Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи
Navoiy va Guli haqida turkman dostoni
Download 247.9 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida
2.2 Navoiy va Guli haqida turkman dostoni
Alisher Navoiy to‘g‘risida turkman xalqi orsida yaratilgan afsona va rivoyatlarning o‘zbek sovet yozuvchilari ijodiy izlanishlarida qo‘llanilayotganligi diqqatga sazovor fakt. Atoqli adibimiz Oybekning bu sohadagi adabiy tajribalari har bir ijodkorga ibrat bo‘la oladi, deb o‘ylaymiz. Xalq afsonalari negizida yaratilgan Oybekning „ Guli va Navoiy“ dostonining mazmuni, undagi ayrim epizodlar bizga turkman xalqi orasida mashhur bo‘lgan ba’zi bir latifa va rivoyatlarni eslatib turadi. Hatto, shoir ayrim latifanoma hikoyalarni doston syujetiga aynan olib kirgan, she’riy qatorlarda chiroyli qilib tasvirlab bergan. „Podsho o‘lariga“ degan hikoyatning mazmunini yuqorida keltirilgan edik. Endi 39
shu afsonaning „Guli va Navoiy“ dostonidagi she’riy talqini bilan tanishing. Alisherbek, ne tadbir, ne o‘y? Sotibsizmish hosoriy yuz qo‘y. Qarshi bozorida, nasiyaga, Faraz qilsam, o‘xshar hadiyaga...? Vafotimdan so‘ng to‘lashurmish Xaridorlar, yohu, nechuk ish? – Oliy hazrat, bu so‘zlar rostdur, Qilmishimga bir sir boisdir: „Xaridorlar yolvarur doim, O‘g‘onidan tilab, podishohim. Sizga behad ko‘p uzoq umur, Niyatim shu!“ – Sher qulur, maxmur. Husayn qilur, qah-qaha uzoq, Gar esiga tusharkan har choq. 1
„Guli va Navoiy“ dostonining Husayn Boyqaro, Guli, Navoiy munosabatlari tasvirlangan sahifalarida Mirali nomi bilan bog‘liq turkman rivoyatlarining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Husayn Boyqaro bilan Navoiyning ovga chiqishi, tasodifan podshoning derazadan Gulini ko‘rib qolishi va unga oshiq bo‘lishi, so‘ng Guliga Naoiyni sovchi qilib yuborib, qizning roziligini olishi hamda unga uylanishi, oxir- oqibat Gulining Navoiyga sodiq qolib, vafot etishi kabi hayajonli epizodlarni o‘qiganimizda „Guli va Sulton Suyun“ , „Mirali va Sulton Suyun“ kabi turkman xalq afsonalaridagi voqealarni ko‘z odimizga keltiramiz. Demak, Oybekdek ulkan san’atlar uchun o‘z xalqining tilida va dilida turgan orzu-o‘ylarni, Alisher Navoiyning rang-barang voqealarga boy hayotning ibratli tomonlarini badiiy so‘zga ko‘chirishda Mirali turkum hikoyalari alohida ahamiyat kasb etadi. Uyg‘un va Izzat Sultonning „Alisher Navoiy“ tarixiy dramasidagi Navoiyning sevgilisi Guli obrazining yaratilishida xalq og‘zaki ijodidagi afsonaviy
1 Oybek. Guli va Navoiy. “Fan” nashriyoti, Toshkent, 1968 y., 15-bet 40
go‘zal qiz Gulining prototip bo‘lib xizmat qilganligi ilmiy-adabiy manbalarda tilga olinadi. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, turkman xalqi Mirali (Navoiy) siymosida o‘z orzu-istaklarining homiysini ko‘rdi. Uning qiyofasida mushkulini oson qiladigan g‘amxo‘r shaxsni, dushmanlaridan ayovsiz o‘ch oladigan, zolimlarning adabini beradigan, befarosat kishilarni ziyraklik bilan mot qiladigan donishmandni tasavvur qildi. Navoitsni adolat va haqiqat timsoli, deb bilgan turkman xalqi uni ideal xalq qaxramoniga aylantirdi va shoir to‘g‘risida yuzlab afsonalar ijod etdi. Mana, qariyb besh asrdan beri bu o‘lmas rivoyatlar tillardan-tillarga, ellardan-ellarga o‘tib, xalqimizga ma’nafiy zavq berib kelayapti. Bugun ham jamiyatimizdagi yaramas illatlarga qarshi kurash olib borishda, odamlar shaxsiyatidan yuksak axloqni shakllantirishda, xalqimizni olijanob ideallarga ruhlantirishda bu ajoyib hikoyalarning tarbiyaviy ahamiyati g‘oyat yuksakdir. Eng muhimi, Mirali turkum hikoyalari ikki birodar xalq – turkman va o‘zbek xalqlari do‘stligiga, o‘zbek va tukman adabiyotlari hamkorligiga xizmat qilib kelayapti. Turkman adiblari do‘stlik mavzusida qanday she’r yozmasin, bu do‘stlikning timsolini Navoiy va Maxtumquli qiyofalarida ko‘radilar, Navoiyning Turkmanistondagi mashhurligini Mahtumqulining O‘zbekistondagi shuhrati bilan izohladilar. Taniqli shoir, Maxtumquli nomidagi Turkmaniston Davlat mukofoti laureati Nuri Bayramovning „Do‘stlik daftari“ she’rlar turkumiga kirgan „Bir dasturxon qo‘shig‘i“ nomli she’ri xuddi ana shunday xususiyatga ega. Shoir do‘stlik hni, o‘zbek tuprog‘ini madh etar ekan, bu tuproqni Navoiydek, G‘.G‘ulomdek ulug‘ shoirlar nomi bilan bog‘laydi, bu vatan ana shunday ulug‘ zotlar bilan ko‘rkam va dovrug‘li degan fikrlarni ilgari suradi, turkman va o‘zbek xalqlarining ajoyib do‘stligini kuylaydi. No aỳynyň atany, özbek topragy Kabul et sen türkmenlerden salamy, Men irin aỳdymyň ygryň ỳesiri,
41
Diňlem ge geldim Gapur Gulamy.
Salam getirsem-de aramyz da d l Otyrys biz bir supranyň da ynda Sen aỳdym aỳdỳaň Magtymgulydan, No aỳy bar meniň sazymyň ba ynda. Darhaqiqat, turkman va o‘zbek xalqlari do‘stligi madhiga bag‘ishlangan she’rlarning ko‘pchiligida Navoiy va Mahtumqulining buyukligi ulug‘lanadi. Bu ikki siymo timsolida o‘zbek-turkman xalqlarining aql-zakovati, donishmandligi, uyg‘unlashganligi iftixor tuyg‘ulari bilan qalamga olinadi. Shoir S.Avazberdiev Erkin Vohidovning „O‘zbegim“ qasidasida yozgan o‘xshatmasida O‘zbekistonni, o‘zbek xalqini ta’riflar ekan, bir joyda shunday deb yozadi: Desterhany bereketli
Alma-narly özbegim, No aỳydek, Pyragydek
Akyldarly özbegim.
Q. Seyitliev G‘afur G‘ulom vafotiga bag‘ishlab „Inson va barhayotlik“ nomli marsiya yozgan edi. Shoir she’rda G‘.G‘ulomning abadiyligi haqida, asarlarining avlodlar qalbida hamisha barhayotligi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, bir o‘rinda yana Navoiyga murojaat etadi, G‘afur G‘ulom ham huddi Navoiydek el dilida mangu yashaydi deydi shoir: No aỳyny halkyň saklaỳ y ỳaly, Seni hem ỳürekde saklar illeriň. Baky aỳdymy bar ỳa nesilleriň, Go gylar bagynda eken gülleriň Seni hem ỳürekde saklar illeriň.
42
Har ikki qardosh jumhuriyatda bo‘lib o‘tgan adabiyot va san’at bayramlari xalqlarimiz va adabiyotlarimiz do‘stligini mustahkamlashga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Shu do‘stlik mavzularining doirasi yanada kengaydi. Qardoshligimizni madh etuvchi ajoyib asarlar maydonga keldi. Bu sohada, ayniqsa, turkman adiblarining ijodiy mehnatlari samarali bo‘ldi. Turkman adabiyotshunos olimlari qalamiga mansub bo‘lgan Navoiy haqidagi ilmiy tadqiqotlarning barchasini yagona nuqtaga birlashtirib turgan bir umumiy ohangdoshlikni e’tirof etmaslik mumkin emas. Bu – turkman olim va adiblarining buyuk san’atkor Alisher Navoiy merosiga katta mas’uliyat va chuqur samimiyat bilan yondoshib, uning ijodini qadrlashi va yuksak baholashidir. Download 247.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling