Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha quyidagi bir qancha misollar keltirish mumkin: Ebay, Amazon, Google, Facebook, Yahoo!, Yandex, Alibaba, You Tube, вконтакте, Skype va yana boshqa loyihalar


Download 71.52 Kb.
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi71.52 Kb.
#1174110
  1   2   3   4   5
Bog'liq
15.Raqamli elektron biznes qanday tashkil qilinadi.


3.2.Raqamli elektron biznes qanday tashkil qilinadi va boshqariladi.


Reja:


3.2.1.Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo‘yicha misollar.
3.2.2.Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar. Elektron biznesni moliyalashtirish usullari.
3.2.3.Elektron biznesni riojlantirish strategiyasi.
3.2.4.O‘zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlantirish tendensiyalari. 3.2.5.O‘zbekiston aqlli qishloq xo‘jaligi konsepsiyasi.
Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha misollar
Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha quyidagi bir qancha misollar keltirish mumkin: Ebay, Amazon, Google, Facebook, Yahoo!, Yandex, Alibaba, You Tube, ВКонтакте, Skype va yana boshqa loyihalar. Elektron biznes tashkil qilishni maqsad qilgan ekansiz, avvalo ushbu kompaniyalar orasida qanday umumiylik borligini bilib olishingiz kerak bo’ladi. Elektron biznes tashkil qilishning muvaffaqiyati - eng birimchi qadam qanday bo’lgani bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Eng avvalo, shuni ta’kidlashimiz zarurki, bunday kompaniyalarni tashkil qilganlar matematika, fizika va dasturlash fanlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar bo’lganlar va o’zlariga shunchalik ishonganlarki, ish jarayonida ro’y bergan qiyinchiliklar va bir qancha muvaffaqiyatsizliklar ham ularni bu ishdan chalg’ita olmagan. Hozirgi davrda ularning nomlari You Tube (Stiv Chen, Ched Xerli va Djaved Karim), Alibaba Group (Djek Maa), Google (Larri Pedj va Sergey Brin), Yahoo! (Djerri Yang va Devid Filo), Facebook (Mark Tsukerberg), Amazon (DJerri Yang), Whats App (Brayan Ekton va Yan Koum), Yandex(Arkadiy Voloj va Il’ya Segalovich), VKontakte (Pavel Durov) barchaga ma’lim va mashxurdir. Biznesning keyinchalik rivojlanishi unga Margaret Uitman(Amazon), Djon Donax’yu (eBay) va Erik Shmidth (Google) kabi bir qancha tadbirkor va boshqaruvchilarning jalb qilinishiga olib kelgan. Ba’zi paytlarda qandayidr masala va muammolarni hal qilish uchun ishlatilgan bir g’oya yoki yechim ham katta biznesning boshlanish nuqtasi bo’lib qolishi mumkin. Bunga misol sifatida YouTube ni keltirishimiz mumkin. Uning asoschilari katta hajmli videorolikni o’z tanishlariga uzatishda muammolarga duch kelib qolganlar va bu
muammoni hal qilish uchun dastur, interfeys va dizayn tashkil qilganlar. Bunday
ishlar video ishqobozlari uchun juda ham kerakli ekanligini bilib qolganlaridan so’ng esa, g’oyalarining tadbiqi sifatida YouTube ijtimoiy tarmog‘ini yaratganlar va natijada biznesda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Bunday ko’pchilik kompaniyalarning bir necha bozor segmentlarida bo’lishi ularning xususiyatlaridan biridir. Masalan, oldin eBay kompaniyasi bozorning C2C segmentida ishlab turib, keyinchalik B2C segmentiga o’tib ketgan va bu bilan o’z raqobatbardoshliligini
ancha oshirishga erishgan. Ko’pchilik kompaniyalar bozorga chiqishda foydalanuvchlarni jalb etish maqsadida ma’lum vaqt davomida o’z servislarni
tekinga ishlatish imkoniyatini taklif etadilar. Masalan, eBay kompaniyasi (1997 yilgacha uning nomi AuctionWeb bo’lgan) o’z faoliyatining boshlang’ich davrida tekinga ishlab berib, AQSH dagi eng ommabop elektron kim oshdi savdo tizimiga aylangan. Keyinchalik eBay sotuvchi lotining 6%i darajasidagi komission to’lov miqdorini kiritgan. Boshqalar uchun esa eBay da ishtirok etish tekinligicha qolgan.
Hozirgi paytda esa sotuvchi uchun mahsulotni eBay da joylashtirishning uch xil imkoniyati mavjud: kim oshdi savdosi qoidalariga muvofiq, ko’rsatilgan baho asosida va reklama ma’lumoti sifatida. Raqamli biznes tashkil qilish uchun pullarni qaerdan olish kerak? - degan muammoni ham to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. Pul topgandan so’ng esa biznesni to’g’ri boshqarish muammosi ko’ngalang bo’lib turadi. Boshqarish uchun kadrlarni esa qaerdan topish mumkin? – bu kabi savollarga quyida javob topishga harakat qilib ko’ramiz.
Hozirgi paytda Startup degan atama juda ham mashxur bo’lib ketdi. Bu atamaning bri qancha aniqlanuvlari bo’lib, ulardan biri startap ni katta noaniqliklar
sharoitida tezkorlik bilan rivojlana oladigan, tashqi sharoitla rga moslasha oladigan
(ya’ni masshtablashtirila oladigan) biznes-model topish jarayoni deb tushuntiradi.
Tushunrli va aniq biznes model topilib, tashkil etilib va natijalar olinganidan so’ng,
uni endi biznes deb nomlanadi. Startapning rivojlanishi uch bosqichga bo’linadi:
startap haqidagi gipotezaning paydo bo’lishi, startapni testlashtirish jarayoni va startapni ishga tushirish jarayoni. Gipoteza deb nomlangan birinchi bosqichda ushbu startap taklif etayotgan mahsulot yoki hizmatga talabning bor yoki yo’qligi va talabning qanday miqdordaligi aniqlanadi. Testlashtirish bosqichi esa uning hayotiyligini va uning vositasida biznes tashkil qilish mumkinligini aniqlashni o’z ichiga oladi (ya’ni, mijozlarni jalb qilish uchun ketadigan harajatlar startap tufayli keladigan daromaddan ancha kam bo’lishi lozim). Startapni ishga tushirish jarayoni bosqichi esa mijozlarni ko’paytirish, biznes jarayonarni optimallashtirish va investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlarini topishni o’z ichga qamrab oladi.
Bunda tadbirkor oldida turgan asosiy vazifa, hayotiy biznes-model topish bo’ladi.
Huddi shu uchunchi bosqichda biznesda ishlaydiganlarning mansab instruktsiylari
paydo bo’ladi, ishning taqsimlanishi amalga oshadi va biznes jarayonlar esa ancha
tushunarli bo’lib qoladi.
Endi biznesga muvaffaqiyatni ta’minlab beradigan shartlarni va innovatsion kompaniyaning hayotiy tsiklini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Har qanday kompaniyaning hayotiy tsikli quyidagi bosqichlardan iborat:
Biznesning yaratilishi va ishga tushurilishi bosqichi – bunda qanday mahsulot ishlab chiqarilishi hal qilinadi, bozorning tahlili amalga oshiriladi, biznes qanday tashkil qilinishi masalasi hal qilinadi, kompaniyaning nomi qanday bo’lishi va shunda o‘xshash bir qancha masalalar hal qilinadi;
Kompaniyaning o’sish bosqichi – bunda kompaniya bozorga chiqishni boshlaydi va uning faoliyati to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar olinadi;
Biznesning voyaga yetishi bosqichi – bunda kompaniya o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erisha boshlaydi, umimg mahsuloti bozorda kerakli bo’lib qoladi va
kompaniya bozorda o’ziga mos bo’lgan joyni egallab oladi;
Kompaniya biznesining stabillik bosqichi – kompaniya o’z oldiga qo’ygan
maqsadlariga osonlik bilan erisha boshlaydi, doimiy haridorlar yoki foydalanuvchilar guruhiga ega bo’ladi, boshqaruv esa katta darajadagi markazlashmaganlik bilan xarakterlanadi. Ammo agarda kompaniya o’z mahsuloti
yoki hizmatini mukamallashtirish va biznesni ilgari surish bo’yicha hech qanday ishlar qilmasa, u keyingi, pasayish va biznesni yo’qotish boqichiga o’tib qolishi ham mumkin bo‘ladi.
Quyida innovatsion kompaniyaning rivojlanish bosqichlari grafik tarzda keltiriladi:
Foyda
Biznes-farishtalar, Bank kreditlari va bevosita investitsiya fondlari
„Ekuvchi“ investorlar,
„Ekuvchi“ fondlar,
Davlat fondlari, Boshlang’ich Kengayish yoki oraliq Bozorga SPO
grantlar, venchur fondlar o’sish davri davri chiqish
davri
Seed ekish Seed ishga IPO
tushirush
Zararsiz ishlash nuqtasi
O’lim maydoni
Vaqt
Zarar
Bu yerda IPO – Initial Public Offering – kompaniyaning aktsiyalarini boshlang’ich bozorda joylashtirish, SPO esa - Secondary Public Offering -kompaniyaning aktsiyalarini ikkilamchi bozorda joylashtirish. Shunday qilib,
innovatsion kompaniyalarning hayotiy tsikli bir qancha davrlardan iborat b o‘lar ekan, ya’ni, o’lim maydoni, boshlang’ich o’sish, kengayish, oraliq davr, IPO va SPO lar. O’lim maydoni innovatsion kompaniya hayotiy tsiklining eng murakkab, boshlang’ch davri bo’lib, unda kompaniya ishni yo’lga qo’yish, mahsulot ishlab chiqarish, bozorni egallash kabi bir qancha harajatlar qilib, foyda hali olinmagan bo’ladi. Bunda loyihadan voz kechishga ancha kech bo’lib qoladi, chunki loyiha uchun juda ko’p moliyaviy mablag’lar, vaqt va kuch sarf qilingan bo’lib, muvaffaqiyatga bo’lgan ishonch hali so’nmagan bo’ladi. Startaplarda kuzatiladigan o’lim maydoni uning boshqa bosqichlarida ham yuzberishi mumkin, shu jumladan, ekish (seed) bosqichida, ishga tushirilish (startup) bosqichida, boshlang’ich o’sish (early gorwth) bosqichida. O’lim maydonining paydo bo’lish sababi, tadbirkorlar va investorlarning ko’pchilik xollarda biznesdan tezda foyda olishga bo‘lgan intilishlari bilan bog’liq bo‘ladi. Ayniqsa, mansulotning boshlang’ich prototipidan tijoriy mahsulotga o’tish davrida o’lim maydonidan o’tish muammosi paydo bo’ladi. Eng murakkab ishlardan biri 10 ming dollardan 50 ming dollargacha bo‘lgan pul aylanmasiga erishishdir - deyishadi bu soha bo’yicha mutahassislar.
Biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy mablarlar jalb qilishning sinovdan o’tgan
usullaridan fond birjasiga kompaniya aktsiyalarini chiqarish bilan bog’liq IPO va
SPO larni keltirishimiz mumkin.
Raqamli biznes bilan shug’ullanadigan kompaniya tashkil qilishda
tadbirkorlar uchun eng muhim ishlardan biri qimmatga ega bo’lgan tadbirkorlik taklifini (g’oyasini) ishlab chiqishdir. Bunday qimmatga ega bo’lgan taklif ishlab chiqishning quyidagi mexanizmini ko’rib chiqish mumkin:
10. Kompaniya uchun qanday taklif qimmatga ega bo’lishi mumkin? Bu taklif kompaniya mijoziga qanday afzalliklar berishi mumkin? Bu taklif mijozning qanday muammosini hal qilib berishi mumkin? Bozorning har bir segmentiga kompaniya qanday hizmet yoki tovarlar yetkazib berishi mumkin? Kompaniyaning yangi mahsuloti yoki hizmati mijozning qanday talablarini qondira oladi? Bu savollarga javoblar tariqasida quidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: mahsulot yoki xizmatning yangiligi, zakaz bo’yicha tayyorlanib berishligi, unikal dizayni, risklarni kamaytirishi, sarf-harajatlarni kamaytirishi va qulayligi.
11. Kompaniya kim uchun qimmatga ega bo’lgan taklif berayapti: ommaviy bozor
uchun, kompaniya bozorining bir qismi uchun, bozorning biror bir segmenti uchun,
ko’p profilli korxona sifatida yoki ko’p profilli platforma sifatida ish olib borishga
imkon beradi. Masalan, 2006 yilda Amazon kompaniyasi chakana sektorni
diversivikatsiya qilish maqsadida „ma’lumotlarni bulutli usulda ishlash“ ni (cloud
technologies) taklif qild.i Bu esa unga absolyut yangi iste’molschilar sektori –web-kompaniyalar bilan ishlashga imkon yaratdi va u bu yo’nalishda katta
muvaffaqiyatlarga erishdi. Kompaniya hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida u birgina masalani – qanday qilib qo’shimcha moliyalashtirish manba’larini topish mumkinligini hal qilishga intiladi. Chunki u oldin mahsulot yoki hizmatni yaratish uchun pul sarf qilsa, endi uni mukammallashtirish va kompaniyani rivojlantirish uchun harakat qiladi.

Download 71.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling