Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo dostonlarida 
qo‘llangan onomastik birliklarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar 
asosida: 
Qashqadaryo xalq dostonlaridan “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, 
“Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” dostonlaridagi 
antroponim, toponim, zoonim, astronim, demononim, mifonim, etnonim singari 
onomastik birliklarning qo‘llanishi va anglatgan ma’nolariga berilgan izohlarni 
takomillashtirish, qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy-
mifologik ma’lumotlarni qamrab olishi tahlil qilingan. Ishda onomastik 
birliklarning lingvopoetik xususiyatlari, o‘z va o‘zlashma qatlamga mansub 
birliklar haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 
Qoraqolpog‘iston bo‘limining 02.06.2023-yildagi Qaroriga asosan e’lon 
qilingan 17.01/75 raqamli Davlat granti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-
tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq 
tilida funksional so‘z yasalishi” hamda FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-
maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzularidagi fundamental va 
amaliy-ilmiy loyihalarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasi Qoraqolpog‘iston bo‘limining 2023-yil 2-iyundagi №17.01/75 
ma’lumotnomasi). Natijada onomastik birliklarning izohlarini boyitish imkonini 
bergan;


11 
Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “O‘zligimiz timsoli”, 
“Najot bilimda”, “Mening qahramonim”, “Bir osmon ostida” kabi mavzulardagi 
eshittirishlarda Qashqadaryo xalq dostonlaridagi toponimlar, antroponimlar, 
etnonimlar, zoonimlardan keng foydalanilgan. Ayniqsa, radioeshittirishlarni 
tayyorlashda Qashqadaryo xalq dostonlari onomastikasining lug‘aviy qatlamlari, 
folklor asarlari matnidagi sof turkiy nomlarning lingvopoetik ahamiyati
qadriyatga aylanib ulgurgan urf-odat nomlarining xalq dostonlari matnida 
ifodalanishi, yangilangan maktab darsliklarida onomastik birliklarning 
berilishiga doir fikrlardan foydalanildi. Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning 
mazmun va mundarijasi boyitilgan va saviyasi oshgan; 
Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan 300 dan ortiq onomastik 
birliklar, shundan 177 ta antroponim, 94 ta toponim, 4 ta etnonim, 18 ta zoonim 
va boshqa tur birliklar aniqlanib tizimlashtirildi, tartibga solindi hamda xalq 
dostonlaridagi onomastik birliklarning lug‘aviy ma’nolari va boshqa lisoniy 
omillarini sharhlash bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “Qashqadaryo xalq 
dostonlari onomastik birliklarining qisqacha izohli lug‘ati” (ISBN 978-9910-
9727-5-1) nomli lug‘atni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada 
Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik birliklarning ma’nolarini leksik-
semantik jihatdan aniqlash imkonini bergan. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling