Rahmonov Rizvan Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik va uni


KIRISh Mavzuning dolzarbligi


Download 226.56 Kb.
bet3/24
Sana18.06.2023
Hajmi226.56 Kb.
#1555603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Rahmonov R Kкурс ишини бажариш намуна new 1

KIRISh


Mavzuning dolzarbligi - Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari dahlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi. 2018 yilning 9 yanvarida — O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasini qabul qilish orqali mamlakat mudofaa siyosatining shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Mudofaa doktrinasi dastlab 1995-yil 30- avgustda O’zbekiston Resoublikasi Oliy Majlisi 1-chaqiruv 3-sessiyasida qabul qilingan. 2000- yil Harbiy doktrina Mudofaa doktrinasiga o’zgartirildi. So”nggi Mudofaa doktrinasi qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma’qullangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi 458-sonli qonuni bilan tasdiqlangan.
2017-2021 yillar uchun Harakatlar strategiyasi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan ushbu doktrinada mamlakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha asosiy yo‘nalish va zamonaviy yondashuvlar aks ettirilgan. Mudofaa doktrinasi, xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoit yaratadi. Ushbu hujjat oshkora xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash konseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Mudofaa doktrinasi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo‘shnilarimiz — Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlik milliy xavfsizlikning asosiy shartlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Xalqlarimizning tarixi, madaniyati, an’analari, diniy e’tiqodining mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlikning muhim poydevori hisoblanadi.
Ana shu maqsadda biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidagi prinsiplarga asoslangan: boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, bundan harbiy tajovuzning oldini olish va uni daf etish hollari mustasno; xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlararo tuzilmadan, agar u harbiy-siyosiy blok etib o‘zgartirilsa, chiqib ketish huquqini o‘zida saqlab qolish; mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi; harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga monand bo‘lishi; yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish; Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi zona to‘g‘risidagi shartnoma prinsiplariga sodiqlik; o‘z hududida chet el harbiy bazalari va ob’ektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik; Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi; xalqningma’naviy-axloqiy qadriyatlariga va o‘ziga xos madaniy urf-odatlariga tayanish.
bugungi kunda Chaqiriqqa qadar boshlang’ich ta’limfanini o‘qitishga qo‘yilayotgan talablarga, umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil qilishga doir ma’lumotlarni berib o‘tmoqchimiz. O‘ylaymizki, biz tavsiya etadigan ma’lumotlar umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va boshqa shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi pedagoglarga asqotadi.
Biz mazkur kurs ishida ishda harbiy ta’lim mashg‘ulotlarida Harbiy mavzularda, hozirgi globallashuv jarayonida va hozirgi davlarlar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Albatta, bu masala o‘quvchilarni mashg‘ulot mavzusiga qiziqtirishda ahamiyatga ega. Shu bois bu tanlangan mavzuning dolzarb ekanligiga shubha yo‘q.

Download 226.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling