiligini turli xildagi zararkunandalarga, kasalliklarga va begona o’tlarga ta’sir etishi bilan farqlanadi. O’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari yordamida har xil qishloq xo’jalik ekinlaridagi zararkunanda va kasalliklarga, omborxonalardagi zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash ishida keng ko’lamda foydalaniladi. Agrotexnologik kurash tadbirlaridan sog’lom urug’likdan foydalanish, tuproqqa fosforli, ayniqsa kaliyli o’g’itlar berish, o’simliklarni misli, borli va marganesli mikroo’g’itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish lozim. Bir tomonlama azotli oziqlantirish kasallanishni kuchaytiradi. Urug’lik tuganaklarni yorug’ sharoitda nishlatish, tup ostiga ko’proq va qalinroq tuproq tortish lozim. Kasallangan palaklar kartoshkani kovlashga 10 – 15 kun qolganda yo’qo-tiladi. Buning uchun palaklarga 1,5% li magniy xlorid eritmasi purkaladi (ishchi suyuqlik sarfi 1000-1100 l/ga), so’ngra palaklar yig’ishtirilib, yoqib yuboriladi. O’zbekistonda kartoshka o’simligida Aphididae oilasiga mansub bir necha tur shiralar: odatdagi kartoshka (Aulacorthum), shaftoli (Myzodes persicae), kartoshka yirik shirasi (Macrosiphim sjlanifjlii Ashm) va boshqalar tarqalgan. Ular bargni teshib, shirasini so’rib, hosilga zarar yetkazadilar. Bundan tashqari shiralar viruslarni ham boshqa o’simliklarga yuqtiradilar. Shiralarga qarshi ruxsat etilgan dinadin 40 k.e. 2,0-2,5 l/ga miqdorda, Siraks 25 % k.e. 0,48 l/ga insektisidlar qo’llaniladi. Agar bu preparatlar bo’lmasa pomidorga ishlov berishga ruxsat etilgan desis 2,5 % k.e. 0,25-0,5 l/ga, mospilan 20 s.p. 0,2-0,30 kg/ga, fufanon 57 % k.e. 0,6-1,2 l/ga miqdorda kartoshkaga ishlov berishda qo’llash mumkin. Dala sharoitida nematodalarni yo’q qilish uchun ekin ekishdan bir oy ilgari tuproqni 1 m 2 ga 50 g hisobidan xlorpikrin yoki serouglerod bilan fumigasiya qilish kerak, ammo iqtisod nuqtai nazaridan qaraganda, qimmat-li ko’chat va ekinlar ekiladigan tuproqqa shunday fumigasiya qilinadi. Tuproqqa etilendibromid solinganda nematodalarning halok bo’lishi so’ng-gi tajribalarda aniqlandi. Omborxona binolari kartoshkani qo’yishdan oldin 1 m 3 ga 100-120 g hisobidan oltingugurt yoki 1 m 3 ga 10-12 g hisobidan xlorpikrin bilan fumigasiya qilinib, yuqumsizlantiriladi. Kuya tarqalgan joylardan mamlakatimizga shu hasharot o’tishiga yo’l qo’ymaydigan umumiy karantin choralari ko’rilishi kerak. Kartoshka jips berk kameralarda serouglerod yoki metil bromid bilan dorilanib, kuyadan tozalanadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Biologik usul Hasharotlar va kasallik tarqatuvchi manbaalarga qarshi kurashda tabiatdagi foydali hasharotlardan, laboratoriya sharoitida ishlab chiqariladigan biologik entomofaglar kabi foydali hasharotlar, Podzius perillyus va Egum cepler tuxumxo’ri entomofaglar, feromon tutqichlar, trixonorus kabi biologik vositalarni kartoshkada qo’llash biologik usul deb ataladi. Hozirgi paytda eng istiqbolli ekologik jihatdan toza, iqtisodiy, jihatdan arzon qarshi kurash usuli biologik usul hisoblanadi. Bu usul haqida maxsus o’simliklarni biologik usulda himoya qilish fanini o’tish bilan to’liq tushuncha beriladi. Download 352.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling