Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

arab, Arab Rayhon, Safar avg‘on; Go‘ro‘g‘libek, Bekravshan, Tulumbiy, 
Ermotbiy, Ahmad sardor, Go‘ro‘g‘li sulton, Safar mahram kabi nomlar. 
Ko‘rinib turibdiki, shaxs nomlaridan so‘ng yoki ulardan oldin qo‘llanilgan 
etnonimik birliklardan arab, avg‘on singari so‘zlar, shuningdek, bek, biy, sardor, 
sulton, mahram singari mansab yoki unvonni ifoda etuvchi birliklar laqab nomi 
sifatida qayd etiladi.
3. Badiiy qahramon nomlari. Xorazm dostonlari tilida qo‘llangan 
antroponimlarning ma’lum qismi badiiy qahramon nomlari sifatida alohida 
guruhga ajratilgan. Ushbu voha dostonlarida qo‘llanilgan badiiy obrazlarning 
nomlari, xususan, bosh qahramonlar nomlari xalq orasida juda keng tarqalgan, 
deya e’tirof etiladi
128
. Jumladan, Go‘ro‘g‘li, Avaz, Ravshan, Shahriyor, 
Bozirgon, Rustam, Xirmondali, Shohsanam va boshqa nomlar shular 
jumlasidandir. Bu nomlar nafaqat Xorazm dostonlari tilida, balki boshqa hudud 
dostonlarining ko‘pchiligida aynan qo‘llanilganini kuzatish mumkin. 
4. Mifonim va diniy-situativ nomlar. Q.Olloyorov tadqiqotida Xorazm 
dostonlari tilida qo‘llanilgan mifonimlar va diniy-situativ nomlar alohida guruh 
sifatida ajratib tadqiq etilgan. Tadqiqotchi mifik nomlar sifatida afsonaviy 
127
Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. –Тошкент: Фан, 2013. – Б. 59-74. 
128
Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси: Филол. фан. бўй. фал. докт… дисс. автореф. – 
Самарқанд, 2018. – Б.12.


46 
otlarning nomlari (Aspi Jahongir, Botipon, Buzdumon, Buroq, Ko‘ktemir, 
Majnunko‘k (ba’zan Majdumko‘k), Olmako‘z, Palang (ba’zan Palangot), 
Sandal ot, Qoratulpor, G‘irot, G‘irtoy, G‘irko‘k) va ba’zi mifologik qush, ilon 
kabilarning nomlarini kiritadi va ularning nomlanish tamoyillari haqida ilmiy 
mulohazalar yuritadi
129
.
Shuningdek, tadqiqotchi Shahriyor, Anjum, Shamsun pari, Jayxun pari, 
Dorobshoh, Gulchehra, Zavriyo, Qaytus, Fotima, Zuhra, Said, Hasanxon, 
Bahovuddin, Zarnigor, Mehribon, Olimxon, Sulton Vais, Alisher, Zulfiqor, 
Ilyos, Hazrati Polvon, Rustam, Jabbor, Murtazo kabi diniy-situativ nomlarning 
lisoniy xususiyatlari ham tahlilga tortilgan. 
Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo dostonlari tilida qo‘llanishda bo‘lgan 
antroponimik leksik birliklarni shu tarzda tasnif etishni maqsadga muvofiq deb 
topdik.
1. Qodir baxshi dostonlari tilida qo‘llangan tarixiy shaxslar nomlari
Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun 
maston” dostonlari mavzusiga ko‘ra rang-baranglikka ega. Jumladan, “Kelinoy 
yoki Norguloy” dostonida mahalliy yurtda yashagan oddiy cho‘ponlar hayoti 
xususida so‘z yuritilsa, “Oychinor” dostonida tarixiy davr voqeligi asosida 
Zahiriddin Muhammad Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi toj-u taxt 
talashuvlari ham tasvirlanadi. “Jorxun maston” dostonida esa Go‘ro‘g‘lidek 
hukmdorning tengsizligi-yu qahramonliklariga bag‘ishlangan. Shubhasiz, bu 
tarixiy voqealarni tarixiy shaxs timsollarisiz tasavvur etish mushkul. Shu 
jihatdan qaraganda, “Oychinor” dostoni matnida Bobur va Shayboniy 
antroponimlari tilga olinadi. Shunisi e’tiborga molikki, ushbu doston tilida 
Bobur nomi Bombir (mahalliy aholi tilida)– Bobir – Bobir shoh – Amir Bobir 
shoh – Bobirbek shakllarida qo‘llanilganini kuzatdik. Shayboniyxon 
antroponimi esa Shayboniyxon – Shayboniy variantlarida qo‘llangan. Bundan 
129
Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси: Филология фанлари бўй. фал. док... дисс. автореф. –
Самарқанд, 2018. 12-бет. 


47 
tashqari, doston matnida uchragan Qaysarbek – Qaysar, Sayxun usta, 
Temurlang, Qambar singari antroponimlarning ayrimlari lingvopoetik vazifani 
ham bajargan. 
Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida 
Abdullaxon, “Jorxun maston” dostonida esa Ali kabi tarixiy shaxs nomlari 
uchraydi. 
Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” dostoni tilida qo‘llangan 
tarixiy shaxslar nomlari
130
. Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” 
dostoni matnida Hazrati Ali, Bibi Maryam, Xizr, Hotam, Sulaymon, Yusuf, 
Yoqub, Iso, Muso, Mustafo va Muhammad kabi tarixiy shaxs nomlarini 
uchratamiz. Bu tarixiy nomlar doston qahramonlarining murakkab vaziyatlarga 
tushganda ushbu tarixiy shaxslardan madad so‘rash, ko‘mak olish niyatida 
aytgan nutqlarida uchraydi. 
Umir shoir Safarovning “Oyparcha” dostoni matnida qo‘llangan tarixiy 
shaxslar nomlari. Umir shoir Safarovning “Oyparcha” dostoni garchi tarixiy 
dostonlar sirasiga kirmasa-da, bu doston matnida ham Sohibqiron, Xizr kabi 
tarixiy shaxs nomlarini uchratish mumkin. 
Quyida tarixiy antroponimlarning ayrimlarini izohlashga harakat qilamiz. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling