Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
автореферат Исакова лотин2222
milliy hunarmandchilikning o‘rni” deb nomlanib, unda kashtachilik, gilamchilik,
ipak matolar ishlab chiqarish borasida davlat tomonidan yaratilgan sharotilar, unda xotin –qizlar ishtiroki kibi masalalar taxlil etiladi. Kashtachilik asosan savdo-hunarmandchilik shaharlarda va yirik qishloqlarda hamda O‘zbekistonning qadimiy dehqonchilik madaniyati markazlarida (Xorazmdan tashqari) keng tarqalib kelgan. Nurota vloyati ham kashtachilikda o‘z maktabiga ega bo‘lib, u xom ashyoga dastlabki ishlov berishdan tortib, yakunida tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olishi bilan ajralib turadi. Ayni paytda bu huddagi kashtachilik ayollar bindligini ta’minlada ham o‘rni katta bo‘lgan. Hudud kashtachiligi iroqi, ilma, bo‘lma, bosma, xamdo‘zi, chamak, chinda hayot, bahi, choklari keng tarqalgan. Boshqa maktablardan hudud kashchachiligi asosan “yo‘rma” yoki “zanjircha” uslubi bilan tikilgan shoxchalar bilan farq qilgan. 1997 yil 31 martda «Xalq badiiy xunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni Davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni xuddi shu xol bilan bog‘liq chiqarilgan bo‘lib, respublikada yashovchi barcha xalqlarda badiiy hunarmand-chilik va amaliy san’atga bo‘lgan 50 Toshkentda-xalqaro-hunarmandchilik-mahsulotlari-va-texnologiyalari-yarmarkasi-otkaziladi . (Elektron resurs) Kirish rejimi: bugun.uz. (Murojat etilgan sana 02.02.2022 y) 22 qiziqishini oshirdi. Bu borada Farg‘ona vodiysining Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilonda kabi shaharlarida ibratli ishlar amalga oshirildi. Xususan, bu shaharlarning barchasida hunarmandchilik uyushmalari tashkil qilinib, ular shahar va qishloqlardagi hunarmandlar faoliyatini rivojlantirish, hunarmandchilik an’analarini tiklash va davom ettirish bilan shug‘ullandi. Jumladan, Namangan viloyatida Ikromjon Karimov, Marg‘ilonda Rasuljon Mirzaah-medov o‘zlarining 10 dan ziyod shogirdlari bilan birga qadimgi kashta choklar asosida kashta buyumlari yaratib, nafaqat vodiy bozorlari, balki «Bozor Art» xamda «Style Uz» yarmarkalarida qadimgi kashta buyumlari va kashta matolari bilan qatnashib, xorij mamlakatlari bozorlariga ham chikdilar. Shuningdek, bu hunarmandlar turli ko‘rgazma va konkurslarda ishtirok etib, milliy kashtachilikni dunyoga tanitdilar 51 . Ushbu uyushmalarining xar biri 50 dan ziyod turli hunar egalarini birlashtirgan. Xususan, an’anaviy kashtachilik bilan shug‘ullanayotganlardan uyushma qadimgi naqsh ornamentlarni qayta tiklash va kelgusi avlodga yetkazish maqsadida ilmiy va amaliy faoliyatni birlashtirgan bo‘lsa, Gulnora Sharipova, Muxayyo Nishonova, Moxigul Dehqonova, Gulniso Jumaboeva kabi ko‘plab ayollar bevosita kashtachilik bilan mashg‘ul bo‘lib, kashta buyumlaridan chorsi, do‘ppi, tagchoyshab, devor choyshab, do‘ppi kabi maxsulotlar tayyorladilar. Marg‘ilon hunarmandlar uyushmasi rahbari Rasuljon Mirzaaxmedov 2006 yilda KaKSa va YuNESKO doirasida o‘tkazilgan “Sifat belgisi” musobaqasida oliy baxmal matosi bilan qatnashib, “Sifat belgisi” nishonini va pul mukofotini qo‘lga kiritdi; o‘z maxsulotlari bilan yana Yaponiya, Fransiya, AQSh davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashdi 52 . O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 5 yanvar Farmoni, unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Kasanachilik to‘g‘risidagi Nizom» ning ishlab chiqilishi esa hunarmandchilikni rivojlantirish bilan bir qatorda kasanchilikka yo‘l ochish borasida muhim qadam bo‘ldi 53 . Natijada katta sarmoya, mablag‘ talab qilmaydigan kasanachilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalarni qo‘lidan ish keladigan oilalarga berildi 54 . Yangilangan O‘zbekistonda kashtachilikka alohida e’tibor berilganli-gini ta’kidlab o‘tish lozim. Masalan, 2017 yil 17 noyabr 5242-son “Hunarmandchiligini 51 Ахунов М., Абдуллаева Н. Мамлакатимиз тараққиётини янги босқичга кўтаришда анъанавий каштачиликнинг аёллар тадбиркорлиги ва касаначилигидаги аҳамияти // Аёл ва жамият: тараққиётнинг янгипоғонасида. Илмий – амалий анжуман материаллари. 2018 йил 18 апрель. - Тошкент. 2018. -173 бет. 52 Ахунов М., Абдуллаева Н. Мамлакатимиз тараққиётини янги босқичга кўтаришда анъанавий каштачиликнинг аёллар тадбиркорлиги ва касаначилигидаги аҳамияти // Аёл ва жамият: тараққиётнинг янгипоғонасида. Илмий – амалий анжуман материаллари. 2018 йил 18 апрель. - Тошкент. 2018. -173 бет. 53 // Халқ сўзи. 2006 йил 6 январь. 54 Каримов И.А. Янгиланиш ва барқарор тараққиёт йўлидан янада изчил ҳаракат қилиш, халқимиз учун фаровон турмуш шароити яратиш – асосий вазифамиздир. 2006 йилда республика ижтимоий – иқтисодий ривожланиш якунлари ҳамда 2007 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасидаги маърузаси. 2007 йил 12 февраль // Халқ сўзи. 2007 йил 13 февраль. 23 yanada rivojlantirish va xunarmandlarni har tomon-lama qo‘llab-quvvatlash chora- tadbirlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respubli-kasi Prezdentining Farmoning 8- ilovasi xamda va 2017 yil 2 sentabrdagi “Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari va Rishton tumanida xunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 687-son Qaroring 14 - bandiga asosan 4 - “Atlas bayrami” halqaro festivali Marg‘ilon shahrida 11 - 15 sentabr kunlari o‘tkazildi. Tadbir 11 - 13 kunlari Bangladesh va Mangoliyadan kelgan trenerlar O‘zbekistondan borgan 60 nafar yosh xunarmandlarga xunarmand-chilik mahsulotlarini zamonaviy dizaynda ishlash, maxsulot-larni elektoron savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi 55 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyun PF-91-son “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladigan 30 ga yaqin tadbir, shu jumladan, Xorazm viloyati Xiva shahrida 2023 yil avgust “Gilamlarga bitilgan tarix” gilamchilik ko‘rgazmasi, 2023 yil avgust “O‘zbekiston sovg‘alari” milliy suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, Andijon shahrida 2023 yil sentabr “Milliy qo‘g‘irchoqlar — milliy qadriyatlar ko‘zgusi” nomli respublika festivali, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023 yil oktabrda Xalqaro “O‘tov” hunarmandchilik festivali o‘tkazish belgilab berildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Indoneziya, Hindiston, Malayziya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro ko‘rgazma va festivallarda O‘zbekiston hunarmandlarining ishtirokini ta’minlash vazifasi ham qo‘yildi 56 . Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada 25 mingdan ziyod usta, 80 mingga yaqin oila shu sohadan daromad oladi 57 . 2020 yil 26 iyunda “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi-da”gi Qarori imzolangandan so‘ng 58 qo‘lda to‘qilgan gilamlarni eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi joriy etildi. Gilamchilik sohasi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar, uyda gilam to‘qiydigan ayollar va kasanachilarga bir qancha imtiyozlar berildi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida turistlar tashrif buyuradigan madaniy meros ob’ektlari 55 Ўзбекистон Республикаси “Ҳунарманд” уюшмаси жорий архиви. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 17 ноябрдаги «Хунармандчиликни янада ривожлантириш ва хунармандларни хар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПФ-5242-сонли Фармони бўйича вилоятда амалга оширилган ишлар бўйича маълумот. 56 Ўзбекистон Республикаси Ҳунарманд уюшмасининг жорий архиви. “Ҳунарманчилик бўйича тадбирларни ташкил этиш ва ўтказиш” бўлими томонидан 2019 йилнинг 6 ой давомида қилинган ишлар тўғрисида маълумот 57 Qiymati-va-korkini-yoqotmaydigan-ozbek-gilamlari. (Электрон ресурс) Кириш режими: uza.uz. (Мурожат этилган сана 05.10.2021 й) 58 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 26 июндаги “Республикада қўлда тўқилган гиламчилик соҳасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4759-сон Қарори. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.06.2020 й., 07/20/4759/0970-сон; (Электрон ресурс). Кириш режими: Lex.uz (мурожаат қилинган сана 17.02.2023). 24 hududlarida qo‘lda to‘qilgan gilamlar ko‘rgazma-savdo rastalari (do‘konlari) tashkil etildi. 10 ta davlatga, jumladan, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, AQSh va Tojikiston kabi davlatlarga qiymati 4 million AQSh dollaridan ortiq gilamlar eksport qilindi 59 . Respublikada pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, pilla yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoniga zamonaviy, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish, eksport qilish hajmlarini oshirish hamda tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohani rivojlantirishdagi Qarori 60 olib borilayotgan ana shu islohot va chora-tadbirlarni endi yanada jadallashti-rishga, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qildi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling