Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning usullari.
Tadqiqotning obyekti qashqadaryolik baxshilar ijro etgan “Oyparcha”,
“Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” dostonlaridagi onomastik birliklar tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik birliklarning leksik-semantik, struktur va lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda tarixiy-qiyosiy, tarixiy-etimologik, tavsiflash, tasniflash, statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: – Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik birliklar leksik-semantik jihatdan boshqa hudud dostonlaridagi onomastik birliklaridan o‘zgachaligi aniqlandi va ularning ma’nosi hamda matndagi uslubiy xususiyatlari izohlandi; – “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” singari dostonlar matnidagi onomastik birliklarning leksikografik ishlarda berilgan izohlari to‘ldirildi va takomillashtirildi. Shuningdek, qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy-mifologik ma’lumotlar Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik birliklar asosida dalillangan; – folklor asarlari matnida onomastikaning o‘rni va ularni o‘rganishning nazariy asoslari ko‘rsatilib, onomastik birliklarning dostonlar matnida muayyan 9 obyekti nomini atab kelish bilan birga ijodkorning turli-tuman badiiy maqsadini yoritishga xizmat qilishi aniqlangan; – Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik birliklar lug‘aviy jihatdan o‘z va o‘zlashgan qatlamlarga munosabati ochib berildi; – dostonlardagi onomastik birliklar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra ot+ot, fe’l+ot, ot+fe’l, sifat+ot, son+ot modelli morfologik qatlamlardan iboratligi aniqlandi va misollar orqali dalillandi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling