egallash yo’llarini o’quvchi-talabalarga ko’rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda
bunday bilimlarga ega bo’lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O’qituvchining faoliyati tufayli
ta‘lim puxta uylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga
aylanib, kutilgan natijalarni beradi.
Ta‘lim jarayoni ikki faoliyat - o’qituvchi va o’quvchi (talaba) larning birgalikdagi faoliyatini
o’z ichiga oladi. Demak, ta‘lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega, chunki unda ikki tomon
o’qituvchi va o’quvchi qatnashadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonini tashkil etish uchun o’quv
materialini tanlaydi va ta‘limni tashkil etish yo’llarini belgilaydi. U ta‘lim jarayonida o’quvchi
(talaba) faoliyatini boshqaradi va rahbarlik qiladi. O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo
u ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsiplarni
qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. O’qituvchining faoliyati ta‘lim jarayonining tashqi
tomonini tashkil qiladi, chunki u o’qitadi, ta‘lim beradi.
O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e‘tiborli
qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi. Bularni amalga
oshirish esa o’qituvchining xilma xil faoliyatiga bog’liq: yoshlarni o’qitish, maktabdan va sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot
ishlarni tashkil eta bilish xamda o’tkazish va hakozo. O'qitish jarayoni ikki faoliyatni ya'ni
o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchi faoliyati o'quv materiallarini bayon
qilishdan, o'quvchilarda fanga qiziqishni tarkib topdirishdan, ularning mustaqil ishlariga,
ko'nikmalarni hosil qildirish, ularni tekshirish, o'qishga xohishini uyg'otish, rag'batlantirish kabi
butun faoliyatini xolis baholashdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.Xasanboyev, X.To’raqulov, I.Alqarov, N.Usmonov Toshkent-2011 yil
2. Karimova V.M. Psixologiya. T.: SHarq, 2000. -256b.
3. Ivanov P.I., Zufarova M.E. “Umumiy psixologiya” T.: O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2008. -480b.
4. F.Abduraxmonov, Z.Abduraxmonova, J.Xalmuratova “Pedagogika
Psixologiya” Toshkent-2015 yil
E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |