Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida
turizmni rivojlanishi va shakllanishida xotin qizlarning o‘rni, ularning jamiyatdagi
faol ishtiroki hamda mazkur sohaga jalb etilishining ahamiyatini ochib berishdan
iborat.
Tadqiqotning vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
1991-2021 yillarda xotin-qizlarni iqtisodiy jarayonlarga jalb etishga
qaratilgan davlat siyosatining ijtimoiy ahamiyatini o‘rganish, mezonlari va muhim
omillarini tadqiq etish;
O‘zbekiston turizmni rivojlantirishda xotin-qizlar harakatining mamlakat
iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni va ularning ishtirokini ko‘rsatib berish;
bugungi globallashuv davrida turizm rivojida yuksak malakali kadrlar tarkibida
xotin-qizlarning roli yuqoriligi, ularni tayyorlash siyosatidagi o‘rni va ahamiyati, uning
o‘ziga xos xususiyatlari, modernizatsion va innovatsion jihatlarini asoslash;
turizm tarmoqlarida band bo‘lgan xunarmand xotin-qizlarga moliyaviy
ko‘mak berish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda nodavlat notijorat
tashkilotlarining o‘rnini ko‘rsatish;
turistlar madaniy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishiga bo‘lgan extiyojini
inobatga olgan holda, iqtisodiy-ijtimoiy mohiyatini nazariy jihatdan asoslab berish;
O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksportida ayollar ishtirokining prognoz
ko‘rsatkichlari ishlab chiqish;
xotin-qizlarning turizm va tadbirkorlik sohasidagi faoliyatlarining o‘sish
dinamikasini tarixiy-sotsiologik so‘rovnomalar asosida isbotlab berish.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi yangi bosqichida turizm sohasidagi xotin-
qizlarning o‘rni va ahamiyati, qo‘l mehnati, hunarmandchilik va kasanachilikni taraqqiy
ettirishda xalqaro va milliy tajribaning kreativ hamda konstruktiv jihatlarini aniqlash;
Tadqiqotning ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlarining
turizmni rivojlantirishdagi ishtiroki tanlab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |