Kartoshkaning stolburli sulish kasalligi. Bu kasallik keng tarqalgan bo’lib,
chaqiruvchi mikolapzmali mikroorganizmlar tashuvchisi sikadalar hisoblanadi.
Kasallikning dastlabki boshlanish alomatlari yuqori barglarning kichiklashishi,
bo’lakchalari chetida xloroz, bargining rangsizlanishi, astag’sekin ildiz quriy
boshlaydi. Ba’zan yon shoxlar o’sib, poyada havo tuganakchalari hosil qiladi, 7-
10 kun o’tgach kasallangan o’simliklar quriy boshlaydi.
Stolbur so’lish yoki tuganaklarda ingichka, ipsimon o’simtalar hosil qilishi
hosilni 70-80 % gacha kamaytiradi. Ipsimon o’simtali tuganakdan ko’karib
chiqqan o’simlik kudryash deyiladi. Kasallikning asosiy belgisi poyalar soni
ko’payib ketib (10-15 ta va undan ziyod) ingichka, o’simlik past bo’yli, barg
shakli o’zgargan bo’ladi. Yuqori tok yonbarglar o’sib, yonbarglarning soni esa
kamayadi. O’simlik gullamaydi va mayda tuganaklar hosil qiladi.
Kartoshkaning ipsimon o’simtalanishiga stolbur so’lishdan tashqari alvasti
(jin) supurgi, gotika, barglarning bujmayishi kabi virusli kasalliklar ham sabab
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: