Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
автореферат Исакова лотин2222
rivojlantirishda hunarmandchilikning o‘rni va unda xotin –qizlar ishtiroki” deb
nomlanib, bobda turizmni rivojlantirishda muhim omil mbo‘lgan hunarmandchilik, uni rivojlantirish yo‘lida davlat siyosati, bu borada xotin qizlarga yaratilgan sharoit va ularning ishtroki masalalari tahlil etiladi. 33 Халмирзаев А, Эгамбердиева У. Ўзбекистонда сайёҳлик бизнесининг ривожланиш истиқболлари // Молия ва иқтисод. -№10, 2014. - 18 бет 18 Mustaqillik yillari avlodga o‘tib kelgan, qolaversa xorijlik sayyohlarning doimiy e’tiborni tortib kelgan hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 1997 yilda G‘ijduvon kulolchiligi markazi va muzeyi ochildi. G‘ijduvonlik kulol Narzullaevlar oilasiga uy-muzeyi qurish maqsadida 12 sotix hamda “Usta-shogird” maktabini tashkil qilish uchun 25 sotix yer ajratildi. 1998 yilda Buxoro shahar hokimligi qaroriga asosan misgar hunarmand Nikolay Anisimovga 6 sotix yer foydalanish uchun ajratib berildi. 2004 yilda Vobkent tumanidagi O‘ba qishlog‘ida loydan milliy qo‘g‘irchoqlar yasovchi hunarmand Kubaro Babaevaga tuman hokimligi qaroriga asosan uyi yaqinidagi kulolchilik ustaxonasi binosi ajratildi. 2008 yilda unga “Usta-shogird” maktabi qurish uchun 4 sotix yer maydoni ajratib berildi. Farg‘ona viloyatida “R-PLYUS KORON” MChJ yakka tartibdagi tadbir- korlik faoliyati bilan shug‘ullandi, dastlab tashkil etilgan korxonada 4 ta ish o‘rni yaratib, mahsulotlar turi ikki yuz xildan ortiq bo‘ldi. yetmishdan ortiq yosh xotin- qizlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq, ular Ular tomonidan ishlab chiqilgan 300 dan ortiq turdagi kulolchilik maxsulotlari tashqi bozorda juda xaridorgir bo‘ldi 34 . 2009 yilda MDH davlatlarga, Yevropa davlatlariga xususan, Germaniyaga eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Korxonaga AQSh, Germaniya, Shvesiya, Pokiston, Xindiston, Isroil, Janubiy Korea, Yaponiya kabi ko‘plab davlatlardan turistlar kelib katta qiziqish bildirdilar 35 . Surxondaryo hunarmandchiligi va amaliy san’ati an’analarini rivoj-lantirish, saqlash va qayta tiklash, kashtado‘zlik san’atini yanada ommalash-tirish, xorijiy sayyohlar orasida kashtado‘zlik mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish va sifatini yaxshilash, kashta bilan bezatilgan suvenirbop mahsulotlar sonini ko‘paytirish rejalashtirildi. 2004-2006 yillarda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari tashabbusi va loyiha-si bilan Boysun hunarmandchilik markazi va Boysun xalq amaliy san’at muzeyi tashkil etildi. Markazda janda to‘qish qayta yo‘lga qo‘yildi va 50 dan oshiq nus’hasi yaratildi 36 . Bu matolar O‘zbekistondan tashqari Turkmaniston, Tojikiston va boshqa davlatlarga jo‘natildi. Undan milliy choponlar, xalatlar, yaktaklar qilingan, asosan erkaklar liboslari tayyorlandi. Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida esa patli jun gilam to‘qish bo‘yicha usta-shogird maktabi tashkil etildi. Unda 50 nafar xotin-qizlar hunar o‘rgandi 37 . O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Zandonachi matosini qayta tiklash ustida ham ish olib borildi 38 . Yangilangan O‘zbekistonda hunmandchilikni rivojlantirishga ham alo-hida e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Xunarmandchilikni yanada rivojlantirish va xunarmandlar-ni xar tomonlama qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan imkoniyatlar hunarmandchilikni rivojiga katta turtki bo‘ldi. Farmonga asosan 34 Фарғона вилояти Риштон туманида истиқомат қиладиган Б.Назиров билан қилинган суҳбатдан. Суҳбат 2022 йил 22 сентябрда ёзиб олинган. 35 Муродалиева Г. Ҳунармандлар юрти // Биржа. 17 сентябрь 2019 йил. 36 Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. 37 Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. 38 Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. 19 viloyatda Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari xamda Rishton tumanida xunarmandchilik ob’ektlarini 2018-2019 yillarda ishga tudi. 2018 yil 8 avgustdagi “Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Maxkamasining 619-son qaroriga ko‘ra “Baraka interneshinal treding kompaniy” horijiy korxonasi 97200 ming dollarlik invistitsiya kiritib 2019-2020 yillarda qurilishni tugatdi 39 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari natijasida Farg‘ona viloyat bo‘yicha viloyat xunarmandlari yanvar-sentabr oylarida 399.800 AQSh dollarlik mahsulot eksport qildilar. Qo‘qon shahar bo‘yicha usta hunarmand Ibragimov Abdurashid Inomjon o‘g‘li 2018 yilda Belarussiyaning “Silnыy Resurs” kompaniyasi bilan 176 ming dollarlik novdadan (supurgi) to‘qilgan mahsulotlari bo‘yicha shartnoma imzolab, I-chorakda 42 ming dollarlik, II-chorakda 44 ming dollarlik, III-chorakda 54 ming 800 dollarlik, jami 140 ming 800 dollarlik mahsulot eksport qildi. Rishton tumanida kulollar tomonidan yanvar-sentabr oylarida 240 ming 600 dollarlik kulolchilik maxsulotlar eksporti amalga oshirildi. Marg‘ilon shahridan usta xunarmand Mirzaaxmedov Abdullo tomonidan 19 000 AQSh dollarlik mahsulot eksport qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2017 yil 17 noyabr «Xunarmandchilikni yanada rivojlantirish va xunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra xunarmandchilik maxsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 5000 AQSh dollarigacha olib chiqish imkoniyati tug‘ildi. Natijada hunarmandlar Qirg‘iziston, Qozoqiston, Tojikiston va Rossiya Federatsiya-siga to‘g‘ridan to‘g‘ri 1 750 000 AQSh dollarida mahsulot eksport qildi 40 . Hatto, Italiyaning eng qadimiy turli davr va uslubda sopoldan yasalgan 5 mingdan ortiq ekponant jamlangan Derutadagi sa’nat asarlari muzeyidan Rishton kulolchilik maxsulotlari o‘rin oldi 41 . 2018 yil 8 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Milliy liboslar galereyasida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati mahsulotlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan usta-hunarmandlar o‘zlari yaratgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi savdosiga ko‘maklashish, ularni xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosidagi ko‘rgazma va festivallarga 39 Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 17 ноябрдаги «Хунармандчиликни янада ривожлантириш ва хунармандларни хар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПФ-5242-сонли Фармони бўйича вилоятда амалга оширилган ишлар бўйича маълумот. 40 Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. Ўзбекистон Республикаси Президен- тининг 2017 йил 17 ноябрдаги «Хунармандчиликни янада ривожлантириш ва хунармандларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПФ-5242-сонли Фармони бўйича вилоятда амалга оширилган ишлар бўйича маълумот. 41 Мўминова М. Риштон кулолчилик буюмлари Италия музейида // Янги Ўзбекистон 2021 йил 22 декабрь. 20 keng jalb qilish, chet ellarda milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar va savdo uylarini tashkil qilish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rgazmada mamlakatda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy davlatlarning mamalakatdagi favqulodda va muxtor elchilari, shuningdek, O‘zbekistonning jorijiy davlatlardagi favqulodda va muxtor elchilari, turli tashkilot va idoralar xodimlari, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar. Ko‘rgazmada yog‘och o‘ymakorligi, miniatyura, zardo‘zlik, zargar- lik, milliy liboslar, kulollik, kandakorlik kabi 20 dan ortiq yo‘nalish-lardagi amaliy san’at mahsulotlari namoyish etildi. “Usta-shogird” maktabi an’analari asosida mahorat darslari namoyish etildi 42 . Ayollarga yaratilgan sharoitlar mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan edi. Masalan, 1997 yilda Sirdaryo tumanidagi Nasiba Ashurmatova birinchilardan bo‘lib qizlar maktabini tashkil etdi. Bu maktabda qiz juvonlar tikish- bichish, non yopish va b. Hunarlar o‘rgatildi. Xovos tumanida Nazira Maxkamova esa Buxorodan tumanga zardo‘zlik sirlarini mukammal egallagan mutaxassis bilan kelishgan holda Xovoslik qizlarga zardo‘zi do‘ppi, pallaklarni tikishni o‘rgatdi 43 . Xorazm viloyatida ham 2005 -2007 yillar davrida ayollarni ish bilan ta’minlash dasturi ishlab chiqildi. Tumanlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi, mexnat bozori jiddiy taxlil etildi. Joylarda o‘tmishda ayollarning kaysi ish bilan shug‘ullanganligi aniqlanib, ularning takliflari inobatga olindi. Natijada ayollarga 10 ming 590 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 2005 yilga qadar 6 ming 775 nafar xotin qiz ish bilan ta’minlandi 44 . Yuridik maqomga ega bo‘lmagan xolda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollar uchun 1006 tadan ortiq ish o‘rni ochildi 45 . Xotin-qizlarning tadbirkorlik borasidagi faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash 46 maqsadida Buxoro viloyatining Kogon tumanida 2008 yilning o‘zida 970 ta ish o‘rinlari yaratildi. Kasanachilar tomonidan 48 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi 47 . Namangan viloyatida 2008 yil davomida 10 ming nafardan ortiq xotin- qizlar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishga joylashtirildi, 300 nafardan ortiq uyda o‘tirgan ayollar kasanachilik ishlariga jalb etildi 48 . Umuman, “Oilani ijtimoiy himoyalash” markazlari joylardagi Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar bilan tuzgan sharnomalariga asosan, 2008 yil davomida 206 nafar ishsiz ayollar turli xil milliy hunarmandchilik kasblariga o‘qitildi 49 . “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning 4.2. qismida mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish alohida nazarda tutildi. 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va 42 Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. 43 Хонимқулов А. Сирдарё санамлари // Халқ сўзи. 1997 йил 29 май. 44 Рахимов О. Аёллари фаол юрт // Халқ сўзи. 2005 йил 15 март. 45 Рахимов О. Аёллари фаол юрт // Халқ сўзи. 2005 йил 15 март. 46 Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 63 варақ. 47 Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 64 варақ. 48 Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 64 варақ. 49 Ўз МА. М-170, рўйҳат – 1 пр, йиғма жилд – 69, - 64 варақ. 21 texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida, 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida, 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomat-ligini mustahkamlash yili Davlat dasturida xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida ahamiyat qaratilgan va bu maqsadlarga katta mablag‘lar ajratildi. Bundan tashqari, 2019 yil mart oyida O‘zbekiston Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim besh tashabbus” dasturi ham yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini qamrab oldi. Hususan ushbu davlat dasturining beshinchi tashabbusi “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash” bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019-2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko‘zda tutildi. 2022 yilning 30-noyabrdan 2 dekabriga qadar O‘zbekistonda ilk marta hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi 50 . Yarmarkada kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmalari tashkil etildi. Ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini yurmizga kelayotgan ko‘plab sayyohlarga namoyish etish orqali ularda qiziqish uyg‘otish, turistlar oqimini ko‘paytirish va xalqaro savdoni yanada rivojlantirishga qaratildi. Yarmarkada shuningdek, O‘zbekiston bilan birga yettita xorijiy davlatlar Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Pokistondan hunarmandlar ishtirok etdi. Tadqiqot ishining uchinchi bobi “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling