Рахматова презентация pptx
Uyg’unlashgan himoya qilish usul
Download 352.1 Kb. Pdf ko'rish
|
kartoshka virusli kasalliklari-ning zarari va ularni oldini olish tadbirlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karantin usuli
Uyg’unlashgan himoya qilish usul
Uyg’unlashgan himoya qilish usuli yuqorida qayd etilgan barcha usullarni o’z ichiga oladi va shu usullarni ichida eng nufuzli hisoblanadi. Bunda hamma usullardan oqilona foydalanish nazarda tutiladi, ayniqsa bu holat kimyoviy usulga birinchi navbatda taalluqlidir, chunki respublikamiz dalalarida pestisidlar ishlatilishi cheklangan. Pestisidlar faqat biologik usul samara bermaganda maxsus ruxsat bilan qo’llaniladi. Kartoshkani zararkunanda va kasalliklarga chidamligini oshirishda qo’yidagilarga e’tibor berish talab etiladi: yaxshi o’tmishdosh keyin ekish; o’simliklarni o’z vaqtida va yetarli darajada oziqa elementlari bilan oziqlantirish; urug’lik tuganaklarni ekish oldidan tayyorlash; eng optimal ekish muddatlarida va chuqurlikda ekish; tuproqqa ekish oldina va o’suv davrida qator oralariga sifatli ishlov berish; o’simliklarni optimal qalinlikda joylashtirish; ekin maydonini begona o’tlarda toza holda saq- lash; kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli navlardan foydalanish. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Karantin usuli Ekin ekiladigan dalalarga eng xavfli zararkunandalar, kasalliklar begona o’tlar va boshqa manbaalarni chetdan kirib kelishi oldini olishda o’tkaziladigan davlat tadbiriga karantin tadbir deyiladi. Bu tadbirlar mamlakat ichida va tashqarisida ham birdek amalga oshirilishi shart. Bu tadbirni o’tkazilishiga asosiy sabab yildan yilga o’sib borayotgan tovar ayri boshlashning ko’payishidir. Kartoshka kuyasi (Rhthorimaea orerculella Zye11), Kolorado qo’ng’izi, yoki kartoshka qo’ng’izi (Leptinotarsa decemlineata Say), Kartoshka poya nematodasi (Longidorus Mie va Thichodorus Cobb turkumlari) va kartoshka nematoda (Qlibodera turkumi) kartoshka o’simligi uchun eng xavfli karantin obyektlari hisoblanadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com XULOSALAR: Kartoshka hosilining miqdori va sifati uning zararkunanda hamda kasalliklar bilan zararlanish darajasiga bog’liqdir. Ba’zida yetishti-rilgan hosilni 40-50 foizga yaqini zararkunanda va kasalliklar tufayli nobud bo’ladi. Shuning uchun kartoshka zararkunandalari va kasalliklarini ma’lum darajada kamaytirish yoki oldini olish kartoshkachilikning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Kartoshkadan muntazam ravishda yuqori hosil uchun zararkunandalar va kasalliklarga qarshi ular oldini olish va qiruvchi chora-tadbirlar o’tkazilishi shart. Kasallik va zararkunandalarga qarshi o’tkazilgan chora-tadbirlar ularning tarqalishini oldini olish va o’simlikni ularga chidamligini oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Ular turli xildagi agrotexnik chora-tadbirlar va urug’liklarni zararsizlantirishdan iborat. Agrotexnologik kurash tadbirlaridan sog’lom urug’likdan foydalanish, tuproqqa fosforli, ayniqsa kaliyli o’g’itlar berish, o’simliklarni misli, borli va marganesli mikroo’g’itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish lozim. Bir tomonlama azotli oziqlantirish kasallanishni kuchaytiradi. Urug’lik tuganaklarni yorug’ sharoitda nishlatish, tup ostiga ko’proq va qalinroq tuproq tortish lozim. Kartoshka ko’p sondagi kasalliklar bilan zararlanishi hamda kasallanishi sababli uni yetishtirish davrida o’simliklarni himoya qilish uchun barcha agrotexnik chora- tadbirlar yuqori darajada o’tkazilishi bilan birga abiotik va biotik zararlanish omillari ta’siri oldini olishga ham yo’nal-tirilgan bo’lishi kerak. Download 352.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling