Ражаббоева М. Навоий ва Гули образи


Download 247.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana02.01.2022
Hajmi247.9 Kb.
#201343
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
navoiy va guli obrazi ozbek va turkman folklorida

1-boshlovchi: 

Bu salom qahr-u g‘azabning otashini to‘xtatar, 

 Fikr etsa gar hayollar shavqatini uyg‘otar 

Kimda bo‘lsaki saxovat,qalbi toshdir yumshatar, 

Do‘stidin begonalar ko‘ngliga isloh o‘rnatar,  

Mo‘tabardur bu ulug‘ xayr-u saxovat,assalom. 



2-boshlovchi: 

Bu salomdin yetgusidir dilga shodlik har zamon, 

Ketgay illatkim bashardin, kelgusi qalbga imon,  

Do‘st ila dushman arose bu so‘zla qolg‘usi omon, 

Aql-u adab barchasi shunda bo‘lgusi nishon, 

Mo‘tabardur bu ulug‘ xayr-u saxovat,assalom. 



1-boshlovchi: 

Assalom alaykum, qadrli ustozlar!  



2-boshlovchi: 

Assalom alaykum,ilm-u marifat shaydolari,aziz o‘quvchilar. 



1-boshlovchi: 

Atoqli yozuvchi Abdulla Qodiriy iborasi bilan aytganda, „Moziyga qaytib 

ish ko‘rish xayrlik“ deya bobokalonimiz Alisher Navoiy siymosini xotirlab 

ko‘ngillarni ul zot yodi ila munavvar etsak. 



2-boshlovchi: 

Ha, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, tarixni 

o‘rganmay turib kelajakni qurib bo‘lmaydi. Shu bois o‘zbek adabiy tili  asoschisi, 

adabiyotimizning zalvorli ustuni bo‘lgan Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodini 

o‘rganmog‘imiz hamda ul zitning bebaho o‘gitlarini hayotimizga dasturulamal 

etmog‘imiz lozim. 

(Musiqa chalinadi va sahnaga Navoiy siymosini gavdalantirgan o‘quvchi 

kirib keladi.) 




 

48 


Navoiy: 

Bugun sizga havas bilan boqib yiroqdan,  

Farhodlarim,bahromlarin ko‘rarman bot-bot, 

Men istagan va izlagan zamonlar kelmish, 

Sizga bo‘lsin bu hur zamon mangu, umrbod. 

Asli qalbning qaynog‘idir ilm va urfon, 

Ko‘rdim bu kun fanlar siri qalbingizda jo.  

Bilim bilan ravshan eting hayotingizni, 

Kamolingiz tilab ko‘kda aylayin duo. 


Download 247.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling