1) Kuzatish usuli; 2) suhbat usuli;
3) Adabiyotlar bilan ishlash usuli; 4) Test, so’rovnomalar usuli;
5) Maktab hujjatlarini o’rganish; 6) Eksperiment, sinov usuli;
7) Matematik metod; 8) Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish usullari;
Kuzatish - o’rganish lozim bo’lgan pedagogik hodisani ma‘lum maqsad nuqtai nazaridan
kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish ob‘ektiga oid
bo’lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi
Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash
uchungina emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida
amalga oshiriladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatlarini, balki ularning ilmiy
dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini
aniqlaydi hamda ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar ta‘siri natijasida pedagogika fani
mazmunining boyishiga sabab bo’ladi.
Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri
ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab
o’qituvchilari va o’quvchilari jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka hamda
guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja
tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga
kelinadi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qullaniladi.
Suhbat olib borishda tadqiqotchi quyidagilarga e‘tibor berish kerak:
Suhbat uchun oldindan savol tuzish.
Vaqti va o’tkazish joyini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |