Рахматова презентация pptx
KARTOSHKANING VIRUSLI KASALLIKLARIGA QARSHI
Download 352.1 Kb. Pdf ko'rish
|
kartoshka virusli kasalliklari-ning zarari va ularni oldini olish tadbirlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktik qarshi kurash tadbirlar.
KARTOSHKANING VIRUSLI KASALLIKLARIGA QARSHI
KURASH CHORA-TADBIRLARI Kartoshka virusli, viroidli va mikoplazmali kasalliklarga urug’chilik maydonlarida qarshi kurashish eng samarali tadbirlardan biridir. Urug’chilik ishlari turli-tuman tashkiliy, iqtisodiy, agrotexnik, oldini (profilaktik) olish hamda kiruvchi chora tadbirlar va usullarini o’z ichiga oladi: tog’ va tog’oldi mintaqalarda urug’chilikni tashkil etish; kasalliklarga chidamli tezpishar navlarni tanlash va ishlab chiqarishda foydalanish; apikal yoki meristema to’qima asosida urug’lik tuganaklarni olish; ekishga tanlash va klonlarni ko’paytirish asosida olingan sog’lom tuganaklardan foydalanish; urug’lik tuganaklarga kasalliklarning tarqalmasligini va zararlanmasligini oldini olish va zarur bo’lganda kiruvchi chora-tadbirlarni qo’llash; yuqori agrotexnik tadbirlarini qo’llash; ko’chat va ikki hosilli ekinlar sifatida kartoshka o’stirish texnologiyasini qo’llash va urug’chiligini tashkil etish tadbirlari. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Profilaktik qarshi kurash tadbirlar. Kasallik va zararkunandalarni tarqalishini oldini olishning eng samarali vositasi ekinlarni almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilishdir. Kartoshkani kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanishini oldini olish uchun bir maydonga 3-4 yildan so’ng va yaxshi o’tmishdosh ekindan keyin takroran ekishdir. Kasallik va zararkunandalar tarqalishini oldini olishda yerni chuqur ag’darib haydash ham muhim usullardan hisoblanadi. Bunda kasallik va zararkunandalar ko’p bo’lgan tuproqning ustki qatlami yerning chuqur qismiga ko’miladi. Zarakunanda va kasalliklar tarqalishini oldini olishda yerni chuqur ag’darib haydash ham muhim usullardan hisoblanadi. Bunda zarakunanda va kasalliklar keng tarqalgan dalalarda tuproqning ustki qatlami yerning chuqur qismiga ko’miladi. Zarakunanda va kasalliklar tarqalishini oldini olishda kartoshka ekilgan va unga yaqin joylashgan maydonlar, dala chetlari va sug’orish shaxobchalari qirg’oqlaridagi, uvatlardagi begona o’tlarga qarshi kurash ham katta ahamiyatga ega. Begona o’tlar ko’p kasalliklar va zararkunandalarni manbai bo’lishi bilan birga, ularni virus tashuvchanligi-yuqtiruvchanligini, zarar keltirishini yanada oshiradi. Download 352.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling