Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
автореферат Исакова лотин2222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston xotin-qizlarini iqtisodiy jarayonlarga jalb etishga qaratilgan davlat siyosatining mohiyati, kichik biznes va tadbirkorlikda xotin-qizlar ishtiroki, ularga moliyaviy ko‘mak berish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, oilaviy tadbirkorlik faoliyati, mikrokreditlashtirish, soliq imtiyozlari va soliqqa tortishga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixini yoritishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jihatlar aniqlangan; O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixini tadqiq etish, xotin-qizlarning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ishtiroki muammosini o‘rganishga qaratilgan hamda o‘quv jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari, O‘zbekiston Milliy arxivi, viloyat joriy arxivlari jamg‘armalarida saqlanayotgan ko‘plab hujjatlarga asoslanganligi, tadqiqot ma’lumotlarining amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarni vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi. Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiya materiallari to‘plamlari, OAK ro‘yxatidagi maxsus jurnallar hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar 12 tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bugungi globallashuv sharoitida turizm rivojida xotin-qizlarning ishtiroki jarayoni va uning mamlakatimizga xos tadriji hamda taraqqiyoti, bu boradagi amaliyot mezonlari va muhim omillarini yanada optimallashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni belgilashda muayyan ilmiy- nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, erishilgan natijalar O‘zbekiston xotin-qizlarining turizm va sayyohlik sohasini rivojlantirishdagi ishtiroki haqida keng ma’lumotlar berish, ilmiy va nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishi, tarixiy va madaniy merosni tadqiq etishga bag‘ish-langan davlat dasturlarining bajarilishida, shuningdek, mustaqillik davri xotin-qizlar tadbirkorligi tarixiga oid yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiyada bayon etilgan fikr-mulohaza va xulosalardan o‘rta maktablarda «O‘zbekiston tarixi» fanini o‘qitishda, oliy ta’lim muassasalarida bakalavr bosqichida «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» kabi o‘quv kurslarning tegishli ma’ruzalarini o‘qitishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalari mamlakatimiz turizm rivojiga xos omillarning o‘rni va ahamiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, modernizatsion va innovatsion jihatlarini yanada kengroq hamda chuqurroq o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni yangicha yondashuvlar bilan boyitadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling