Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи
Download 247.9 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum,shoirlar sultoni, aziz bobojon. 2-boshlovchi: Assalomu alaykum,ulug‘ daho, hazrat Navoiy! Navoiy: Assalom, assalom, aziz avlodim! Sizlarga doimo tole bo‘lsin yor. Sizlarga tangridan so‘rayman kamol Sizlar menga avlod donnish, baxtiyor.
Siz uchun atalgan zo‘r sovg‘amiz bor, Bu kungi istaklar bari sizga yor.
Marhabo, bobomiz, ulug‘ Alisher! Siz uchun davramiz doim muntazir. (Alisher Navoiy ko‘rsatilgan joyga o‘tiradi.Ulug‘ shoir g‘azallari qo‘shiq qilib kuylanadi va raqs ijro etiladi)
Buyuk zot, she’ringiz tahsinga loyiq, Ularni har doim yodlar xaloyiq. Ularda kuylanmish ajib muhabbat, 49
Oshiqlarni yoqqay ular toabad. 2-boshlovchi: Bunda ne sinoat, bunda ne sir bor, Yo sizni o‘rtamish qaysi bir dildor? Vaqif eting bizni bu shirin sirdan, Bizlar sadoqatni bilaylik sizdan.
Oh, kuy,g‘azal qaytadan tirnar yaramni, Tag‘in eslatdi u mash’um haramni… (Navoiy va boshlovchilar chiqib ketadi, qizlar va Guli kirib keladi.Qizlar qo‘lida rubob, doira bilan kelishadi) 1-qiz: Bu bog‘ni ko‘ringlar bunchalar so‘lim, Biram yayramoqda ozurda ko‘nglim. Bu gulshan kimniki, kimning bo‘stoni?! Go‘yoki yozilmish bir ishq dostoni. 2-qiz: Hali siz behabar qolibsiz Gulnoz, Bu bog‘da she’r bitmish shoirlar mumtoz. Bu gulshan bilsangiz juda xayrli, Bu sirdan ogohdir do‘stimiz Guli.
Ne g‘iybat qilursiz , mendan yashirin, Sizlarga nelarning aytayin sirin? Bu bog‘ni demishlar bog‘i safoiy, Bizni chorlamishlar ustoz Navoiy. Keling, biroz yayrab dil etaylik shod, Ustoz she’rlaridan aytishaylik yod. (Alisher Navoiy asarlari asosida qo‘shiq aytib, qizlar birgalikda raqs ijro etishadi.)
50
3-qiz: Kelinglar ,g‘azallar,ayturmiz ash’or Bahr-u bayt ayturmiz ustozdin takror. Boshlang, Guli, sizga hech kim teng kelmas. Guli: (ta’zim bilan) Bosh ustiga tinglangiz, qizlar, Munosib javobni ayting so‘ng sizlar. O‘n sakkizming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.
Download 247.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling