Raqamli elektron biznesni tashkil qilish bo’yicha quyidagi bir qancha misollar keltirish mumkin: Ebay, Amazon, Google, Facebook, Yahoo!, Yandex, Alibaba, You Tube, вконтакте, Skype va yana boshqa loyihalar
O’zbekiston aqlli qishloq xo’jaligi kontseptsiyasi
Download 71.52 Kb.
|
15.Raqamli elektron biznes qanday tashkil qilinadi.
O’zbekiston aqlli qishloq xo’jaligi kontseptsiyasi
Hozirgi raqamli inqilob va ko’pchilik sohalarning raqamli transformatsiyasi davrida insoniyat faoliyatining bacha sohalarida global miqyosda raqamli texnologiyalarning gurkirab rivojlanishi kuzatilmoqda. Bu borada albatta O’zbekiston Respublikasining qishloq ho’jaligi ham chetda qolayotgani yo’q albatta. Misol sifatida bu sohada qaqul qilingan Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qaqorlarini [1- 3] va bu bilan bog’liq bo’lgan bir qancha chora-tadbirlarni ko’rsatishimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyot va bu bilan bo’gliq bo’lgan muammo va masalalar bir qancha kitoblarda [4,6] va maqolalarda ham [5,7-8] batafsil yoritilgan. Umuman aytganda, aqlli qishloq ho’jaligini amalga oshirish mumkinmikan? Bu savolga o’ziga hos javob tariqasida hayotdan olingan real misollarni keltirishimiz mumkin: Oklend shaxridagi DJI Ferntech kompaniyasi muhandislari DJI Mavic 2 Enterprise deb nomlangan standart dronga itga o’xshab xuradigan ovoz chiqargich o’rnatishdi va unda tovush chiqarish funktsiyasini tadbiq etdilar. Mahalliy fermerlar raqamli texnologiyaning bu yangiligini darhol qabul qildilar va uni ishga tushirdilar va bu butun in ternetda katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Quyidagi tasvirni faraz qilib ko’ring: sigirlar podasi tinchgina o’tlab turgan edi, birdan yoqoridan uchib kelgan drondan itlarning xurishi eshililib qolindi. Buni eshitgan sigirlar darhol o’zlarini chetga ola boshladilar va yo’nalishlarni fermer ixtiyoriga ko’ra o’zgartiradilar. Fermer esa uyida kofe ichib o’tirgan xolda uchuvchisiz qurilma, ya’ni, dron yordamida podani boshqaradi va sigirlarni kerakli joyga yoki o’tloqqa yo’naltiradi. Ko’pchilik rivojlangan mamalakatlar qishloq xo’jaligida aniq geopozitsiyalashish, qishloq xo’jalik texnikasi parkining kompleks boshqariluvi va raqamli texnologiyalardan foydalangan xolda yer resurslaridan kompleks foydalanish tarmoq standartlariga aylana boshlayapti. Ammo qishloq x o’jaligini tarmoqlararo o’rganish agrosanoatda raqamli inqilobga xali ancha muddat borligini ko’rsatmoqda. Ushbu maqolada raqamli agrotexnika rivojlanishiga turtki berish ma’nosida O’zbekiston Respublikasi agrotexnologiyasini rivojlantirish rejalariga tayangan xolda, raqamli qishloq xo’jalik jarayonlarining asosiy ko’rsatgichlari va rivojlanish yo’nalishlari baholi-qudrat yoritilgan. Bu yerda raqamli qishloq xo’jalik texnologiyalari AgTech yordamida o’simliklarning rivojlanishini nazorat qilish va boshqarish bo’yicha takliflar hamda ekologik jihatdan havfsiz robotlashtirilgan raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati va uning ta’siri ko’rib chiqilgan. Bunday texnologiyalar iqtisodiy jihatdan to’la boshqarila olinadigan, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan va ob-havo sharoitlairga bog’liq bo’lmagan xolda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish imkonini beradi. Undan tashqari, maqolada uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar (dronlar) dan va raqamli texnologiyalarning dasturiy-texnik vositalaridan foydalangan xolda texnik vositalarni aniq navigatsiya qilish hamda qishloq xo’jalik jarayonlarini maqsadga muvofiq ravishda boshqarish masalalari ham muhokama qilinadi. Shu jumladan, GPS yoki Glonassdan foydalanish imkoniyatlari, qishloq xo’jalik jarayonlarini raqamli usulda monitoring qilish va baholash, qishloq xo’jalik mahsulotlaridagi kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni tashkil qilish masalalari ham imkoniyat darajasida ko’rib chiqilgan. Uchuvchisiz apparatlar yordamida qishloq xo’jalik ekinlarini masofaviy usulda tashxis qilish imkoniyalatlari ham yangi trendlar sifatida ko’rib chiqilgan. Maqola so’ngida yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda mamlakat qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish maqsadida agrosanoatni raqamli transformatsiya qilishdagi eng birinchi navbatdagi masalalar aniqlab chiqilgan. Shu jumladan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, joylash, savdo tarmoqlariga yetkasib berish, o’simliklarning xolati haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash, o’simliklar rivojlanishi uchun optimal sharoitlar yaratish uchun xizmat qiladigan dasturiy-texnik vositalar, texnologiyalar va universal modullar yaratish masalalari ham ko’rib chiqilgan. Endi aqlli qishloq xo’jaligi nima ekanligini tushuntirib o’tishimiz mumkin: Aqlli qishloq xo’jaligi qandaydir turlardagi kompleks intellectual tizim (masalan, sun’iy intellekt (AI), virtual voqe’lik (VR) yoki to’ldirilgan reallik (AR), IoT –buyumlar interneti, neyron tarmoqlar va boshqalar) bo’lib, u avtomatlashtiril gan rejimda biror bir xududning tuprog’i xolati, yer usti va osti xolati, suv resurslari, xovoning holati kabi ma’lumotlarni avtomatik ravishda yig’adi, tahlil qiladi, qayta ishladi, yangilaydi, modellashtiradi va bular asosida optimal yechimlar topib beradi (buni adaptiv-landshaft yechimlar deb ham ataladi). Bu optimal yechimlar sirasiga qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishni, turli xildagi o’simliklar uchun kerakli bo’lgan maydonlarni ajratishni, almashlab ekishni tartibga solishni, ekinlarga ishlov berish agrotexnologiyalarini, yer maydonlarini va ularning xolatini avtomatik ravishda baholashni, kadastr baholov va monitoringni, qishloq xo’jalik ekinlarining xolatini nazorat qilishni va baholashni, yer resurslaridan foydalanish samaradorlinini aniqlashni, agrotexnologiyalarning atrof muhitga va ishchi-xizmatchilarga ta’sirini kiritish mumkin. Qishloq xo’jaligida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonini quyidagi soddalashtirilgan chizma vositasida tasvirlashimiz mumkin: Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasida va jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uch asosiy bosqichini ajratib ko’rsatishimiz mumkin: 1. Pilot texnologiyalar bosqichi –qishloq xo’jaliida geopozitsiyalanish texnologiyalarini tadbiq eta boshlash, qishloq xo’jalik ekin maydonlarning monitoringini raqamli texnologiyalar vositasida keng miqyosda yo’lga qo’yish, Qishloq xo’jalik texnikasining xolatini avtomatlashtirilgan usullarda kuzatishni amalga oshirish; 2. Agrotexnologiya bozorining to’yinishi–hozirgi davrda jahon miqyosida raqamli texnologiyalarning va bu soha bo’yicha tarmoq standartlarining soni ko’payib, kritik hajmg ayetib qoldi. Qishloq xo’jalik mashina va uskunalarining barcha yirik ishlab chiqaruvchilari o ’z mashina va uskunalarining ishlatilishini optimallashtiradigan yechimlar va dasturlar taklif qila boshladilar. Ekinlar va yerlarga aniq ishlov berish bo\yicha bir qanvhayechimlar mavjud. Mamlakatimizdagi qishloq xo’jaligi bo’yicha mutaxassislarushbu barcha texnika va texnologoyalarni o’zlashtirib olishlari va buyo’nalishdagi bir qancha muhim masalalarni hal qilishlari lozim, shu jumladan, geoma’lumotlarni hosildorlikni bashoratlash uchun ishlatish, qishloq ho’jaligiishlarini optimallashtirish, suv va mineral o’g’itlar ta’minotiniavtomatlashtirish, qishloq ho’galik mahsulotlarini uzoq muddat buzilmasdansaqlanishini yo’lga qo’yish, logistikani boshqarish, mahsulotlar yetkasibberadigan avtotransport parkining ishini boshqari va boshqa ko’pginamasalalar. Agrotexnologiyalarning yangi avlodi sifatida dunyo yuziniko’rayotgan blokcheyn texnologiyalar va buyomlar internetini hamrivojlantirish qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilishda katta ahamiyatga egabo’lishi mumkin; 3. Kelajak agrotexnologiyalarning eng asosiy trendlarida biri – integratsiyadir. Chunki, qishloq xo’jaligini raqamlashtirish yo’nalishida yagona standartlar va original yechimlar taklif qiladigan, raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi ilmiy yutuqlarni birlashtira oladigan, tanlov masalasini ijobiy hal qiladigan va mavjud risklarni kamaytira oladigan kompaniyalar bu sohada liderlar bo’lib qoladi. Innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo’yicha eng taniqli kompaniyalardan biri Accenture ningilmiy ishlari natijasida,jahon qishloq xo’jaligida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish muammosining hal qilinishida integrallashgan bulutli servislardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lishi aniqlangan. Bunday servislar qishloq xo’jaligi mashina, qurilma, uskuna va datchiklaridan ma’lumotlar olish va ularni saqlash masalasini hal qilib beradilar va buning natijasida turli formatlar hamda protokollarning mosligini ta’minlab beradilar. Bundan tashqari, yagona servis butun bit tarmoq miqyosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar tomonidan ma’lumotlarni samarador ishlatishni ta’minlab bera oladi, shu jumladan, yer maydonlarini masofaviy zondlashtirish, giperspektral aerofotos’emka, ob-havo bashorati, suv resurslari xolati bo’yicha ma’lumotlar va boshqalar. Bulutli servisning qo’shimcha afzalliklariga agrar sector xizmatchilarini logistika va marketing bo’yicha qo’llab-quvvatlash ham kiradi. Aniq va o’z vaqtida olinadigan ma’lumot turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlaridan kamroq yoki keragidan ko’proq miqdorda hosil olish tavakkalchiligini ancha kamaytiradi, agromahsulotlarga real narx belgilash imkoniyatini yaratadi, vositachilarga bo’ladigan qo’shimcha harajatlarni kamaytiradi, qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkazib berish bo’yicha transport zanjirlarini tashkil qilishni osonlashtiradi va tayyor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashni ancha yahshilaydi. Accenturekompaniyasining hisob-kitoblariga ko’ra, yagona bulutli servislarning tadbiq qilinishi bir gektardan olinadigan hosil miqdorini ikki barobar oshirishga olib kelar ekan. Demak, bunday servislarning tashkil qilinishi qishloq xo’jaligini raqamlashtirish jarayonini anchagina tezlashtirishga olib keladi. Endi yuqoridagi aniqlanuvlardan so’ng, zamonaviy qishloq ho’jalik texnologiyasi AgTech (Agronomic Technology) nima ekanligini quyidagi tarzda aniqroq qilib tushuntira olamiz: Qishloq xo’jalik texnologiyasi yoki agrotexnologiya (AgTech) agrobiznes sohasi mahsulotlari qiymatini yaratish zanjiridagi qandaydir aniq bir ekotizim bo’lib, u kimyo, biologiya, biokimyo, agronomiya, o’simlikshunoslik va shunga o’xshash fanlar kesimida p aydo bo’lgan. PwC kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu holatda raqamlashtirish jarayoni burilish nuqtasi sifatida namoyon bo’lib, u qishloq xo’jaligining kelajakdagi rivojlanishiga poydevor sifatida xizmat qiladi. AgTech-loyihalarda ROI (Return of Investment) ko’rsatgichi qishloq xo’jaligiga bo’lgan boshqa an’anaviy investitsiyalarga nisbatan ancha katta miqdorda bo’ladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, faqat 2017 yilning o’zidayoq agrotexnologiyalarga bo’lgan investitsiyalar shunday kompaniyalarni sotib olish yoki ularga investitsiyalar kiritish natijasida salkam 32% ga ortdi yoki pulda ifodalaganda, $2,6 milliard dollarga o’sdi (Forbes ning ma’lumotlari). Bu xolatning sababini usoqlardan qidirib yurishning keragi yo’q, sabab juda oddiy – yer kurrasidagi insonlar soni borgan sari ortib bormoqda va ularning barchasini oziq-ovqat bilan ta’minlab turish kerak. BMT ning bashoratlariga ko’ra, 2025 yilga kelib, yer sharidagi aholi soni 8,1 milliarddan oshib ketadi, 21 asr o’rtasiga kelib esa 9,6 milliardga yetadi. Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, raqamli transformatsiya tufayli, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining yalpi mahsuloti 60% dan ortiqqa ko’payadi va shu tufayli oziq-ovqat yetishmovchiligi kutilmaydi. Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi bunday yangiliklar bilan bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi normativ -xuquqiy hujjatlar portalida bacha tanishishi va muhokama qilinishi uchun “Aqlli qishloq xo’jaligi”ni tadbiq qilishning kontseptsiyasini loyihasi nashr etildi. Ushbu kontseptsiyaning asosiy maqsadlari – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xosildorligini va sifatini oshirish, chorvachilik mahsulotlarining samaradorligini ko’paytirish, qishloq xo’jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoyalash, turli hildagi o’simliklarning rivojlanishiga tashqi ta’sir etuvchi nobop faktorlarning oldini olish, qishloq xo’jaligining zamonaviy usullarini tadbiq qilish va ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishdir. Bunda alohida e’tibor mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga yuqori texnologiyalarni tadbiq qilishga va xo’jalik yuritishning raqamli usullarini keng miqyosda qo’llashga qaratiladi. Ushbu maqolada esa mualliflarning taklif etilayotgan kontseptsiyaga nisbatan tanqidiy fikrlari, uni rivojlantirish bo’yicha takliflari va bu yo’nalishdagi bir qancha qo’shimcha imkoniyatlar yoritiladi. Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasida aqlli qishloq xo’jaligi kontseptsiyasini to’laqonli tadbiq etishning eng asosiy masalalari sifatida quyidaglarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin: Mavjud suv, energetika, mineral, material va texnik resurslardan foydalanishnig eng yangi va tejamkor raqamli texnologiyalaridan foydalanish; Zamonaviy raqamli information texnologiyalar va boshqaruv tizimlari yordamida ochiq va yopiq yer maydonlarida tomchilab sug’orish tizimlarini keng miqyosda ishlatish; Jahonning turli mamlakatlarida ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida ochiq, yopiq va yarim yopiq yer maydonlarida hamda teplitslarda mahalliy va turli xildagi tropik o’simliklar yetishtirishni yo’lga qo’yish; Sun’iy substratlardan foydalangan xolda perlitlar va aeron texnologiyalari yordamida mahsulotlar yetishtirish hamda ularni yaqin va uzoq mamlakatlarga eksport qilish; Zamonaviy aeroponika va gidroponika usullaridan foydalangan xolda aqlli teplitslarda jahon bozorida talabgor bo’lgan ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish; Respublika uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan oziq- ovqat havfsizligini ichki va tashqi investitsiyalar jalb qilish orqali ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligini boshqarish uchun perspektiv raqamli texnologiyalarni qo’llash; Qishloq xo’jaligiga turli xildagi zamonaviy resursni tejaydigan texnologiyalarni qo’llash, shu jumladan, aniq ekuvchi mexanizmlardan foydalanish, xar bir birlik ekin maydoniga qancha mineral o’g’it ketishini aniq bilgan xoldaturli xildagi o’g’itlarning sarfini kamaytirish; Turli xildagi qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish xamda ularning hisobini aniq yuritish uchun navigatsion GPS-qurilmalar bilan ta’minlangan qishloq xo’jalik mexanizmlari va texnologik jihozlardan foydalanish; Qishloq xo’jalik texnikasini va jihozlarini boshqarish, chorva mollariga qarash, sut sog’ish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun robototexnika vositalaridan foydalanish; Yer resurslaridan foydalanishni hisobga olish, qishloq xo’jalik ekinlarining holatini nazorat qilish, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash hamda yaylovlardagi chorva mollarini kuzatish uchun uchuvchisiz qurilmalar –dronlardan foydalanish; Mamlakat qishloq xo’jaligining turli xil yo’nalishlaridagi yuqori texnologiyali sohalarda ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilish; Resbublika qishloq xo’jaligining turli sohalariga ilg’or innovatsion texnologiyalarni va chet el tajribasini joriy qilish; Keyinchalik umumrespublika miqyosida foydalanish maqsadida oldin shaxarlar va so’ngra viloyatlar miqyosida ma’lumotlarni raqamli usulda almashinishga o’tish; Kelajakda to’liq elektron ish yuritishga o’tish maqsadida qog’oz ko’rinishidagi ma’lumotlardan va hisobot formalaridan imkoniyat darajasida voz kechish; Qishloq ho’jalik xizmatchilari, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar hamda davlat boshqaruv organlari orasidagi aloqa samaradorligini elektron usullardan foydalangan xolda sezilarli darajada oshirish; Mahalliy sharoitlarda turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlarni yetishtirish usullari va uslubiyati bo’yicha omma foydalana oladigan elektorn ma’lumotlar bankini yaratish va bu haqdagi ma’lumotlarni barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga yetkazish – bu qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuritish va yuqori hosildorlikka erishishga yordam beradi; Qishloq ho’jaligini boshqarishning samarador mexanizmini yaratish uchun ekinlar va chorva mollarining doimiy monitoring va baholanuvini yo’lga qo’yish lozim; Qishloq xo’jalik xodimlari va fermerlarni mahsulotlarni yetishtirish, yig’ib olish, saqlash, qayta ishlash, sotish va marketing hamda logistika jarayonini amalga oshirish bo’yicha maslahatlar bera oladigan konsalting kompanilari faoliyatini yo’lga qo’yish; Qishloq xo’jaligini respublika va viloyatlar miqyosida samarali boshqarish, consulting hizmatlarini berish va monitoring qilish bo’yicha raqamli platformalar yaratish; Respublikaning tez o’zgaruvcha continental muhitiga moslasha oladigan qishloq xo’jaligi o’simliklari va uy xayvonlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish yoki boshqa mamlakatlarda mavjudlarini ijodiy ravishda o’zlashtirish; Qishloq xo’jalik ekinlarining mahalliy klimatik sharoitlarga chidamli bo’lgan yangi sortlarini yaratish bo’yicha ishlarni gen injeneriyasi usullari yordamida rivojlantirish; Qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlay oladigan va oson transportirovka qila oladigan jihozlar, usullar, transport vositalari va mashina-mexanizmlar yaratish; Qishloq xo’jalik mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan ekologik toza bozorbop turlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan qishloq xo’lagigi infratuzilmasini tashkil qilish; Raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida davlat tomonidan qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan davlat mablag’larining, yer maydonlarining va moddiy boyliklarining samaradorligini ta’minlash; Eng ilg’or xorijiy analoglar asosida rejali tarzda “Aqlli qishloq xo’jaligi” texnologiyalarini mamlakatimiz xududlarida tadbiq qilishga erishish; Innonatsion yechimlar asosida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari logistik infratuzilmasining samaradorligini oshirish. Yuqorida sanab o’tilgan masala va muammolarni hal qilish hamda hayotga tadbiq qilish uchun qishloq xo’jaligiga zamonaviy raqamli texnologiya usullari va vositalarini tadbiq etish talab qilinadi. Buning uchun esa yuqorida ko’rsatilgan takliflarni vaqt va fazo masshtabida samarali ravishda rejalashtirsh talab etiladi. Bu ish albatta sun’iy intellect texnologiyalari (AI) ni qo’llashni, ma’lumot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun big data dan foydalanishni, turli xildagi sharoitlarda qishloq xo’jaligini boshqarish va monitoring qilish uchun virtual reallik (VR) hamda to’ldirilgan reallik (AR) texnologiyalari ni qo’llashni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining real xolatini tezkor bilish va buning asosida ularni optimal boshqarish uchun esa buyumlar interneti (internet of things – IoT) dasturiy -texnik vositalaridan foydalanish ham talab etiladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bular bilan bog’liq bo’lgan davlat tashkilotlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni mahsus integrallashgan “Aqlli qilshloq xo’galigi” platformasida saqlash ayni muddao bo’ladi. Ushbu platformaning ochiqligini ta’minlash uchun uning funktsiyalari davlat, bank, soliq, sug’urta va moliya tashkilotlari bilan bilan integrallashgan bo’lishi lozim. Bunday raqamli texnologiyasi platformalarining qishloq xo’jaligiga tadbiq qilinishi o’z-o’zidan shunga mos bo’lgan infratuzilmani ham talab qiladi. Bu esa o’z navbatida, yuqori tezlikli internet va mobil aloqani rivojlantirmasdan amalga oshirila olmaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishonchli realizatsiyasini ta’minlash uchun mahsulotlarning saqlash joylarida va ularni transportirovka qilishda belgilardan, chipladan, identifikatorlardan, raqamli texnologiyalar va tizimlardan foydalangan xolda kuzatiluvchanligini ta’minlab berish kerak bo’ladi. Ba’zi xolatlarda esa bozor ishtirokchilarining aloxida kategoriyalari uchun individual texnologik yechimlar to’plami ham kerak bo’lib qolishi mumkin. Raqamli transformatsiya jarayonida qishloq xo’jaligi maxsulotlarini sotish uchun esa mahsus on-layn platformalar va tizimlar ham kerak bo’ladi, albatta. Bu sohaga tegishli bo’lgan qonunlar, qonun osti hujjatlari, norma va nomativlar, standartlar kerak bo’lishi esa aksiomaday bir gap. Bunday hujjatlar jahon standartlariga mos bo’lishi va yetkazib berilayotgan mahsulot sifatida eng yuqori talablarni o’zida aks ettirishi lozim. Raqamli texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilgan sharoitlarda o’simlik dunyosi, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvaning xolatini masofaviy usulda kuzatib turishga imkon beradigan zondlashtirish usullaridan xam foydalanish mumkin. Ammo bunday tizimlarni keng miqyosda ishlatish uchun avval ularni bir hudud yoki viloyat miqyosida tekshiruvdan o’tkasizsh talab qilinadi va agarda bu testlashtirihs jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshsa, endi uni boshqa joylarda ham hayotga tadbiq qilish mumkin bo’ladi. Yangi qishloq xo’jalik texnologiyalarinin sinovdan o’tkazganda kuyidagi ko’rsatgichlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: ishlab chiqarish saradorligining oshishi, tekshiruvning nazorati ta’minlanuvi, yerga aniq ishlov berish texnologiyasi, vegetastion davrning nazorati, kuzatiluvchanlik, raqamli maydon ko’rsatgichlari, chorva mollarini raqamlashtirish jarayoning amalga oshirilishi, omborlarda mahsulotlarning mavjudligi, mahsulotlar guruhiga talab va taklifning qanchaligi, alohida tovar guruhlariga bo’lgan bashorat, va boshqalar. Oxirgi fikr tariqasida shuni aytib o’tish mumkinki, mamlakatimizda yuqori darajadagi zamonaviy qishloq xo’jalik madaniyati tarkib topmagani tufayli, qishloq xo’jaligi hodimlarini, fermerlarni va bu sohada ish bilaln mashg’ul bo’lgan barsha insonlarga sifatli darajada ta’lim berishni yo’lga qo’yish hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Qihsloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashga mo’ljallangan institut va universitetlarning sonini oshirish, ulargadi qabul kvotalarini ko’paytirish, professor -o’qituvchilarning malakalarini oshirish, o’quv dargohlarida zamonaviy AKT va raqamli texnologiyalar bo’yicha yangi fanlarni kiritish qishloq xo’jaligida raqamli transformatsiya jarayioni amalga oshrishda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Download 71.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling