Рахматова презентация pptx
Download 352.1 Kb. Pdf ko'rish
|
kartoshka virusli kasalliklari-ning zarari va ularni oldini olish tadbirlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: KARTOSHKA VIRUSLI KASALLIKLARI- NING ZARARI VA ULARNI OLDINI OLISH TADBIRLARI Ilmiy rahbar, assistent ____________L.S.Ostanova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI 5410300 – O’simliklar himoyasi va karantini ta’lim yo’nalishi bakalavriat bitiruvchisi RAHMATOVA O’G’ILOY ABDUSAMADOVNA BITIRUV MALAKAVIY Ish Mavzu: KARTOSHKA VIRUSLI KASALLIKLARI- NING ZARARI VA ULARNI OLDINI OLISH TADBIRLARI Ilmiy rahbar, assistent ____________L.S.Ostanova PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com K I R I Sh Mamlakatimiz mustaqilligining sharofati bilan boshqa sohalar kabi kartoshkachilikga ham e’tibor kuchaydi va milliy mahsulot ishlab chiqarishning ortishi natijasida chetdan iste’molbop kartoshka keltirish to’xtatildi. Dunyo dehqonchiligida kartoshka ekin maydoni bo’yicha bug’doy, sholi, makkajo’xoridan so’ng 4-o’rindagi oziq-ovqat ekini bo’lib, xalqimiz oziq-ov-qat xavfsizligini ta’minlashda nisbatan qisqa muddatda – 150 yil ichida yetakchi mahsulot – ikkinchi non ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun Respub-lika hukumati, shaxsan muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda bu sohani rivojlantirish, dunyoda taraqqiy etgan davlatlar darajasiga olib chiqishga katta e’tibor qaratdi. O’zbekistonda kartoshka ekin maydoni mustaqillik yillarida 40 – 45 ming gektardan 80 – 82 ming gektarga kengaydi, yalpi hosil 380 – 430 ming tonnadan 2,2 – 2,4 mln. tonnaga yetdi. Hosildorlik gektaridan 9 – 10 dan 27 – 29 tonnaga yetkazildi, ya’ni 3 barobarga oshdi. Aholi jon boshiga kartoshka ishlab chiqarish 12 – 15 kilogrammdan 80 kilogrammgacha yetdi, ya’ni 5 – 6 martaga ko’paydi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Kartoshka hosilining miqdori va sifati uning zararkunanda hamda kasalliklar bilan zararlanish darajasiga bog’liqdir. Kartoshkadan yuqori mahsul- dorlikka erishishda, urug’lik material sifati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Urug’lik kartoshkani virus, mikoplazma va boshqa kasalliklardan sog’lomlashtirish hosildorlikni 50 % ga oshiradi. X, S, M viruslar hosildorlikni 5-10 %, U, K, L,M singari viruslar tarqalganda esa 40-70 % gacha kamayadi. J.Bokx (1982), L.N.Trofimes (1986), A.G.Zыkin (2000) kabilarning ta’qidlashicha o’simliklarning viruslar bilan zararlanishining har bir foizi hosildorlikni 0,5 % nobud bo’lishiga olib keladi. Virusli aynish tushunchasini birinchi marta ingliz olimi K.Maksvell kiritgan bo’lib, u haqidagi ma’lumotlar 1801 yilda paydo bo’lgan. Aynish sabablarini tushuntirish bo’yicha ko’plab nazariyalar mavjud. Shulardan eng asosiysi ekologik va virus nazariyasi hisoblanadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Virusli kasalliklar yuqumli kasalliklar guruhiga kirib, so’ruvchi hasharotlar (bitlar, tripslar, sikadalar, qandalalar kabilar) yoki ekinga ishlov berishda mexanik shikastlash, tuganaklarning kesilishi va boshqa hollarda, ya’ni kasallangan o’simlik hujayra shirasi sog’lom o’simlikka o’tishi natijasida ro’y bradi. Keyingi reproduksiyalarga viruslar urug’lik tuganaklar orqali o’tadi. O’simliklar viruslar bilan kasallangan ularning tashqi ko’rinishi (morfologiyasi) o’zgaradi, ya’ni barglari buralib ketadi, g’adir-budur bo’ladi, sarg’ayadi, hurpayadi, nobul bo’ladi, tuganaklari kichiklashadi, shakli o’zgaradi va b. Virusli kasalliklar yashirincha holda ham o’tishi mumkin, lekin bu ularning yuqumliligini va zararini kamaytirmaydi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Download 352.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling