Rahmonov Rizvan Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik va uni


Mamlakatning safarbarlik tayyorgarligi


Download 226.56 Kb.
bet20/24
Sana18.06.2023
Hajmi226.56 Kb.
#1555603
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Rahmonov R Kкурс ишини бажариш намуна new 1

2. Mamlakatning safarbarlik tayyorgarligi
37. O‘zbekiston Respublikasi safarbarlik tayyorgarligining asosiy maqsadi iqtisodiyotni, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, hududlarni, aholini va Qurolli Kuchlarni harbiy tajovuzning daf etilishini ta’minlashga hamda urush davrida davlat va aholi ehtiyojlarini qanoatlantirishga tayyorlashdan iborat.
38. Mamlakat safarbarlik tayyorgarligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish hamda takomillashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek ko‘p ukladli iqtisodiyot sharoitida mulk shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini belgilash;
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik rejasini shakllantirish;
harbiy va fuqarolar uchun mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi (ta’mirlovchi) ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hamda joylashtirishga doir asosli qarorlar va rejalarni, davlatning moddiy zaxiralarini, fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini jamlash normativlarini, shuningdek alohida davrda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga doir ko‘rsatkichlar ishlanmalarini ishlab chiqish;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga alohida davrda mahsulot ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha safarbarlik topshiriqlarini belgilash;
iqtisodiyotni boshqarish tizimining alohida davrda barqaror faoliyat ko‘rsatishga shayligini ta’minlash;
urush davrida iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko‘rsatishini va aholining hayot faoliyatini ta’minlaydigan davlat infratuzilma obyektlarini rivojlantirish;
urush davrida Qurolli Kuchlarga topshirish uchun yoki mamlakat iqtisodiyoti manfaatlarini ko‘zlab foydalanish uchun mo‘ljallangan maxsus tuzilmalar va muassasalarni tashkil etish hamda shay holatda saqlab turish;
davlat zaxiralarida moddiy boyliklar zaxiralarini shakllantirish;
moliya va soliq tizimlarining urush davrida faoliyat ko‘rsatishga shayligini ta’minlash;
Qurolli Kuchlarning safarbar holda yoyilishini va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga shay holatga keltirilishini har tomonlama ta’minlash.

Download 226.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling