Raqamli ilmiy kengash islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana20.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1713025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
автореферат Исакова лотин2222

Tadqiqotning predmetini mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida tadbirkor, 
hunarmand xotin-qizlarning o‘rni, turizmni rivojlantirishdagi ishtiroki hamda 
ularga moliyaviy ko‘mak berishda xorijiy investitsiyalarning jalb etilishini 
ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati mohiyati tashkil etadi. 
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada tarixiy-taqqoslash, qiyosiy-tahlil, 
tizimlashtirish, sotsiologik va statistik tadqiqot usullaridan foydalanildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 


11 
O‘zbekiston turizm sanoatining rivojida xotin-qizlarning chevarchilik
kashtachilik, gilamdo‘zlik, zardo‘zlik va kasanachilik mehnat shakli asosida bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos zamonaviy tadbirkorlik va erkin raqobat muhitiga 
transformatsiyalashuv jarayonlari, chekka hududlarda sanoatni rivojlantirish
tadbirkor, fermer xotin-qizlar ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan keng 
qamrovli faoliyati, o‘sish sur’atlari va amaliy natijalari dalillangan; 
aholi ijtimoiy faol qismi tarkibida izlanuvchan va tashabbuskor tadbirkor 
xotin-qizlar salmog‘ining oshib borishi, davlat va nodavlat tashkilotlar, xalqaro 
jamg‘arma va grant loyihalari ko‘magida tadbirkor ayollar huquqlarini himoya 
qilish tizimining takomillashishi, maqsadli moliyaviy resurslar ajratish orqali 
mehnat bozorida qulay sharoitlar yaratish borasidagi ijtimoiy-huquqiy omillar 
ochib berilgan; 
mamlakatda oilaviy tadbirkorlik qonuniy asoslarining mustahkamlanishi
“Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturining ijtimoiy ahamiyati, xotin-qizlar 
tadbirkorligida 
sulolaviy 
an’analarning 
tiklanishi, 
jumladan 
“Oilaviy 
tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga” loyihasi asosida ayollar iqtisodiy faolligining 
oshishi, ular bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikka jalb etishdagi 
muammolar va davriy bosqichlar, bu jarayondagi davlat va nodavlat tashkilotlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan; 
O‘zbekiston milliy taraqqiyotida yangi davrning boshlanishi (2016-2021 yy.), 
milliy yuksalish harakati natijasida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-
qizlar tadbirkorligining rivojlanish parametrlari, yaratilgan qulay investitsiya 
muhiti va soliq imtiyozlarining samaradorligi, zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida 
ilg‘or innovatsion g‘oyalarning tadbiq etilishi bilan bog‘liq progressiv jarayonlar 
ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling