Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy yangiligi
shundan iboratki, mavzu garchi oldin alohida tadqiqot obekti bo‘lgan bo‘lsa-da, u
ishlarda mavzu biroz kengroq shaklda edi, umumiy xususiyat kasb etardi.Biz
mavzuni, konkret misollarda tahlil qilishga harakat qildik. Shoir haqidagi Navoiy
va Guli, Navoiy va Husayn Bayqaro mavzulari shuningdek, Oybekning „Navoiy
va Guli“ dostoni ilk marotaba ishda tahlilga tortildi. Ishimizda undan parchalar
berildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy
ishimiz o‘zbek-turkman adabiy aloqalarining bir yo‘nalishiga bog‘ishlangan.
Mavzumizning materiallari adabiy aloqalarimizga xizmat qilishi mumkin. Alisher
Navoiy ijodi o‘rganilganda shoir ijodining chet ellarda ham mashhurligi haqida
muayyan tassavvur beriladi. Ishimizdagi materiallar amaliy ahamiyat kasb etadi
degan umiddamiz.„Navoiy va turkiy xalqlar adabiyoti“ haqida so‘z yuritilganda
shoir haqida Turkmanistonda yaratilgan afsona va rivoyatlarning axamiyati haqida
ma’lumot olish mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Bitiruv malakaviy
ishimizning natijalaridan umumta’lim maktablarida, kollej va litseylarda, oliy
o‘quv yurtlarida Alisher Navoiy ijodi o‘rganiladigan jarayonlarda foydalanish
mumkin. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi yoki Navoiy va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi
mavzulari o‘rganilganda yoki o‘zbek-turkman adabiy aloqalari, har ikki xalq
folklorining o‘zaro aloqalari o‘rganilganda bitiruv malakaviy ishimiz amaliy
ahamiyat kasb etishi mumkin deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |