Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy
ustuvor yo‘nalishlarga bog‘liqligi. Ushbu tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish hamda ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon va o‘zbek tilshunosligida badiiy va folklor asarlari tadqiqiga bag‘ishlangan bir necha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, rus tilshunoslari G.Y.Sizranovaning “Poetik onomastika”, “Badiiy matnning onomastik makonda o‘rganilshi”, V.A.Nikonovning “Ism va jamiyat”, S.I.Zinin “L.N.Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani antroponimiyasi”, G.A.Xaburgaev “O‘tgan yillar ertagi” etnonimiyasi 13 singari tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa, bu borada o‘zbek tilshunosligida R.Rasulovning «Alpomish» dostonidagi so‘zlarning o‘zaro sintaktik bog‘lanishi” nomli nomzodlik dissertatsiyasi, S.Tursunovning «Alpomish» dostonining leksik xususiyatlari”, Z.Xolmonovaning «Shayboniyxon» dostoni leksikasi”, I.Xudoynazarovning “Antroponimlarning til lug‘at tizimidagi o‘rni va ularning semantik-uslubiy xususiyatlari (Ergash Jumanbulbul dostonlari asosida)” deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyalari kabi tadqiqotlar olib borilgani ma’lum. Bu sohada taniqli shevashunos olim A.Ishayevning tadqiqotlari ham e’tiborga molik. Bundan tashqari, A.Rahimov, J.Xolmurotova, A.Xoliqov, M.Saparniyazova, Sh.Mahmadiyev, G.Jumanazarova va boshqa 13 Сизранова, Г.Ю. Ономастика. Учебное пособие. – Тольятти: Изд-во ТГУ, 2013. –248 С. 7 tilshunoslar muayyan bir doston tiliga bag‘ishlangan tadqiqotlarini amalga oshirdilar. Zamonaviy tilshunosligimizda badiiy asarlar tili onomastik birliklari tahliliga bag‘ishlangan samarali ishlar yetakchi o‘rinni egallab borayotganligini D.Xudoyberganova 14 va D.Andaniyazovalarning 15 tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Xorazm dostonlari onomastikasi Q.Olloyorov tomonidan maxsus tadqiq etildi 16 . Qashqadaryo dostonchilik maktabining yirik vakillari tomonidan ijro etilgan xalq dostonlari tilida qo‘llanilgan onomatik birliklar maxsus o‘rganilmaganligi bois mazkur mavzuni ilmiy yo‘nalishda o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqardi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling