Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

buga, buka, batir, gөk singari umumturkiy so‘zlar tilga olinadi. 
Tojik tilshunosi A.G‘afurovning “Nom va tarix” kitobida
77
ham 
onomastika sohasiga doir qimmatli ma’lumotlar berilgan. Jumladan, ushbu 
75
Сатторав Г. Ф. Антротопонимия Татарской АССР: Автореф. дис.... докт. филол. наук. Казан, 1975. 
76
Сатторов Г.Ф. Татар антропонимикасы. Казан: КазДу нашриёти 1990, 217-249-бетлар. 
77
Гафуров А. Имя и история. – М.: Наука, 1987. – С. 10-12. 


26 
kitobda fors-tojik, arab hamda turkiy xalqlarning farzandga nom berish 
odatlariga oid muhim tarixiy ma’lumotlar keltirilgan
78

Sh.Japarovning “Qirg‘iz adam attarining so‘zdugu”, G.F.Sattarovning
“Tatar ismneri so‘zlege”, T.Jonuzaqov, K.Yesbayevalarning “Qazaq 
yesemdari” (“Qozoq ismlari”), S.Ataniyozovning “Ating nama?” (“Isming 
nima?”) (1978), “Turkmen adam atlarining dushintirishli so‘zlugi” (1992) 
singari monografiya, darslik va lug‘atlarning yaratilganligiyoq turkiy 
tilshunoslikda onomastika sohasini ilmiy tadqiq qilishga alohida ahamiyat 
qaratilganidan dalolat beradi.
1.3. Onomastik birliklarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi 
O‘zbek onomastikasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab alohida 
ilmiy soha sifatida vujudga keldi va shu davrdan keyin onomastika eng 
rivojlangan sohalardan biriga aylandi. Biroq onomastika sohasining tadqiqi bilan 
bog‘liq ilmiy qarashlarning dastlabki asoslarini Mahmud Koshg‘ariy, Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning ilmiy-badiiy 
faoliyatida ham uchratish mumkin. Demak, bu soha XX asrning 2-yarmidan 
jadal rivojlangan bo‘lsa-da, uning dastlabki ildizlari XI arga borib taqalishini 
qayd etish mumkin. 
Hozirga qadar o‘zbek tilshunosligida bevosita tarixiy-badiiy hamda 
folklor asarlari matnlaridagi onomastik va antroponimik birliklarni o‘rganish 
bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, N.Husanov
79
,
D.Yuldashev
80
, Sh.Yoqubov
81
, S.Rahimov
82
, R.Nuriddinova
83
, M.Tillayeva
84

78
Мўминова Н. Темурийлар даври антропонимиясининг лексик-семантик хусусиятлари: Фил. фан. бўй. 
фал. докт. дисс. – Қарши: 2021. – Б. 49-54. 
79
Ҳусанов Н. ХВ аср Ўзбек адабий ёдгорликларидаги антропонимларнинг лексик-семантик ва услубий
хусусиятлари: Филол. фан. д-ри. дисс. – Тошкент: 2014. – Б. 243. автореф. 
80
Юлдашев Д. Тарихий антропонимларнинг антропоцентрик тадқиқи: Филол. фанлари док. дисс. 
автореф. – Тошкент, 2021. Б.76.
81
Ёқубов Ш. Навоий асарлари ономастикаси. Фил. фан. номз. дисс. автореф. – Тошкент, 1994. – Б.24. 
82
Раҳимов С. Хоразм минтақавий антропонимияси. Фил. фан. номз. дисс. – Тошкент, 1998. – Б.23.
83
Нуриддинова Р. Ўзбек ономастикаси терминларининг лисоний таҳлили. Филол. фан. номз. дисс. 
автореф. – Тошкент, 2005. – Б.20.


27 
I.Xudoynazarov
85

R.Xudoyberganov
86

Y.Avlakulov
87

S.Kenjayeva
88

D.Andaniyazova
89
, Q.Olloyorov
90
, M.Turdibekov
91
larning tadqiqotlari yuzaga 
keldi. Yuqorida nomi tilga olingan olimlarning tadqiqotlaridan o‘zbek folklor 
asarlari matnidagi onomastik birliklar tadqiqini amalga oshirishda qimmatbaho 
manba sifatida foydalanish mumkin. 
Bir so‘z bilan aytganda, onomastikaning antroponimika hamda 
toponimika singari sohalarida sermahsul tadqiqotlar amalga oshirildi. Jumladan, 
yozma manbalardagi onomastik materialni o‘rganishga qaratilgan ayrim 
tadqiqotlar, asosan, o‘zbek folklori onomastikasiga yoki o‘zbek badiiy 
adabiyotidagi obrazlarning atoqli otlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan
92

E.Qilichev
93
, U.Qosimov
94
, Y.Solijonov va S.Mo‘minov
95
, Sh.Qozoqov
96

R.Qo‘ng‘urov va M.Mo‘minova
97
, B.Choriyev va F.Eshimovlarning “G‘afur 
G‘ulom” asaridagi toponimlar
98
va o‘zbek xalq dostonlaridagi zoonimlar
99
84
Тиллаева М. Хоразм ономастикаси тизимининг тарихий-лисоний тадқиқи: Филол. фанлари номзоди. 
дисс. – Тошкент, 2006. – 26 б. 
85
Худойназаров И. Антропонимларнинг тил луғат тизимидаги ўрни ва уларнинг семантик-услубий 
хусусиятлари: Фил. фан. номз. дисс. – Тошкент, 2006. – Б. 26.
86
Худойберганов Р. Ўзбек антропонимияси тизимининг вариантдорлиги: Фил. фан. номз. дисс. – 
Тошкент, 2008. – Б. 146.
87
Авлакулов Й. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи. Фил. фан. номз. дисс. 
автореф. – Тошкент, 2012. – Б. 22.
88
Кенжаева С. Ўзбек тили антропонимларининг номинатсион-мотиватсион асослари ва тавсифи: Фил. 
фан. боъйича фалсафа доктори авторефати. – Қарши, 2019. – 49 б. 
89
Анданиязова Д. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоетикаси. Фил. фан. бўй. фал. доктори 
дисс. – Тошкент, 2017. – 184 б. 
90
Оллоёров Қ. Хоразм достонлари ономастикаси: Фил. фан. бўй. фал. док... автореф. – Самарқанд: 
2018. – 53 б. 
91
Турдибеков М. Шажараи турк ономастикаси. – Тошкент: Нодирабегим, 2020. -103 б

92
Абдураҳмонов Д., Бектемиров Ҳ. Ўзбек халқ достонлари ономастикаси. Ўзбек халқ ижоди. – Тошкент: 
Фан, 1968. – Б.110-111. 
93
Қиличев Э. Айний асарларидаги антропонимларнинг стилистик хусусиятлари // Ўзбек тили ва 
адабиёти. – Тошкент, 1975. 4-сон. – Б.21. 
94
Қосимов У. А.Қаҳҳор қаҳрамонларининг исмлари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. –Тошкент, 1980. 3-
сон. – Б.16-22. 
95
Солижонов Й., Мўминов С. Бадиий асар қаҳрамонлари исмларининг муҳим вазифаси//Ўзбек тили 
адабиёти. – Тошкент, 1984. 2-сон. – Б.44-49. 
96
Казаков Ш. Стилистические функции прозвищ в языке драмы Хамзы // Ономастика Узбекистана. – 
Тошкент, 1987. – С.33-34. 
97
Қўнғиров Р., Мўминова М. собственние имена в язике художественной литератури // Ономастика 
Ўзбекистана. – Тошкент, 1989. – С.124-125.
98
Чориев Б., Эшимов Ф. Ғафур Ғуломнинг топонимлардан фойдаланиш маҳорати. Ономастика 
Ўзбекистана. – Тошкент, 1989. – Б.95-96.
99
Чориев Б.Ўзбек зоонимлари (Халқ достонлари мисолида). – Б.182-183. 


28 
yuzasidan ba’zi kuzatishlarni ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar sifatida qayd etib 
o‘tish o‘rinlidir. 
Ayniqsa, o‘zbek ismlari (antroponimlari) materiallarini atroflicha to‘plash 
va tadqiq qilishga doir bir qancha ilmiy izlanishlar olib borildi va yana davom 
ettirilmoqda, bu borada nomzodlik dissertatsiyalari (E.Begmatov,1965; 
G‘.Sattorov,1990; S.Rahimov,1998; R.Xudoyberganov,2007) himoya qilindi, 
E.Begmatovning “Kishi nomlari imlosi” (1970), “O‘zbek ismlari imlosi” (1972), 
“O‘zbek ismlari” (1991), “O‘zbek ismlari ma’nosi” (1998; 2004; 2010), “Ism 
chiroyi” (1994) kabi kitoblari nashrdan chiqarildi.
O‘zbek toponimikasiga oid olib borilgan tadqiqotlarning samarasi salmoqli 
bo‘lib, hozirgacha o‘zbek toponimikasiga oid 20 dan ziyod ortiq nomzodlik, 
oltita doktorlik (Z.Do‘simov, S.Qorayev, T.Enazarov, O.Begimov, N.Uluqov, 
I.Turdibekov) dissertatsiyalari himoya qilindi. Soha rivoji uchun xizmat 
qiladigan nomzodlik ishlarida Qashqadaryo viloyati toponimlari (T.Nafasov, 
T.Enazarov, O.Begimov), Surxondaryo viloyati toponimlari (Y.Xo‘jamberdiyev, 
X.Xolmo‘minov), Samarqand viloyati toponimlari (T.Rahmatov, N.Begaliyev, 
A.Turobov, 
S.Bo‘riyev, 
Sh.Turdiyev), 
Sirdaryo 
viloyati 
toponimlari 
(N.Mingboyev), Toshkent viloyati toponimlari (M.Ramazonova), Buxoro 
viloyati toponimlari (A.Aslonov, S.Nayimov), Navoiy viloyati toponimlari 
(O‘.Oripov), Jizzax viloyati toponimlari (A.Zokirov), Farg‘ona viloyati 
toponimlari (N.Oxunov, S.Gubayeva, J.Latipov), Xorazm viloyati toponimlari 
(Z.Do‘simov, 
A.Otajonova, 
M.Tillayeva), 
Shimoliy 
o‘zbek shevalari 
toponimiyasi (L.Karimova), Toshkent shahri toponimiyasi (Sh.Qodirova) tadqiq 
etildi. 
O‘zbek toponimikasining muammolari umumiy tarzda E.Begmatov, 
T.Nafasov, S.Qorayev, H.Hasanovlar tadqiqotlarida yoritib berildi.
O‘zbek tilining tarixiy antroponimikasi va toponimikasi bo‘yicha 
yurtimizda ayrim tadqiqotlar amalga oshirilganligini ham e’tirof etish kerak. Bu 
borada badiiy matnda tarixiy onomastik va antroponimik birliklarni tarixiy-


29 
etimologik jihatdan tadqiq etish ishlarida tarixshunoslar va geograflar ham o‘z 
hissalarini qo‘shmoqda. Akademiklar B.Ahmedov, A.Muhammadjonov, 
zahmatkash nomshunos S.Qorayevlarning ayrim tarixiy toponimlarning 
etimologiyasiga doir kuzatishlari buning yaqqol dalilidir
100
.
A.Muhammadjonov umrining so‘ngiga qadar toponimist olim sifatida 
toponim, etnonim, antroponimlarning ma’no va motivlarini, ularning asliyatda, 
to‘g‘ri va aniq shakllarini ilmiy-ommabop tarzda tushuntirib berishga qaratilgan 
10 dan ziyod maqolalar yozdi. Olimning bir qator ishlari toponimlarni o‘rganish 
va uning nazariy muammolari, toponimik tadqiqotning o‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlash va mavzu yuzasidan aniq yechimlarni taklif qilishga 
qaratilgan. Fikrimizning tasdig‘i sifatida uning birgina “O‘zbek tili va 
adabiyoti” jurnalida nashr etilgan “Burchmulla”, “Mullabuloq”, “Qoryog‘di” va 
“Baytqo‘rg‘on” toponimlarining etimologik asoslari”, “Sohibqiron va 
Zulqarnayn atamalari haqida”, “Toshkent darvozalari nomlari xususida”
kabi 
maqolalarini misol sifatida qayd etish mumkin
101

E.Begmatov va N.Uluqovlar tomonidan tuzilgan “O‘zbek onomastikasi” 
nomli bibliografik ko‘rsatkichda 1254 nomdagi toponimlar, 413 ta 
antroponimlar haqidagi monografiya, lug‘at, ilmiy maqolalar mualliflarining 
ismi va familiyalari keltirilgan. o‘zbek tarixiy va zamonaviy onomastikasida 
toponimika va antroponimika eng ko‘p o‘rganilgan yo‘nalishlar hisoblanadi. 
Lekin o‘zbek tili folklor asarlari materiallari asosida amalga oshirilgan ishlar 
juda kam va talab darajasida emas. Shunday bo‘lsa-da, o‘zbek tili onomastikasi, 
jumladan, antroponimikasi va toponimikasi bo‘yicha mamlakatimizda ba’zi 
100
Муҳаммаджонов А. “Турон” геоними ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. № 2. – Б. 12-16; 
Муҳаммаджонов А. Самарқанднинг тарихий топонимлари // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. № 4. – Б. 37-
42; Муҳаммаджонов А. Марғилон-Марғинон номининг маъноси ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. 
№ 5. – Б. 39-42; Муҳаммаджонов А. Фарғона номининг маъносига доир // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. 
№ 6. – Б. 7-12; Муҳаммаджонов А. “Қува” ёки “Қубо” топоними ва “Қубод” атамасининг етимологик 
асослари // Ўзбек тили ва адабиёти, 2008. № 3. – Б. 41-46 ва босҳқалар. 
101
Муҳаммаджонов А. Соҳибқирон ва Зулқарнайн атамалари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – 
Тошкент, 2005. 3-сон, – Б. 34; “Бурчмулла”, “Муллабулоқ”, “Қорёғди” ва “Байтқўрғон” топонимларининг 
этимологик асослари” // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2005, 1-сон. – Б. 46-50; “Тошкент 
дарвозалари номлари хусусида” // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. 2-сон, – Б. 29-34. 


30 
ishlar amalga oshirilganligini e’tirof etish lozim. Alisher Navoiy asarlari 
onomastikasi Sh.Yoqubov tomonidan o‘rganilganligini yuqorida ta’kidlab 
o‘tgan edik. Endi Sh.Yoqubov va N.Husanovlarning o‘zbek tarixiy onomastikasi 
va antroponimikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlari xususida ba’zi qarashlarimizni 
bayon etamiz. 
Yozma manbalardagi tarixiy va badiiy onomastik birliklarni o‘rganish 
borasida Sh.Yoqubov olib borgan izlanishlar tahsinga loyiq. Uning 1994- yili 
himoya qilingan nomzodlik dissertatsiyasi Navoiy asarlari onomastikasiga 
bag‘ishlanadi. Sh.Yoqubovning olib borgan tadqiqotlari natijasida A.Navoiy 
asarlarida 1103 tadan ko‘proq antroponimlar mavjudligi aniqlangan. Olim 
Navoiy asarlaridagi antroponimlarni ism, taxallus va laqablarga ajratib tahlilga 
tortgan hamda bular ijodkor asarlarida shaxsni nomlab kelishdan tashqari 
uslubiy vazifani ham bajarganligini ta’kidlab o‘tgan Sh.Yoqubov Navoiy 
asarlaridagi toponimlarning miqdorini 359 ta deb belgilaydi. Olimning ushbu 
tadqiqotida sof antroponim va toponimlardan tashqari astronimlar, etnonimlar, 
teonimlar, zoonimlar ham o‘rganilgan. Shuningdek, ushbu ishda Navoiy asarlari 
onomastikasining lug‘aviy qatlamlari, uslubiy xususiyatlari ham tadqiq qilingan.
Keyingi yillarda badiiy matnda qo‘llangan turli onomastik birliklar 
tadqiqiga bag‘ishlangan ishlar sezilarli darajada ko‘paydi. Bu borada 
N.Mahmudov, D.Xudoyberganova, N.Uluqov, D.Andaniyazova, Y.Avlakulov, 
A.Tilovov singari tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar e’tirofga 
loyiq. 
Masalan, 
Nizomiddin 
Mahmudovning 
“Oybek she’riyatidagi 
o‘xshatishlarning 
lingvopoetikasi”, 
“Abdulla 
Qahhor 
hikoyalarining 
lingvopoetikasiga doir”, “Shayxzoda so‘zining lingvopoetikasiga chizgilar”
102
nomli maqolalarida lingvopoetik vazifa bajargan ayrim atoqli otlar xususida 
ham so‘z yuritiladi. Nosirjon Uluqovning “Shum bola” qissasidagi biblionimlar 
102
Маҳмудов Н. Ойбек шеъриятдаги о‘хшатишларнинг лингвопотикаси. // Ўзбек тили ва адабиёти. – 
Тошкент, 1985, №6. – Б. 48-51. Шу муаллиф. Абдулла Қаҳҳор ҳикояларининг лингвопоетикасига доир. // 
Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1987. №4. –Б. 34-36. Шу муаллиф. Шайхзода сўзининг 
лингвопоетикасига чизгилар. // Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Илмий-назарий анжуман 
материаллари. – Тошкент, 2009. – Б. 12-17.


31 
va antroponimlar xususida” nomli maqolasida o‘zbek ismlari, laqab va 
taxalluslar xususida fikr yuritar ekan, G‘afur G‘ulom asarlarida qo‘llangan 
ko‘plab antroponimlar ham g‘oyaviy, ham badiiy yuk tashish uchun xizmat 
qilgani alohida qayd etib o‘tiladi
103
. Bu borada “Shum bola” qissasi alohida 
o‘rin tutishi ta’kidlanadi. Shu asosda qissaning bosh qahramoni hisoblangan 
Qoravoy antroponimi tahlilga tortilganini kuzatamiz.
Durdona Xudoyberganova va Dilrabo Andaniyazovalar hammuallifligida 
yozilgan “Abdulla Qodiriy va nomlar badiiyati” nomli ishda “... g‘oyatda boy, 
xilma-xil o‘zbek etnografiyasi, etnik madaniyati, ma’naviyati va tarixining 
ko‘zgusi hisoblangan o‘zbek tili ismlar majmuyi ona tilimizning qimmatli va 
bebaho boyligi”
104
sifatida e’tirof etiladi.
Maqola mualliflari e’tirof etganidek, “Kishi ismlarining badiiy 
adabiyotdagi qo‘llanishi nafaqat qahramonlarni nomlash, balki ijodkorning turli 
badiiy maqsadlarini ifodalashga ham xizmat qiladi”
105
. Shu asosda maqola 
mualliflari Abdulla Qodiriyning hajviy asarlarida qo‘llangan onomastik birliklar 
ko‘lamida komik effektni hosil qiluvchi nomlar yetakchilik qilishini ko‘rsatib 
o‘tadilar. Adib asarlarida qo‘llangan Kalvak Maxzum, Toshpo‘lat Tajang, 
Shirvon xola, Sovinak qori, Mag‘zava qori singari kulgi qo‘zg‘atuvchi nomlar 
tahlilga tortiladi. Shuningdek, maqolada yozuvchi romanlarida qo‘llangan 
onomastik ko‘lam rang-barangligi bilan ajralib turishi e’tirof etiladi va “O‘tgan 
kunlar” romanida Kumushbibining Otabekka yozgan maktubida o‘z ismini 
Tuproqbibi deya qo‘llashi, Otabekning javob maktubida esa “Kumushbibiga 
ham qanoatlanmay Oltinbibi” deya atashi sabablari ochib beriladi. Umuman, 
maqolada yozuvchi romanlarida qo‘llangan ko‘plab ayollar ismi keng tahlil etib 
103
Улуқов Н. “Шум бола” қиссасидадаги библионимлар ва антропонимлар хусусида. // Ўзбек тили ва 
адабиёти журнали. – Тошкент, 2017, №3. – Б.66-69. 
104
Худойберганова Д., Анданиязова Д. Абдулла Қодирий ва номлар бадиияти. // Ўзбек тили ва адабиёти 
журнали. – Тошкент, 2017, №3. – Б.25-26. 
105
Худойберганова Д., Анданиязова Д. Абдулла Қодирий ва номлар бадиияти. // Ўзбек тили ва адабиёти 
журнали. – Тошкент, 2017, №3. – Б.25-26. 


32 
berilganki, bu ish keyingi tadqiqotlar uchun boy ilmiy material vazifasini o‘tay 
oladi. 
Dilrabo Andaniyazovaning boshqa bir ishida badiiy matnda qo‘llangan 
zoonimlarning lingvopoetik xususiyatlari tadqiq etilgan
106
. E’tiborli tomoni 
shundaki, ushbu ishda xalq poetik ijodida qo‘llangan zoonimik birliklar keng 
tahlil etilgan. Masalan, “Alpomish” dostonidagi afsonaviy uchqur ot, 
Alpomishning yo‘ldoshi Boychibor zoonimiga zamonaviy adabiyotimizda ko‘p 
murojaat qilingani ta’kidlanib, zamonaviy she’riyatda bu zoonim o‘xshatish 
etaloni sifatida qo‘llanishi, “Alpomish” dostonidagi ot bilan bog‘liq 
assotsiatsiyalarni yuzaga keltirgani ko‘rsatib o‘tiladi. 
So‘nggi yillarda badiiy matnda qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqiga 
bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi va oshirlmoqda. Jumladan,
Durdona 
Xudoyberganovaning 
«O‘zbek tilidagi badiiy matnlarning 
antropotsentrik talqini»
107
, Dilrabo Andaniyazovaning «Badiiy matnda 
onomastik birliklar lingvopoetikasi»ga bag‘ishlangan tadqiqotlarini fikrimizning 
dalili sifatida keltirishimiz mumkin. Shuningdek, xalq poetik ijodi namunalari 
tilida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqiga bag‘ishlangan ishlar ham mavjud. 
O‘zbek tilshunosligida xalq dostonlari tiliga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot 
ishlari XX asrning 40-yillaridan boshlangan deya qayd etiladi, ilmiy 
manbalarda
108
. Taniqli folklorshunos, professor Xodi Zarifovning “Go‘ro‘g‘li” 
turkumi dostonlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari bu boradagi tadqiqotlarning 
debochasi sifatida e’tirof etiladi. Olimning V.M.Jirmunskiy bilan hamkorlikda 
yaratgan fundamental tadqiqotida xalq dostonlari tili bo‘yicha ham qimmatli 
fikr-mulohazalar bildirilgan bo‘lib, bu mulohazalar hozirgacha ham o‘zining 
ilmiy qimmatini yo‘qotmaganini tilshunoslarimiz ko‘p ta’kidlashadi
109
.
106
Анданиязова Д. Бадиий матнда зоонимлар лингвопоетикаси. // Ўзбек тили ва адабиёти журнали. – 
Тошкент, 2017, №4. – Б.73-80. 
107
Худойберганова Д. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропотсентрик талқини. Филол. фан. докт.... дисс. 
автореф. -Тошкент, 2015. 
108
Жуманазарова Г. Фозил шоир достонлари тилининг лексик-стилистик қатламлари: Тошкент. 2012, –
Б.10. 
109
Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Ўзбекский народний героичеcкий эпос. – М.: ГИХЛ, 1947. – C.520.


33 
Fozil shoir dostonlari tili bo‘yicha tadqiqot olib borgan G.Jumanazarova 
ta’kidlaganidek, X.Zarifov va V.Jirmunskiylar hamkorligida yaratilgan ilmiy 
tadqiqot “keyingi tadqiqotlar uchun metodologik zamin hozirlab berdi”
110

Taniqli folklorshunoslarning ushbu ilmiy ishidan so‘ng filologiya ilmida 
folklorshunoslik masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar yuzaga keldi. 
Tilshunosligimizda Sh.Shoabdurahmonovning “Ravshan” dostoni badiiy 
tiliga, R.Rasulovning “Alpomish” dostoni tili sintaksisiga, S.Tursunovning 
“Alpomish” dostoni leksikasiga, Z.Xolmonovaning Po‘lkan shoir tomonidan 
kuylangan “Shayboniyxon” dostoni leksikasiga, A.Rahimovning o‘zbek xalq 
dostonlari leksikasining qiyosiy-tarixiy tahliliga, J.Xolmurotovaning Shimoliy 
Xorazm 
dostonlari 
leksikasining 
funksional-uslubiy 
xususiyatlariga, 
A.Xoliqovning “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni tilining leksik-semantik 
xususiyatlariga, G. Jumanazarovaning “Shirin bilan Shakar” dostonining 
lug‘aviy va lingvopoetik xususiyatlariga, Sh.Mahmadiyevning xalq dostonlari 
tilida qo‘llaniladigan stilistik formulalarga bag‘ishlangan nomzodlik ishlari 
shular jumlasidandir.
Bizga ma’lumki, xalq dostonlarining ijodkori xalqning o‘zidir. Shuning 
uchun ham xalq dostonlari tilida sheva elementlari ustuvorlik qiladi. Bundan 
tashqari, dostonlar xalq baxshilari tomonidan kuylanadi. Baxshi esa doston tiliga 
sayqal berishi mumkin. Shunday ekan, xalq dostonlari tilining sheva va adabiy 
tilga munosabati masalalari o‘zbek tilshunosligi fani oldida turgan muhim 
tadqiqotlar sirasiga kiradi. Shuning uchun ham tilshunosligimizda xalq 
dostonlari leksikasining sheva va adabiy tilga munosabatini ochishga 
bag‘ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Bu 
borada 
Sh.Shoabdurahmonov, 
X.Doniyorov, 
A.Ishayev, 
B.To‘ychiboyev, A.Rahimov kabi olimlarning ilmiy maqolalari va monografik 
tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Ularning ilmiy ishlari daliliy materiallarga 
110
Жуманазарова Г. Фозил шоир достонлари тилининг лексик-стилистик қатламлари: Тошкент: 2012, –
Б.10. 


34 
boyligi bilan alohida ajralib turadi. Olimlar xalq dostonlarining lisoniy 
xususiyatlarini sinchkovlik bilan o‘rganganliklari ko‘rinib turibdi. Shuning 
uchun ham bu olimlarning ishlari bugungi kunda ham o‘zining ilmiy-nazariy 
qimmatini yo‘qotmagan degan e’tirofni baralla aytish mumkin. 
Xalq dostonlari tili leksikasining xalq shevalari hamda adabiy tilga 
munosabati masalalari bilan taniqli shevashunos olim A.Ishayev jiddiy 
shug‘ullanganini ko‘ramiz. Olimning bir qator ilmiy ishlari aynan xalq 
dostonlari tili leksikas 
ini jiddiy o‘rganishga qaratilgandir. A.Ishayevning “Xalq dostonlari tili 
leksikasidan” nomli tadqiqotida Janubiy Xorazmda yashayotgan qipchoq 
shevasiga mansub baxshilar tomonidan yaratilgan dostonlar tilining lug‘aviy 
birliklari o‘ziga xos va takrorlanmas xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turishi 
alohida ta’kidlanadi. Olimning ta’kidlashicha, Xorazm dostonlarida boshqa 
o‘zbek shevalarida uchramaydigan, umumqipchoq shevalariga bevosita aloqador 
so‘zlar mavjuddir
111

A.Ishayevning boshqa bir ishida Ergash Jumanbulbul o‘g‘li tomonidan 
kuylangan “Ravshan”, “Qunduz bilan Yulduz”, “Kuntug‘mish”, “Dalli”, 
“Xushkeldi” dostonlarida uchraydigan ayrim yetakchi lingvistik xususiyatlar 
tadqiq etilgan. Olimning aniqlashicha, bu dostonlar tilida qo‘shma, juft, takroriy 
so‘zlar juda ko‘p va xilma-xil shakllarda ishlatilgan.
O‘zbek tilshunosligida folklor asarlari namunalarining lingvopoetik 
xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar juda kam. Bu boradagi 
tadqiqotlar endigina boshlanyapti deyish mumkin. Bu boradagi tadqiqotlarning 
debochasi 
sifatida 
professor 
N.Mahmudovning 
“Alpomish” dostoni 
lingvopoetikasini tadqiq etishga bag‘ishlangan maqolasini qayd etish mumkin. 
Olimning “Alpomish” dostoni lingvopoetikasiga chizgilar”
112
nomli ishida 
111
Ишаев А. Достонлар тилининг баъзи хусусиятлари // Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни. – 
Тошкент: Фан, 1971. –Б.173-179. 
112
Маҳмудов Н. “Алпомиш” достони лингвопоетикасига чизгилар // Ўзбек тилшунослдигининг долзарб 
масалалари. Тўплам. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПИ, 2010. –Б.12-18. 


35 
“Alpomish” dostonida o‘zbek xalqining ko‘hna va hamisha navqiron tili 
o‘zining butun jozibasi bilan jilvalangani ta’kidlangan holda adabiy tilning 
shevalar bilan munosabati, “Alpomish” dostonini ko‘plab baxshi-shoirlar 
kuylagani va ular ichida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijrosidagi doston alohida ajralib 
turishi va keng tarqalganligi qayd etib o‘tiladi. Olim e’tirof etganidek, “Hech bir 
mubolag‘asiz aytish mumkinki, “Alpomish” dostoni o‘zbek xalq tilining xira 
tortmas ko‘zgusi, jonli xalq tilining, xalq donoligining jonli tarixi in’ikosidir”
113
.
B.To‘ychiboyevning “Alpomish” va xalq tili” nomli monografik tadqiqoti 
“Alpomish” dostoni tilining lingvostilistik tahliliga bag‘ishlangani bilan ajralib 
turadi
114
. Olimning e’tiroficha, dostonlar tili og‘zaki adabiy til namunasi sanalib, 
adabiy tilni boyitishda muhim manba vazifasini o‘tay oladi. Jumladan, ushbu 
monografik ishda qipchoq shevasining xususiyatlari haqida e’tiborga molik 
fikrlar bayon etilgan.
A.S.Rahimovning tadqiqoti taniqli baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining 
“Go‘ro‘g‘li” turkumiga kiruvchi “Xushkeldi” va “Qunduz bilan Yulduz” 
dostonlari asosida bajarilgan. Tadqiqotchi olim yuqoridagi dostonlar matnidan 
to‘plagan tarixiy-lisoniy dalillarni qiyosiy va ma’noviy-uslubiy aspektda 
o‘rganadi. U o‘z tahlillari asosida, adabiy tilning milliylikkacha hamda milliy 
bosqichlarda xalq og‘zaki ijodi asarlarining tutgan o‘rni va ahamiyati bilan 
bog‘liq masalalarga ilmiy jihatdan oydinlik kiritishga harakat qiladi. Muallif til 
tizimida tarixiy jihatdan jonli tilga nisbatan og‘zaki ust dialektning ustuvor 
bo‘lganligi, folklor tili ana shu dialektlar zamirida rivojlanganligi, bu esa 
og‘zaki til tizimida poetik ust dialektning, ayni paytda, uning yozma tilning 
vujudga kelishiga asos bo‘lganligi haqida to‘g‘ri xulosalar chiqargan
115

Shuningdek, A.Rahimov tadqiqotlarida Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 
kuylagan dostonlar tilida qo‘llanilgan an’anaviy leksik, frazeologik birliklar 
113
Маҳмудов Н. Кўрсатилган манба. 13-бет. 
114
Тўйчибоев Б. “Алпомиш” ва халқ тили. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 2001. – Б.160. 
115
Жуманазарова Г.У. Фозил шоир достонлари тилининг лексик-стилистик қатламлари. – Тошкент: 2012. 
–Б. 13-14.


36 
qardosh qoraqalpoq va turkman xalqlarining “Qirq qiz”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlari 
tili bilan qiyosiy tahlil etiladi. Ayni paytda tadqiqotchi qadimgi “O‘rxun-
Enasoy” yozma yodgorligi va boshqa qadimgi turkiy yozma manbalar tili bilan 
qiyosiy tahlil qiladi va muayyan ilmiy xulosalarni bayon etadi.
O‘zbek tilshunosligida xalq og‘zaki poetik ijodi namunalari tili leksikasiga 
bag‘ishlangan ishlar ancha salmoqli sanaladi. S.Tursunov, D.Abdurahmonov, 
F.Hayitova, M.Jumaniyozova, J.Xolmurotova, Z.Xolmonova, A.Xoliqov, 
G.Jumanazarova va boshqa tilshunoslarning keng qamrovli tadqiqotlari shular 
jumlasidandir. 
S.Tursunov nomzodlik ishi mavzusi doirasida chop ettirgan maqolalarida 
“Alpomish” dostoni tilida qo‘llanilgan kasb-hunar leksikasi qatlamlarini 
mavzuviy guruhlarga ajratib o‘rganadi. Mavzuviy guruhlarga kiruvchi har bir 
so‘zning atash ma’nolarini yoritib berishga harakat qiladi. Maqolalarning 
ayrimlari ushbu doston epik qahramonlari nomlarining lisoniy xususiyatlari, 
doston tilida qo‘llanilgan ma’nodoshlik hodisasi tahlil etiladi
116
. Demak, 
ko‘rinadiki, ushbu ishda atoqli otlar tahlilga tortilgani bilan alohida ajralib 
turadi. 
Z.T.Xolmanovaning dissertatsion tadqiqoti Po‘lkan shoir tomonidan yozib 
olingan “Shayboniyxon” tarixiy dostoni leksikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, 
tahlilga tortilgan materiallarning boyligi bilan boshqa ishlardan farqlanib turadi. 
Tadqiqotchi doston tilida qo‘llangan so‘zlarni kengroq tahlil etish maqsadida 
ularni alohida kichik guruhlarga bo‘lib o‘rganishga harakat qilgan. Doston 
matnida qo‘llangan so‘zlarning leksik-genetik tabiati ochib berilgan. Bu 
boradagi tahlillar so‘zlarning mavzuviy va semantik guruhlarga bo‘lib 
o‘rganishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, ishda doston tilida 
qo‘llanishda bo‘lgan so‘zlar shevadagi variantlari bilan qiyosiy tahlil etilgan, 
ularning qo‘llanish me’yorlari aniqlangan.
116
Турсунов С. “Алпомиш” достони лексикасини ўрганишга доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 
1985. –№3 –Б. 36-38.


37 
Z.Xolmonova tomonidan bajarilgan ishning ilmiy qimmatlaridan biri 
sifatida Po‘lkan shoir kuylagan doston tili bilan Muhammad Solih tomonidan 
yaratilgan “Shayboniynoma” dostoni tili o‘zaro qiyoslab o‘rganilganidir. 
Shuningdek, doston tili leksikasi hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan ham 
qiyoslangan.
O‘zbek tilshunosligida ma’lum bir hududda yashovchi baxshi-shoirlardan 
yozib 
olingan 
dostonlar 
tili 
ham 
o‘rganib 
kelinmoqda. 
Masalan, 
J.Xolmurotovaning dissertatsion tadqiqotida shimoliy Xorazm dostonlari 
leksikasi tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqotda adabiy til va doston tili, shu 
dostonlar leksikasidagi so‘zlarning mavzuviy guruhlari, onomastik leksikaning 
o‘rni, so‘z va iboralarning bir-biriga munosabati kabi masalalar o‘rganilgan. 
Demak, mazkur ishda ham atoqli otlar tadqiqiga katta o‘rin berilgan.
Tadqiqotchi doston tilidagi leksik birliklarning nominativ-tavsifiy va 
badiiy-uslubiy vazifalarda qo‘llanishini yoritar ekan, ularni kuzatish orqali 
an’anaviylik va doston ijrochisi bayonidagi individuallikni aniqlash mumkinligi 
haqida muhim xulosa va tavsiyalar beradiki, bu xulosa va tavsiyalar keyingi 
tadqiqotlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi aniq. 
A.A.Xoliqovning “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni tilining leksik-
semantik xususiyatlari” nomli nomzodlik ishida doston tilini tadqiq etishda 
tarixiylik nuqtayi nazaridan yondashilgan
117
. Tadqiqotchi “Go‘ro‘g‘lining 
tug‘ilishi” dostoni tilida qo‘llanilgan leksik birliklarning mavzuviy guruhlari, 
doston tili leksikasining geneologik qatlamlari va doston tili leksikasining 
badiiy-uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi.
Xalq og‘zaki poetik ijodi namunalari tilida qo‘llanilgan atoqli otlar 
tadqiqiga 
bag‘ishlangan ishlar ham oz bo‘lsa-da bor. Masalan, 
D.Abdurahmonov va X.Bektemirovlar tomonidan yozilgan ilmiy maqolada o‘n 
ikkita xalq dostonlari matni tanlab olingan bo‘lib, ular dastlab atoqli otlar 
117
Холиқов А.А. “Гўрўғлининг туғилиши” достони тилининг лексик-семантик хусусиятлари: Филол. 
фан. номз. ...дис. автореф. – Тошкент, 2009. –Б.24. 


38 
to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni qayd etadilar va qaytariq nomlarni ko‘rsatib 
o‘tadilar
118
.
Ushbu ishda kun tartibiga qo‘yilgan masala keng qamrovli o‘rganilgani 
bilan e’tiborga molikdir. Olimlar o‘zlari tanlagan dostonlar tilida qo‘llangan 
onomastik birliklarni parallel nomlar, maqollar, etnonimlar, otlarning 
dostonlardagi nomlari, ot (ism) qo‘yishdagi rasm-rusumlar bilan aloqador 
jihatlarni tahlilga tortganlari shundan dalolat beradi. Maqolada onomastik
birliklarning leksik-semantik xususiyatlari ilmiy jihatdan puxta asoslab berilgani 
bilan alohida ajralib turadi. 
Dilrabo 
Andaniyazova 
“Badiiy 
matnda 
onomastik 
birliklar 
lingvopoetikasi”
119
nomli ishida onomastik birliklarning badiiy matndagi o‘rni, 
badiiy matnda antroponimlarning lingvopoetik xususiyatlari, badiiy matnda 
toponimlarning lingvopoetik xususiyatlari kabi masalalarni tadqiq etadi. Shunisi 
e’tiborga molikki, tadqiqotchi mazkur masalalar xususida so‘z yuritar ekan, 
tahlil uchun jalb etilgan misollar ichida xalq og‘zaki ijodida qo‘llanishda 
bo‘lgan ayrim onomastik birliklar ham uchraydi. (Bu haqda keyingi bobda 
alohida to‘xtalamiz.)
Ko‘ramizki, o‘zbek tilshunosligida xalq dostonlari tilida qo‘llangan atoqli 
otlarning ayrim xususiyatlari o‘rganila boshlangani quvonarli holdir. Ana 
shunday ishlar sirasiga Q.M.Olloyorovning “Xorazm dostonlari onomastikasi” 
nomli tadqiqot ishini alohida qayd etish mumkin. Ushbu ish “Go‘ro‘g‘li” va 
“Oshiqnoma” dostonlari asosida bajarilgan bo‘lib, tadqiqotchi onomastik 
birliklarning lug‘aviy-ma’noviy guruhlarini ishlab chiqadi va atoqli otlarning 
lisoniy-tarkibiy tuzulishini tahlil qilib beradi.
Mustaqillikdan keyin o‘zbek nomshunoslari soha rivoji uchun xizmat 
qiladigan qator tadqiqotlarni amalga oshirishdi. M.Yakubova o‘z tadqiqotida 
118
Абдураҳмонов Д., Бектемиров Ҳ. Ўзбек халқ достонлари ономастикаси. Ўзбек халқ ижоди. – Тошкент: 
Фан, 1968. – Б.186-191. 
119
Анданиязова Д. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоетикаси. Филол. фан. бўй. фал. докт… 
дисс. автореф. -Тошкент, 2017. 


39 
onomastika sohasida olib borilgan keyingi izlanishlar natijalari haqida to‘xtalib: 
“O‘zbek nomshunoslari olib borgan keng ko‘lamli tadqiqotlar keying yillarda 
o‘zbek tilshunosligi sohasini bir qator monografiyalar (S.Qorayev, T.Nafasov, 
Z.Do‘simov, L.Karimova, A.Turobov, N.Oxunov, N.Begaliyev, T.Enazarov, 
N.Husanov, S.Karimov, S.Bo‘riyev, O.Begimov), risolalar (S.Qorayev, 
E.Begmatov, N.Oxunov, T.Nafasov, T.Enazarov, B.Qilichev), izohli lug‘atlar 
(S.Qorayev, E.Begmatov, Z.Do‘simov, X.Egamov, B.O‘rinboev, T.Nafasov, 
V.Nafasova, O.Holiqov) hamda ko‘p sonli ilmiy hamda ilmiy-ommabop 
maqolalar (S.Qorayev, E.Begmatov, T.Nafasov va boshqalar) bilan boyitdi. Bu 
sohada, ayniqsa, T.Nafasov, Z.Do‘simov, H.Hasanov, S.Qorayev, N.Oxunov, 
N.Husanov, T.Enazarov, X.Doniyorov, A.Otajonova, B.O‘rinboyev kabi 
olimlarning hissasi katta bo‘ldi”
120
, – deb ta’kidlagan edi.
O‘zbek 
nomshunosligining 
taraqqiyotida 
onomastikaga 
oid 
respublikamizning turli shaharlarida o‘tkazilgan ilmiy-nazariy anjumanlarning 
o‘rni katta bo‘ldi. “O‘rta Osiyo onomastikasining dolzarb muammollari” 
mavzusida 1974-yilda Buxoro shahrida Butunittifoq miqyosida ilmiy anjuman 
o‘tkazildi hamda ushbu ilmiy anjumanda ko‘plab nomshunos olimlar 
qatnashishdi. Jumladan, H.Berdiyorov va B.Yo‘ldoshevlar “O‘zbek tilida 
frazeologizmlar tarkibida atoqli otlarning qo‘llanilishi”, R.Qo‘ng‘urov esa 
“Mushtum” satirik jurnalida okkazional ma’noli atoqli otlar” mavzusidagi 
ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Xuddi shu yillari Samarqand davlat 
universitetida “Onomastika masalalari” nomli ilmiy to‘plamlar nashrdan 
chiqarilgan
121
.
XX asrning oxirlaridan boshlab Jizzax (1985), Guliston (1987), Qarshi 
(1989) va Navoiy (1993; 1998) kabi shaharlarda “O‘zbekiston onomastikasi” 
120
Yakubova M., “Alpomish” dostonidagi onomastik birliklarning funksional-semantik xususiyatlari. 
Samarqand, 2013. – B. 14. 
121
Вопроси ономастики. Сборник научних статей. Випуск И. – Самарканд: издание СамГУ, 1971. – 
С.150с. Вопроси ономастики. Сборник научних статей. Випуск ИИ. – Самарканд: издание СамГУ, 1975. –
С.95. Вопроси ономастики. Сборник научних статей. Випуск ИИИ. – Самарканд: издание СамГУ, 1976. – 
С.170 . 


40 
masalalariga bag‘ishlangan butunittifoq va respublika miqyosidagi ilmiy-
nazariy hamda ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam o‘tkazib turilgan va ularning 
materiallari alohida to‘plamlar sifatida chop etilgan. 1990-yillardan boshlab 
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 
Samarqand davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat 
universiteti kabi oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston onomastikasi”,
“Nomshunoslik masalalari”, “O‘zbek tili onomastikasi”, “O‘zbekiston 
toponimikasi” masalalariga bag‘ishlangan kurslar o‘qitilgan.
Hozirga qadar onomastikaga oid ishlarning ko‘pchiligida antroponim, 
toponim, qisman, zoonim, etnonim, oronimlar tahlilga tortilgan bo‘lsa-da, hali 
tadqiq etilishi kerak bo‘lgan talaygina onomastika sohasiga doir masalalar 
mavjud. Bular orasida xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklarni 
lingvistik jihatdan tahlilga tortish ham bor. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling