Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizdan ko‘zlangan asosiy
maqsad o‘zbek-turkman, turkman-o‘zbek adabiy aloqalari, jumladan folklori
hamkorligiga qarab o‘rganilgan sohalarini o‘rganadi. Alisher Navoiy ijodining
turkiy xalqlar, xususan, turkman adabiyotidagi mavqeini izohlash, qolaversa,
Alisher Navoiy ijodining o‘zbek- turkman adabiy aloqalarini rivojlantirishdagi
bevositachilik ro‘lini ko‘rsatishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi. Ishimizdan ko‘zlangan, oldimizga qo‘yilgan vazifa
Alisher Navoiy haqida turkman xalqi orasida keng yoyilgan afsona va rivoyatlarni
tahlil qilish. Shu orqali Alisher Navoiyning ilg‘or g‘oyalarining xalq ommasi
orasiga kirib borishini tahlil qilish. Shoirning adabiyotparvarlik, tinchlik,
vatanparvarlik va boshqa hislatlarining afsonalar orqali xalq orasiga kirib borishini
sherhlash, tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti. Bitiruv malakaviy ishimizga asosan o‘zbek va
turkman xalq og‘zaki ijodida Alisher Navoiy haqidagi yaratilgan rivoyat, afsonalar
tadqiqot obyekti qilib olindi. Oybekning „Guli va Navoiy“ dostoni, „Dono
Alisher“ kitobi, turkman tilida chop etilgan „Navoiy va Sulton Suyun“ to‘plamlari,
shu bilan birga o‘zbek adabiyotshunasligida o‘zbek-turkman adabiy aloqalariga
doir ilmiy ishlar ham shu vazifani bajardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |