Rahmonov Rizvan Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik va uni


Qurolli Kuchlarning aholini va obyektlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha harakatlari


Download 226.56 Kb.
bet17/24
Sana18.06.2023
Hajmi226.56 Kb.
#1555603
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Rahmonov R Kкурс ишини бажариш намуна new 1

4. Qurolli Kuchlarning aholini va obyektlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha harakatlari
20. Mamlakatning butun hududida aholini hamda potensial xavfli obyektlarni zamonaviy hujum vositalarining shikast yetkazuvchi omillari ta’siridan, qo‘poruvchilik-terrorchilik harakatlaridan va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimi tashkil etiladi.
21. Halokat yuz bergan hududlarda va zarba o‘choqlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy hamda boshqa turdagi razvedka, qidiruv-qutqaruv, evakuatsiya va boshqa shoshilinch ishlarni bajarish, jabrlangan odamlarning hayot faoliyatini birinchi navbatda ta’minlash, obyektlarning faoliyatini tiklash, shuningdek fuqaro muhofazasiga doir qolgan vazifalarni bajarish oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qo‘shma rejalarga muvofiq Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning harbiy hamda ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, fuqaro muhofazasining hududiy va obyektlardagi tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Mamlakat mudofaasiga va Qurolli Kuchlarga rahbarlik qilish
22. Mamlakat mudofaasiga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qo‘mondoni amalga oshiradi. U O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining va harbiy qurilishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat harbiy tashkilotining mudofaa vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, moddiy va boshqa resurslarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama ta’minlash, mudofaa manfaatlarini ko‘zlab mamlakat hududini tezkorlik bilan jihozlash masalalarini hal etadi, Qurolli Kuchlarning qurol-yarog‘, harbiy texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi hamda ta’minlanishini tashkil etadi, davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi, mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligini tashkil etadi, fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oshiradi.
24. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilikda belgilangan doirada mudofaa vazifalarini hal qilishda ishtirok etadi.
25. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyaning markaziy devonlari, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning boshqaruv organlari amalga oshiradi.
Mudofaa vaziri urush davri sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining o‘rinbosari hisoblanadi.
26. Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tinchlik davrida mamlakat mudofaasini rejalashtirishning va urush davrida Qurolli Kuchlarni tezkor boshqarishning asosiy organidir.
Tinchlik davrida Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tashkiliy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiga kiradi va vazirga bo‘ysunadi, urush davrida esa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ishchi organiga aylanadi.
27. Harbiy okrug Qurolli Kuchlarning asosiy harbiy-ma’muriy birligi va hududiy umumqo‘shin tezkor-strategik birlashmasi hisoblanadi. Harbiy okrug qo‘mondonligi mamlakatni qurolli himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab tinchlik va urush davrida bo‘ysunuvidagi qo‘shinlarni tezkor rejalashtirish hamda boshqarishni, shuningdek Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi va uning hududiy chegaralarida joylashtirilgan barcha harbiy tuzilmalarning belgilangan yo‘nalishda yagona tarzda rejalashtirilishini, muvofiqlashtirilishini va hamkorligini amalga oshiradi.

Download 226.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling