Rahmonov Rizvan Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik va uni
Download 226.56 Kb.
|
Rahmonov R Kкурс ишини бажариш намуна new 1
5-modda. Mudofaani tashkil etish
Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi: tajovuzning oldini olish va qaytarishga, O‘zbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish; mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash; harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo‘lgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish; O‘zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish; Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi; Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish; Qurolli Kuchlar qo‘llanilishini rejalashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni ko‘rish; aholini va hududni mudofaaga tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo‘riqlanishi va himoyalanishini ta’minlash; aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan obyektlarni yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o‘tkazish; Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek aholining safarbarlik tayyorgarligi; davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish; mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma’rifiy, harbiy-sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish; aholini ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash; mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar. Download 226.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling