Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAYBONIY
BOBIR// BOBUR [a.]– sher. Aslida taxallus nom. Mashhur o‘zbek shoiri
va davlat arbobi, tarixchi va etnograf, geograf, kuchli harbiy sarkarda Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx mirzoning adabiy taxallusi. Barcha manbalarda Zahiriddin Muhammadning otasi – Umarshayx mirzo Farg‘ona viloyatining hokimi bo‘lgani, onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent viloyati hokimi Yunusxonning qizi ekanligi qayd etilgan. Boburning otasi Umarshayx mirzo 39 yoshida fojeali halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Bobur hokimiyatga o‘tiradi. Boburning hokimiyat tepasiga kelishi temuriy shahzodalar o‘rtasida 130 Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Qarshi, 2022. – B. 213-215. 48 toj-taxt uchun kurash avj olgan bir pallaga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi tomondan esa Shayboniyxon boshliq mo‘g‘ullar O‘rta Osiyoga yurish qilgan, bu yurtni qo‘lga kiritishga jaddi jahd bog‘lagan bir palla edi. Bu yurushlarda birgalikda kurashdan qochgan temuriy shahzodalar yengiladi, shu jumladan, Bobur ham. Shahzodaning keyingi hayotiy faoliyati bevosita Afg‘oniston va Hindiston bilan bog‘lanadi. Bobosi yaratgan davlat qo‘lidan ketgach, shu yurtlarda boburiylar saltanatiga asos soladi 131 . Qodir baxshining “Oychinor” dostonida aynan Boburning Shayboniy bilan bilan bo‘lgan jangda yengilib, Afg‘oniston sari yo‘l olishi voqealari tasvirlangan. Doston matnida Bobur nomi Bobir fonetik shaklida qo‘llanilgan. Bunday qo‘llanish tilimizda ma’lum bir davrda qo‘llanganini yaxshi bilamiz. Hatto mutaxassislarning “Boburmi Bobir” nomli munozarali maqolalari ham chop etilganidan xabardormiz. SHAYBONIY – Muhammad (to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn al Hasan) (749, Iroqning Vosit sh. — 805, Ray sh. yaqinida) — fiqh, musulmon huquqini tizimga solib, tartib beruvchilardan biri. Abu Hanifa, Abu Yusuf, Molik ibn Anasdan saboq olgan. Bag‘dodning eng e’tiborli fiqhlaridan biri sanalgan, Rakka shahri qozisi etib tayinlangan. Abu Hanifa ilmiy merosini to‘plagan. Fiqhga oid al Mabsut (ikkinchi nomi— Kitob al-asl filfuru) to‘plamini tuzgan va unga «Kitob azziyodat»ni qo‘shimcha qilgan. Fiqh bo‘yicha katta ma’lumotnoma — «Kitob al jome al- kabir» va kichik ma’lumotnoma — «Kitob al jome as-sag‘ir»ni, shuningdek, harbiy huquqqa oid asar va boshqalarni yozgan. 132 “Oychinor” dostonida aynan Boburni Shayboniyxonning mag‘lub etishi tasviri ham keltirilgan. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling