Raqamli hafsizlik masalalari va


Download 1.18 Mb.
Sana19.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1364390
Bog'liq
RAQAMLI XAVFSIZLIK MASALALARI VA UNI TA’MINLASH YO’LLARI

RAQAMLI XAVFSIZLIK MASALALARI VA UNI TA’MINLASH YO’LLARI

Bajardi:tukhtabaev anvar

Reja:

RAQAMLI XAVFSIZLIK

  • Kiberxavfsizlik bu - Internet va kompyuterlardan foydalanish va xavfsizlik bilan bog'liq. Shunday qilib siz akademik ta'rifga murojaat qilmagan holda, kiberxavfsizlikni sizning Internet faoliyati va ma'lumotlaringizni kiber o'g'rilaridan himoya qilish deb tushuntirishingiz mumkin.

Siz axborot texnologiyalari xavfsizligi yoki elektron axborot xavfsizligi degan atamalarni eshitasiz. Ikkalasi ham bir xil narsani anglatadi

  • Kasbiy jihatdan esa kompyuter xavfsizligi - kompyuterlar, mobil qurilmalar, serverlarelektron tizimlar, tarmoqlar va ma'lumotlarni xavfli hujumlardan himoya qilishni o'z ichiga oladi.

Siz, kiberxavfsizlikni qo'llashingiz mumkin bo'lgan kontekstlarning kengligi tufayli kiber-xavfsizlikni quyidagi toifalarga bo’lishingiz mumkin:
Tarmoq xavfsizligi
Dastur xavfsizligi
Ma'lumot xavfsizligi
Tarmoq xavfsizligi – bu sizning kompyuterlaringizni tajovuzkorlardan va zararli dasturlardan himoya qilishni o'z ichiga olad
Dastur xavfsizligi - dasturiy ta'minot va qurilmalarni kiber-tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan.
Ma'lumot xavfsizligi - bu ma'lumotlarni saqlash yoki uzatish paytida butunlik va maxfiylikni himoya qilishni o'z ichiga oladi

RAQAMLI XAVFSIZLIK ZARURIYATI

  • Kiberjinoyatchilik tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, electron xatlarni ommaviy taratish (spam), hakkerlik hujumi, veb – saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik ma’lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalar raqami hamda bank rekvizitlarini o’g’irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.
  • Kiberxavfsizlikka doir meʼyorlarning huquqiy jihatdan mustahkamlanishi
  • nihoyatda zarur. Raqamli olam hali-hamon huquqiy jihatdan oʼz maqomini aniq

    belgilay olgani yoʼq. Kun sayin tahdidlarning yangi tur va shakllari paydo

    boʼlayotganligi, ularni qonunchilikda aks ettirish zarurligi talab etadi.

    Kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani ishlab chiqish milliy kibermakonda

    jinoyatchilikka qarshi qurashish sohasidagi faoliyatni tartibga soladi. Zero, virtual

    olamdagi jinoyatchilikning zarar va xavfi real olamdagidan kam emas.

  • Ekspertlarning xulosasiga ko’ra, bu rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga ko’maklashish, umuminsoniy demokratik tamoyillarni qaror toptirish niqobi ostida fuqarolar ongiga ta’sir o’tkazish, ularni turli yo’llar bilan o’z maqsadlari sari bo’ysundirish orqali amalga oshirilmoqda.

O’ZBEKISTONDA RAQAMLI XAVFSIZLIK

  • 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi tasdiqlandi va izchil amalga oshirilmoqda. Hujjatga muvofiq telekommunikatsiya, kommunal xizmatlar, iqtisodiyotning real sektori, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqalarga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq uzoq muddatli masalalarning keng doirasi hal qilinmoqda.
  • Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizga qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. Kiberxavfsizlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilishi raqamli imkoniyatlardan ishonchli va xavfsiz tarzda foydalanishga zamin boʼlib kelmoqda. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv, dunyo bozorida oʼz oʼrniga ega boʼlish, iqtisodiy ravnaq topish, aholiga qulayliklar yaratish imkoniyatini beradi. Quvonarlisi, bu mamlakatimizda asosiy kun tartibidagi masala. Raqamlashtirish borasida Oʼzbekiston dadil odimlar bilan ildamlamoqda.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling