Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи
Download 247.9 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1 Mavzuni ta’lim jarayonida amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar
- 3.2. „Barhayot Navoiy“ Adabiy-ma’rifiy tadbir ssenariysi
43
III BOB TA’LIM BOSQICHLARI DASTUR VA DARSLIKLARIDA MAVZUNING BERILISHI 3.1 Mavzuni ta’lim jarayonida amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar O‘zbek folklori g‘oyatda boy va ko‘p qirralidir. Uning janr imkoniyatlari cheklanmagan. Xalq ommasi o‘zining hayoti, kurashi, orzu-umidlarini, falsafiy, estetik va etik qarashlarini o‘ziga ma’qul va maqbul bo‘lgan shakllarda ifodalashga harakat qilgan. Soz va sara aytishga intilish, qalb tug‘yonini qulay janr va shakllarda ifodalashga urinish, doimo va to‘xtovsiz kuylash mehnatkash xalqning bisotini mo‘l, imkoniyatlarini keng qilgan: doston, ertak, latifa, qo‘shiq, terma, bayt, ashula, maqol, matal, topishmoq, tez aytish, o‘yinlar, bolalar o‘yinlari, dor o‘yinlari, drama, fol va hokazolar xalqning dardi va xasratini, o‘yi va orzusini, shodligini, kulgisini ifoda qiluvchi vositalar bo‘lgan. Xalq orasida tarixda o‘tgan ulug‘ shaxslar, jumladan, ilm-fan, adabiyot va san’atning buyuk namoyandalari haqida ham og‘zaki tarzda ko‘plab afsona-novellalar aytilib kelgan. Xalq o‘z asarlarida ularni ardoqlagan, e’zozlagan. O‘tmishda bunday ulug‘ kishilar haqidagi afsona-novellalarni yozib olish imkoniyati bo‘lmaganligidan ko‘plari unutilgan, bizgacha ayrimlarigina yetib kelgan, xolos. „G‘azal mulkining sultoni“ bo‘lmish mavlono Alisher Navoiy haqidagi afsonalarning taqdiri ham xuddi shunday bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘zining xilma-xil voqealarga boy hayoti, sermazmun ijodi va ajoyib insoniy fazilatlari bilan hayotlik chog‘idayoq xalqning buyuk muhabbatini qozongan. Xalq shoirga atab qator asarlar yaratgan, bunday hol keyinchalik ham davom etgan. Natijada tez-tez tilga olinadigan ideal qahramonlarning biriga aylanib ketgan. Mana, besh asrdirki, xalq unga atab afsona va qo‘shiqlar to‘qib kelyapti. Sharqda hech bir san’atkor – buyuk siymo yo‘qki, u xalq qalbidan Alisher Navoiychalik keng joy olgan bo‘lsin, asarlari eldan-elga tarqalib, uning muallifi haqida shunchalik ko‘p afsona-novellalar to‘qilgan bo‘lsin. Xalqning Navoiy obraziga bunchalik qiziqishining boisi bor edi, albatta. Navoiy buyuk shoir bo‘lish bilan bir qatorda xalq baxt-saodati uchun kurashgan, butun 44
hayoti va ijodini o‘z xalqiga bag‘ishlagan, xalqni deb yashab ijod qilgan buyuk gumanist-xalqparvar inson ham edi. Shunday ekan nima uchun bu shaxs haqida afsona-yu rivoyatlar darslikda berilmasligi kerak, yoki o‘quvchilar buni o‘qimasligi kerak. Darsliklarga yuzlanadigan bo‘lsak, ko‘ramizki, Navoiy va Guli haqida rivoyat, afsonalar uchramaydi. To‘gri Oybekning «Navoiy va Guli» dostoni, Uyg‘unnig „Guli monologi“ va bir qancha maqolalar ham bor. Ammo o‘quvchilarni bu shaxslar haqida afsona- navellalar bilan qanday tanishtirsak bo‘larkin. Navoiy hayoti, faoliyati haqidagi xalq yaratgan afsonalar, rivoyatlar o‘quvchilarni yaxshilik tamon yetaklaydi. Ularning ma’naviyatini yuksaltirishda o‘z o‘rniga ega deb o‘ylayman. Shu sababli mening fikrimcha bu shaxs bilan bog‘liq bo‘lgan rivoyatlar bilan o‘quvchilarni tanishtirsak yamon bo‘lmaydi. Navoiy va Guli haqidagi rivoyatlarni darslikka kiritilishi tarafdoriman. Chunki bu rivoyatlar o‘quvchilarni yaxshi narsalardan zavqlanish, yamonlikdan nafratlanishga o‘rgatadi. Oddiy qilib aytganda buyuk shaxs haqidagi rivoyatlardan o‘zlariga xulosa chiqara oladi deb o‘ylayman. Bizga ma’lumki, o‘rta ta’lim darsliklarida ham, o‘rta maxsus ta’lim darsliklarida ham, shu qator oliy ta’limda ham Navoiy haqidagi rivoyatlarga maxsus to‘xtalmagan. Ammo men shu rivoyat, afsonalarni darsliklarga maxsus kiritilishi tarafdoriman. Sababi o‘quvchilarga Navoiy hayoti va ijodini o‘rgatishda folklor an’analardan foydalanilsa maqsadga muvoffiq bo‘lardi. Chunki bizga ma’lum folklor bu nisbatan osonroq, yanikim, o‘quvchi ongiga tez yetib borishi, tilining soddaligi, qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Folklorning shu xususiyatidan foydalanib Navoiy shaxsi, uning qanday shaxs bo‘lganligi, ijodi to‘g‘risida o‘quvchilar keng va oson ma’lumotlar berish mumkin. To‘g‘ri darsni boshdan oyoq folklorga tayanib, Navoiy haqidagi rivoyatlar bilan o‘tishni emas qisman o‘tilishi tarafdoriman. Bilamizki, akademik litsey darsligi ya’ni, birichi kursda „Xalq kitoblari“ deb nomlangan bir bo‘lim mavjud. Shu bo‘limda xalq og‘zaki ijodiga tayaniladi. Xuddi 45
ana shu bo‘limda Navoiy va Guli haqidagi rivoyat v afsonalarni alohida o‘tilishi kerak deb o‘ylayman. Yurtboshimizning hammaga ma’lum bo‘lgan shunday gaplari bor. „Biz bu zodni avliyo desak avliyolarning avliyosi, mutafkkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir. Ul zodni tanimagan, bilmagan inson, kitoblarini saqlamaydigan odam bo‘lmasa kerak.“ Xuddi shunday, bu ulug‘ siymoni tanimagan, bilmagan millat yo‘q. Shular qatori turkman xalqi ham bu zodni ijodini sevib o‘qiydi. Ko‘ngil bermish so‘zimga turk jon ham, Ne yolg‘iz turk, balkim turkmon ham. deb yozgan edi. Buyuk shoir va mutafakkir, Alisher Navoiy o‘z asarlarining turkiy va turkiy bo‘lmagan xalqlar, shu jumladan turkmanlar orasida ham ommalashganligidan mamnun bo‘lib. Darhaqiqat, Alisher Navoiy asarlarining shuhrati va ta’sir doirasi buyuk shoirning hayotlik chog‘laridayoq nihoyatda katta bo‘lgan, ayniqsa, turkman xalqi o‘rtasida ham sevib o‘qilgan. Bundan xabardor bo‘lgan Navoiy „Farhod va Shirin“ dostonining oxirgi bobini yakunlar ekan, o‘z asarlarining „Xitodin to Xuroson“gacha bo‘lgan „turk ulusi“ arasida ancha mashhur bo‘lganligini qoniqish bilan yozgan edi. Turkman folkloriga nazar solsak, Navoiy vaGuli haqidagi rivoyatlar ham bisyor. Navoiy haqidagi o‘zbek va turkman xalqi rivoyatlarini solishtirib ko‘rilsa o‘xshashlik bor. Bir-biriga yaqinlik yaqqol ko‘rinadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, faqat o‘zbek folklorida yaratilgan Navoiy obrazini emas, turkman folkloridagi Mirali obrazini ham, shu o‘rinda Sulton Suyun o‘brazini o‘quvchilarga tanishtirilishi tarafdoriman. Navoiy haqidagi rivoyatlarni yana darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham o‘tsa bo‘ladi. Navoiy haqidagi „Dono Alisher“ deb nomlangan rivoyatdan o‘quvchilar har kim o‘z kasbini qilishi kerakligini shundagina kimlargadir foydasi tegishi mumkinligini tushunib olishlari, xulosa chiqarishlari mumkin. 3.2. „Barhayot Navoiy“ Adabiy-ma’rifiy tadbir ssenariysi 46
Har bir xalq adabiyotini yuksak cho‘qqilarga ko‘taradigan daho ijodkorlar bo‘ladi. Ularning ijodiyoti qancha vaqt, zamon o‘tmasin,hech qachon eskirmaydi va millatni ruhlantiradigan g‘oyaviy- badiiy qimmatini aslo boy bermaydi. Alisher Navoiy xuddi shunday buyuk ijodkorlardan hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganidek, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Shuning uchun ham mutafakkir shoir ijodiyotini o‘rganish va o‘rgatish bevosita millat tarixi, madaniyati, badiiy zavqi, ruhiyat va urf-odatlarini chuqurroq bilishga keng yo‘l ochadi. Shoir ilgari surgan g‘oyalar o‘zlikni anglash, shaxs axloqi va kamolotiga xizmat qilar ekan, uning asarlarini o‘qib o‘rganish, o‘rgatish, targ‘ib-u tashviq qilish bugungi kunda ham muhim va zaruriy masala hisoblanadi. Biz-murabbiylar mutafakkir shoirning quyoshdek porloq shaxsiyatini farzandlarimizga ibrat o‘laroq, asarlarini esa hikmat sifatida doimiy ravishda o‘rgatib borishimiz zarur. Adabiyot fanida ijodkorlarning hayiti va faoliyati bilan tanishish dars jaroyonida yangicha usullarda, turli texnik ko‘rgazmalar vositasida amalga oshirilsa, o‘quvchilar bu borada kerakli bilim va malakaga ega bo‘lishadi. Darsdan tashqari tashkil etilgan turli adbiy-badiy tadbirlar esa o‘sha bilimlarning yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda dars jarayonida olingan bilimlardan tashqari badiiy- kompozitsion tadbirlar ham muhim o‘rin tutadi. Bunday tadbirlarda o‘quvchilar Alisher Navoiy siymosini jonlantirish orqali bu zotning qalbini tushunadilar hamda mutafakkir shoir asarlaridan bahramand bo‘ladilar. Alisher Navoiyning ma’naviy xazinosidan bahra olgan har qanday ko‘ngil esa ilm-u ma’rifatning qudratidan quvvat topib,butunlik tomon, yuksaklik, kamolot sari olg‘a intilishi shubhasiz. Quyida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan o‘tkazaladigan namunaviy tadbir ssenoriysi mushtariylar e’tiboriga havola qilinadi.
47
Zal bayramona bezatilgan bo‘lib, mayin musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi. Download 247.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling