Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning klassifikasiyasi Reja


Dastur bo'yicha boshqariIadigan metall kesuvchi stanoklar


Download 27.28 Kb.
bet3/4
Sana09.04.2023
Hajmi27.28 Kb.
#1344682
1   2   3   4
Bog'liq
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning klassifikasiyasi

Dastur bo'yicha boshqariIadigan metall kesuvchi stanoklar
Metall kesuvchi stanoklarda avtomatik tarzda ishlov berish uchun stanok ishchi organlarining aniq dastur bo'yicha belgilangan suri-lishlari oldindan ko'rsatilgan tartibda bajarilishi zarur. Yarim avtoma-tik va avtomatik sikl bo'yicha ishlaydigan stanoklarda harakatlarni av-tomatlashtirish turli kulachoklar, kopirlar, barabanlar, shablonlar va shu kabilarni qo'llash orqali amalga oshiriladiki, ular shunday das-turga ega bo'lgan manba funksiyasini bajaradilar. Bunday boshqarish yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hozirgi paytdajahonda barcha mashinasozlik mahsulotining de-yarli 75% mayda seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoiti-da tayyorlanadi. Bunday sharoitda detallarga mexanik ishlov berishjara-yonlarini odatdagi avtomatik uskunalar (avtomatlar va yarim avtomat¬lar, avtomatik liniyalar va boshqalar)dan foydalanib avtomatlashti-rish maqsadga muvofiq kelmaydi, chunki texnologikjihozlarni tayyor-Iash ko'p sarfga tushadi hamda ularni sozlash katta mehnatni talab etadi.
Mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarga mexanik ishlov berishni avtomatlashtirishning asosiy yo'li—raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklarning qo'llanishidir.Raqamli dasturbo'yicha boshqarish (RDBB) stanok ishchi organlarining zarur bo'lgan hara-katlarini, detaining ishlov o'tish siklini, kesish rejimlarini, yordamchi funksiyalarni ta'minlaydi. Stanok ishining dasturi raqamlar ko'rinishida beriladiki, bu dastur shartli til (kod)da dastur obyekti (perfotasma, magnit tasmasi, magnitli disk)ga o'tkaziladi yoki magnitli xotira blokiga kiritiladi, ya'ni detalga ishlov berish bo'yicha barcha boshlang'ich axborot simvollarga aylantiriladi va ishlov berishning raqamli modeli yaratiladi. Stanokning boshqarish qurilmasida bu axborot «o'qiladi», signallarga aylantiriladiki, ular endi stanokning bajaruvchi organlari-ni boshqaradi.RDBB stanoklar stanok mexanik elementlarini almash-tirmasdan yoki qayta sozlamasdan dasturni almashtirish orqali qayta sozlanadi.
RDBB stanoklar avtomatlashtirishning yuqori darajasida ularni qayta sozlashning keng imkoniyatlariga ega. Zamonaviy RDBB quril-malarining keng imkoniyatlari tufayli ularni elektron hisoblash mashi-nalari (EHM)dan boshqariladigan umumiy sistema tarkibiga kiritish mumkin, bu esa RDBB stanoklaridan keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida, shu jumladan avtomatik liniyalar sistemasi tarkibida foy-dalanishni maqsadga muvofiq qiladi. So'nggi yillarda RDBB stanoklar mini-EHM asosida ishlaydigan boshqarish qurilmalari bilan komplek-tatsiya qilinmoqda. EHMdan boshqariladigan avtomatlashtirilgan uchastkalar va avtomatik liniyalar yaratilmoqda.
Zamonaviy RDBB stanoklari zagotovkalarni yuklash, tayyor de-tallarni bo'shatish va ularni transportirovka qilish maqsadlarida sanoat robotlari bilan jihozlanmoqda.
RDBB stanoklarning yanada takomillashgan turlari sifatida robot-lashtirilgan texnologik komplekslar (RTK) va qayta sozlanuvchi ishlab chiqarish modullari hamda ularning asosida qayta tez va oson sozla-nuvchi sistemalar yaratildi.

Xulosa
Hozirgi zamon mashinasozligida turli yarim avtomatik va avtoma¬tik stanoklar keng qo'llaniladi. Mashinasozlikda avtomatlashtirish dara-jasini yanada rivojlantirish bosqichi—bu metall kesuvchi stanoklar-dan avtomatik liniyalar va ular asosida avtomatik sex va korxonalar yaratishdir.
Avtomatlashtirilgan Hniya—bu texnologik uskunalar majmuasi bo'lib, ular ishlov berish texnologik jarayoni ketma-ketligida o'rnatilgan va mexanizatsiyalashgan transport vositalari hamda yuklash qurilmalari bilanjihozlanagan va ularning barchasiga operatorlar xiz-mat ko'rsatadilar.


Download 27.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling